www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 299
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi Prezident farmoni, Vazirlar Mahkamasining
―O‗zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash tog‗risida‖gi qarori, ―Yoshlar-kelajagimiz‖ davlat dasturi
to‗g‗risida‖gi Prezident farmoni kabi normativ-huquqiy hujjatlar amalga oshirib
kelinmoqda.
Yuqoridagi qonun, farmon, qarorlar negizida yoshlar tashkilotlari haqiqiy kuchga
aylandi. Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar
parlamentlari, O‗zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida
Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda ―Loyihalar fabrikasi‖ ish boshladi.
Yoshlarni qo‗llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish
maqsadida 2021-yil mamlakatimizda ―Yoshlarni qo‗llab-quvvatlash va aholi
salomatligini mustahkamlash yili‖ deb e‘lon qilindi. Shuningdek, maktabgacha ta‘lim
vazirligi tashkil etildi, oliy ta‘limga qabul kvotalari oshirildi, qizlar uchun imtiyozli
kvotalar joriy etildi, startuplar uchun imtiyozli kreditlar berila boshlandi. Bundan
tashqari, Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda mavjud barcha
tashkilotlarning faoliyatini tubdan isloh qilish, ishlab chiqarish sohalarini
moderinizatsiya qilish, ularni innavatsion g‗oyalar bilan boyitish va eng asosiysi
korrupsiyaviy munosabatlarni ildizi bilan quritish maqsadida rahbariy lavozimlarga
ham yoshlarni tayinlash siyosati amalga oshirilmoqda. Bunga yoqqol misol sifatida
mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta`lim muassasalaridan biri hisoblangan bizning
Toshkent davlat yuridik universitetida ham prorektori lavozimiga Rustambekov
Islombek Rustambekovichning tayinlanganligini keltirishimiz mumkin. 30 yoshida
dotsent ilmiy unvonini olgan, shuningdek, nufuzli Xalqaro arbitraj sudlarida sudya
maqomida faoliyat yuritib kelayotgan bu insonning tashabbusi bilan yoshlarning
bo‗sh vaqtlarini mazmunli o‗tkazish maqsadida Prezident Farmoni bilan tashkil
etilgan besh tashabbus doirasida universitetimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
―Zukko kitobxon‖ tanlovi, ―Zukko yurist‖ tanlovi, zakovat o‗yinlari, har bir
mavsumda o‗tkazilayotgan sport musobaqalari: futbol, voleybol, shaxmat,
armwrestling, masofaviy yugurish sport turlari bo‗yicha rektor kubogi tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |