www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 305
beshta yoshni bitta nuroniy inson bilan bog‘lab qo‘yish amaliyoti ham yo‗lga
qo‗yilgan. Ta‘lim oiladan boshlanishini unutmasligimiz kerak.
Yoshlarda vatanparvarlik, mardlik, shijoat, milliy g‗urur, qat‘iyat kabi xislatlarning
shakllanishi juda muhim hisoblanadi. Mardlar maydonda sinaladi deganidek, er
yigitlar harbiy xizmatni o‗tashlari juda muhimdir. Armiya maydonida sinalgan
yigitlar xalqni, millatni qo‗riqlashga doimo shay turadilar. Shu bilan birga muddatli
harbiy xizmatni o‘tagan yigitlar oila muqaddas dargoh ekanligini, ota-onaning esa
tengsiz zot ekanligini va ularni e‘zozlash burchi ekanligini juda yaxshi anglaydilar.
Chunki, ularning qalbida vatan, ona kabi tushunchalar chuqur joy egallab ulgurgan.
Shu o‗rinda bizda barchasi yaxshi, umuman muammolar mavjud emas, deb ham ayta
olmaymiz. Prezidentimiz Respublikamizni qayeriga tashrif buyurmasin, jamoat
vakillaridan qarsak chalishni yig‗ishtirish kerakligini va real muammolarni yuzaga
chiqarish kerakligini qat‘iy talab qiladi. Yoshlar bilan ishlashda ham, albatta,
muammolar yo‗q deb ham ayta olmaymiz. Chunki, joylarda ijro masalasida hali ham
oqsashlar, korrupsiyaviy holatlar, afsuski, mavjud. Masalan, oliy ta‘lim
muassasalarida maxsus kvota asosida o‗qitilgan nogironligi bor yoshlarning davlat
tashkilotlarida ish bilan ta‘minlanishi mexanizmi amalda qo‗llanilmayapti.
Shuningdek, bugungi kunda respublikamizda alohida e‘tiborga muhtoj 18 yoshgacha
bo‗lgan 150 ming nafar bolalar mavjud. Ularga tibbiy muolajalar ko‘rsatish,
sog‗ligini tiklash uchun birinchi navbatda moddiy jihatdan ko‘mak berilishi lozim.
2020-yildan boshlab har yilning yakunida yoshlar uchun yilning mantiqiy yakunini
sarhisob qilish, erishilgan yutuqlarni taqdirlash, yoshlarga motivatsiya ulashish va
ularning vaqtini qiziqarli o‗tkazish maqsadida dekabr oyida ―Yoshlar forumi‖ni
o‗tkazish an‘anaga aylanmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish
agentligi qoshida ―Kelajak liderlari‖ klubi tashkil etilgan bo‗lib, klubga a‘zolik 4
bosqichda ochiq tanlov orqali amalga oshirildi. Tanlovda ishtirok etganlardan klubga
a‘zolar va klubning prezidenti tanlab olindi. Klubning tashkil etilishidan maqsad
shuki, kelajak liderlari zaxirasini yaratish va yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga
Do'stlaringiz bilan baham: |