www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 301
qatlami ishtirok etmoqda. Eng muhimi ular o‗zlarini bilimdonlar safida ko‗rmoqdalar.
Respublika bo‗ylab o‗tkazilgan musobaqalarda har bir viloyatdan g‗oliblar aniqlanib,
Buxoro viloyati Romitan tumanidagi ―Bukhara Desert oasis‖ ekoturizm markazida
finalda qatnashdilar. Final o‗ta qizg‗in tarzda bo‗lib o‗tdi. Hatto, Prezidentimizning
shaxsan o‗zlari taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Grand finalda Xorazm va Navoiy
jamoalari bellashishdi. Musobaqada Xorazm jamoasi mutlaq g‗alaba qozondi.
Jamaning har bir a‘zosi ―Chevrolet Gentra‖ avtomobili bilan taqdirlandi. Bu
to‗g‗risida Prezident alohida farmon imzoladi va tashkilotchilar, boshqa
ishtirokchilar, shuningdek bir qancha ustoz-murabbiylar ham munosib taqdirlandilar.
Bu tomoshabinlarni ham shu qadar ruhlantirdiki, pirovardida O‗zbekistonda bilim
etiborsiz qolmasligi ham isbotlandi.
Zakovat intellektual o‗yini 20 yildan oshiq vaqt davomida o‗z faoliyatini yuritib
keldi. Savollar bazasi xalqdan olib shakillantirilar edi. Mana 20 yildirki, ushbu an‘ana
hanuzgacha amalda.
2018-yil toshkentga o‗qishga kirish asnosida poytaxtda yaratilgan imkoniyatlarni o‗z
ko‗zim bilan ko‗ra boshladim. Ha, Toshkent Resublikamizning yuragi bo‗lib
ulgurgan. Qancha-qancha adiblarni o‗z bag‗riga olgan. Toshkentni tarannum etgan.
Solishtiradigan bo‗lsak, rostdan ham poytaxtda imkoniyatlar keng: yoshlarning
fikrlari inobatga olinadi, xizmatlar a‘lo darajada, shu jumladan, davlat xizmatalari
hayot egasini xursand qiladi. Bitta misol Alisher Navoiy kutubxonasini oladigan
bo‗lsak, shundoqqina universitetimizning orqasida joylashgan ushbu bazaviy
kutubxonada yo‗q kitobning o‗zi yo‗q. Foydalanish esa shuqadar qulayki, u yerga bir
marta kirgan odamning qayta kirgisi, kitob mutolaa qilgisi kelaveradi. Bu kutubxona
qanchadan qancha tolibi ilmlarni o‗z bag‗riga olgan. Shu o‗rinda bir narsa esimga
tushadi, bu haqida ko‗p o‗ylayman. O‗zim Farg‗ona viloyatining O‗zbekiston
tumanidagi qishloqlardan birida tug‗ilganman. Yoshligim mana shu qishloqning
chang ko‘chalarida o‘tgan. Abturiyent bo‗lib yurgan kezlarimizda tuman markaziga
qatnab ilm o‗rganar edik. Qishloqda elektr ko‗p o‗char, gaz yo‗q. Qish kunlarida dars
tayyorlash yanada qiyinlashar edi. Sham yorug‗ida dars tayyorlar edik. Toshkentga
Do'stlaringiz bilan baham: |