www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 300
So‗nggi yillarda universitetimizda o‗tkazilayotgan kiber sport musobaqasiga ham
talabalar tomonidan iliq fikrlar bildirilmoqda.
Meni yana bir quvontiradigan narsa shu bo‗ldiki, ilmga bo‗lgan e‘tibor, kitobga
bo‗lgan hurmat shu qadar e‘zozlanmoqdaki, kitob o‗qish har bir yoshning asosiy
mashg`ulotiga aylanib ulgurdi. Prezidentimizning 2018-yil 12-maydagi ―Buyuk
allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‗rganish va targ‗ib qilish
maqsadida yoshlar o‗rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‗g‗risida‖gi PQ-
3721-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida yoshlar o‗rtasida ―Yosh kitobxon‖
tanlovi o‗tkazib kelinmoqda. Tanlov yoshlarni o‗zlikni anglash, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va kitobxonlikni keng targ‗ib
qilish maqsadida tashkil etilgan bo‗lib, pirovard natijada boy madaniy merosimizga
yoshlarning e‘tiborini qaratish va buyuk tariximizni o‗rgatish, asriy an‘analarimizga
sodiq bo‗lgan haqiqiy o‗zbek mentalitetini davom ettiradigan yoshlar sonini yanada
ko‗paytirishdir. Yosh kitobxon tanlovi nafaqat yoshlarning, balki ota-onalarning ham
orzu-umidlarini ro‘yobga chiqardi.
Biz abiturient bo‗lib yurgan kezlarimizda ona tili va adabiyot fani o‗qituvchimizdan
―Nega bizning yurtimizdan taniqli olimlar, ixtirochilar kam chiqadi‖ deb
so‗raganimizda u kishi shunday javob bergandilar: ―Boshqa mamlakatlarda ilm
borasida yangilik qilgan insonga katta rag‗batlantirishlar beriladi va bu mukofotlar
uning iqtisodiy ta`minoti uchun yetarli miqdorda berilgani sababli boshqa ish bilan
shug‗ullanmasdan faqatgina ilm qilishga hayotini baxshida qiladi, natijada
hayotimizdagi mavjud muammolarga yechim bo‗lgan ulkan kashfiyotlar, yangiliklar
aynan shu insonlar tomonidan amalga oshiriladi. Bizda esa ilmga haligacha bu
darajada e‘tibor berilgani yo‗q‖, – degandi. Mana bugun guvohi bo‗lib turibmizki,
shunday kunlar keldi, ilm ahliga bo‗lgan e‘tibor kuchaydi. Birgina ―Zakovat‖
intellektual o‗yini ham bugun yurtimiz yoshlarining katta qismini o‗z atrofida
birlashtira oldi. Bu ham bo‗lsa mamlakatimizdagi yoshlarga bo‗lgan ishonch va
e‘tiborning natijasidir. Butun respublika bo‗ylab ―Zakovat‖ musobaqasi tashkil
etilmoqda. Ko‗tarinki ruhda o‗tkazilgan musobaqalarda yoshlar jamoasining keng
Do'stlaringiz bilan baham: |