PAXTACHILIK HAQIDA
UMUMIY MА’LUMОTLАR
I-BO’LIM
. PAXTANI QABUL QILISH VA QURITISH
TEXNOLOGIYASI
6
yetishtirib kelinmoqda. Ekin maydonining kattaligi jihatidan ikkinchi о‘rinda
Gossipium arbareum turadi. Uning asl vatani Hindi-Xitoy hisoblanadi. Shuning
uchun u Hindi-Xitoy g‘о‘zasi deb ataladi.
Ekin maydonining kattaligi jihatidan uchinchi о‘rinda Gossipium barbadenze
turadi. Tabiiy holda Janubiy Amerika qit’asining Peru davlatida о‘sganligi uchun
Peru g‘о‘zasi deyiladi. Ammo bu turning eng yaxshi navlari Misr mamlakatida
yaratilgani uchun Misr g‘о‘zasi deb ham yuritiladi. Seleksionerlar Misr g‘о‘zasining
tezpishar, tola sifati jihatidan ustun turadigan turlarini yaratganlar, shu bois uni uzun
tolali g‘о‘za deb yuritadilar va shu atama qabul qilingan. Peru g‘о‘zasining hosili
boshqa turlarnikidan birmuncha kamroq, ammo tola sifati jihatidan uning oldiga
tushadigani yо‘q. Hosili kech pishgani uchun uni о‘suv davri uzunroq, u issiqlik
yetarli bо‘lgan joylarda ekib kelinmoqda.
Gossipium avlodining 5 ta madaniy turidan tashqari yovvoyi va yarim yovvoyi
turlari ham qisman yetishtirib kelinmoqda.
Hozirgi kunda dunyodagi 90 ga yaqin mamlakatlarda paxta yetishtirilmoqda.
Dunyodagi paxta yetishtiruvchi davlatlarga quyidagilar kiradi:
Xitoy, Hindiston, AQSH, Pokiston, О‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston,
Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Suriya, Iroq, Eron, Afg‘oniston,
Isroil, Indoneziya, Avstraliya, Meksika, Venesuela, Markaziy Afrika respublikasi,
Janubiy Afrika respublikasi, Ekvator, Peru, Braziliya va boshqalar.
1.2. G‘о‘zadan olinadigan mahsulotlar
G‘о‘za eng qadimiy dehqonchilik ekinlaridan biri bо‘lib, insoniyat bu
о‘simlikdan juda qadim zamonlardan beri foydalanib kelmoqda. G‘о‘za issiqsevar
о‘simlik bо‘lgani uchun yer yuzida tarqalishi shimoliy kenglikning 40-44°
parallelidan va janubiy kenglikning 40° parallelidan о‘tmaydi, ming yillar davomida
g‘о‘za ekish tajribasi natijasida g‘о‘zaning eng yaxshi turlarini tanlab olish yо‘li bilan
tolasining sifati yaxshi, serhosil, madaniy paxta navlari vujudga keltirilgan.
Hozirgi kunda qо‘plab mamlakatlar iqtisodida g‘о‘zadan olinadigan
mahsulotlar juda keng kо‘lamda ishlatilishi bilan muhim о‘rin tutadi, chunki
7
g‘о‘zadan ikki asosiy mahsulot: tо‘qimachilik sanoati uchun tola va oziq-ovqat
ehtiyojlari uchun moy olinadi. Shuning uchun har bir paxtachilik xо‘jaligi mо‘l
hosilli, tezpishar, tolasining sifati jihatidan tо‘qimachilik sanoati talablarini
qondiradigan, kasalliklarga chidamli, qator oralariga ishlov berish hamda hosilini
mashinada tо‘liq terishga mos navlarini kо‘paytirish asosiy masalalardan hisoblanadi.
G‘о‘za о‘simliklari gulxayrigullilar oilasiga, gossipium avlodiga mansub
bо‘lib, uning juda kо‘p tur va xillari bor. О‘suv shoxlarining balandligi 0,7-1,5 m
bо‘lgan past bо‘yli bir yillik о‘simlik g‘о‘zani madaniylashgan turi hisoblanadi.
Xо‘jalikda foydaliligi jihatdan g‘о‘zaning Xindi-xitoy (Gossipium arboreum),
Afrika-Osiyoning (Gossipium xerbaseum) Meksikaning (Gossipium xirzutum) va
Peruning (Gossipium barbadenze) turlari ma’lum. Mamlakatimizda asosan birinchi
va ikkinchi turga kiruvchi о‘rta tolali (Gossipium hirzutum 1-rasm) va uzun tolali
(gossipium barbadenze 2-rasm) g‘о‘za navlari ekiladi.
G‘о‘zaning yovvoyi va madaniy xillarining kо‘pligi, ularning turli
xususiyatlarga ega bо‘lishi seleksiyada duragaylash, tanlash, radiatsiya va kimyo
mutagenlari bilan ta’sir etish genmuhandislik usullari bilan yangi g‘о‘za navlarini
yaratish imkonini beradi.
G‘о‘zaning rivojlanishida yorug‘lik ham juda muhim. U bekorga yorug‘sevar
о‘simlik deb atalmagan. G‘о‘zalar quyosh nuri yaxshi tushadigan joydagina yaxshi
о‘sadi va rivojlanadi. Quyosh nuri yaxshi tushmagan, soya joyda nimjon bо‘lib
о‘sadi. G‘о‘za barglarida ustunsimon tо‘qimalarning kuchli rivojlanganligi va barg
shapalog‘i yuzasi birligiga tо‘g‘ri keladigan xlorofillning ancha kо‘p miqdorda
bо‘lishi tufayli quyosh yorug‘ligini о‘zlashtirish va nurli energiyadan foydalanish
qobiliyati ancha kuchli. О‘simliklarning yashil qismi quyosh energiyasining о‘ziga
xos akkumulatoridir.
Bargdagi yashil xlorofillar quyosh nuri vositasida karbonat angidrid gazi, suv
va ildiz orqali о‘tgan mineral moddalar qо‘shilishidan organik moddalar hosil qiladi.
Bu jarayon karbonat kislotaning assimulatsiyasi yoki
fotosintezi
deb ataladi Ana
shu hosil bо‘lgan organik moddalar (uglevodlar, oqsil, yog‘ va boshqa murakkab
birikmalar) hisobiga о‘simlik tanasi shakllanadi.
8
1-rasm. Gossipium hirzutum g‘о‘za turi
1- g‘о‘za; 2-bargi; 3-guli; 4-kо‘sagi; 5-yetilgan kо‘sagi;
6- chanog‘i; 7- chigiti.
2-rasm. Gossipium barbadenze g‘о‘za turi
1- g‘о‘za; 2-bargi; 3-guli; 4-kо‘sagi; 5-yetilgan kо‘sagi;
6- chanog‘i; 7- chigiti.
9
Fotosintez shunday bir jarayonki, uning yordamida nur energiyasi bargda
tо‘planib, gо‘yo organik moddalarning kimyoviy energiyasi shaklida saqlanadi,
о‘simliklarning о‘sishi, unda kechadigan butun fiziologik va biokimyoviy jarayonlar
shu energiyadan quvvat oladi. Suv 80-90, uglevod (tо‘qima, kraxmal va shakar) 4,5-
9, oqsil 1,5-3, yog‘lar va mineral elementlar 4-8 foizni tashkil etadi.
Dala sharoitida agrotexnik tadbirlarni о‘z vaqtida sifatli qilib о‘tkazish, g‘о‘za
tuplarining qalinligini va ularning joylashishini tо‘g‘ri belgilash orqali yorug‘likdan
yaxshi foydalanishga sharoit yaratiladi.
G‘о‘zaning madaniylashgan turlari birqancha seleksion navlardan iborat.
Seleksion nav – bu bir kо‘rinishdagi avlodi bir turdagi morfologik va xо‘jalik belgilar
hamda xususiyatlarga ega bо‘lgan madaniylashgan turdagi klassifikatsiya birligiga
ega bо‘lgan о‘simliklar majmuasidir.
G‘о‘zaning morfologik belgilari - о‘simlik tuzilishining farqlanuvchi
xususiyatlari (tup tuzilishi, shoxlari, barglari, guli, kо‘sagi, chigiti va h.k.).
Hо‘jalik belgilariga uning mahsulotini inson ehtiyojlarini qondirish nuqtai
nazaridan, aniqrog‘i olinadigan hosilning miqdori va sifatini belgilaydigan
kо‘rsatkichlari kiradi.
G‘о‘za uchun asosiy kо‘rsatkich undan olinadigan tolaning miqdori va sifati
hisoblanadi.
Tolasining sifatiga qarab g‘о‘za uzun va о‘rta tolali navlarga bо‘linadi. Uzun
tolali g‘о‘za navi tolasining uzunligi 36-42 mm bо‘ladi.
Uzun tolali navlar, asosan, Gossipium barbadenze turiga kiradi.
О‘rta tolali g‘о‘za uzunligi 30-35 mm ga teng va nisbatan dag‘al tolaga ega
bо‘lib, asosan Gossipium xirzutum turiga yoki tur oralig‘idagi gibridlarga kiradi.
G‘о‘za о‘zining hayotiy xususiyatlarini bir necha yil davomida saqlanadigan
chigitlar tufayli kо‘payadi.
G‘о‘zaning seleksion navi ma’lum morfologik va agroxо‘jalik belgilariga ega
bо‘lib, ilmiy-tadqiqot muassasasida seleksiyaning ilmiy usuli asosida yaratilib ishlab
chiqarilgan va xо‘jalik nuqtai nazaridan qiymatga ega bо‘lgan g‘о‘za navidir.
10
О‘zbekiston Respublikasi hududlarida keyingi yillarda g‘о‘zaning 25 dan
ortiqroq rayonlashtirilgan seleksion navlari ekilmoqda. Namangan 77 navi kо‘proq
Qashqadaryo viloyatida, Xorazm 127 navi - Xorazm viloyatida, Buxoro-6,
Namangan 77, S-6524 kabi navlar respublikaning kо‘pgina viloyatlarida ekilib
kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |