Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi



Download 8,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/89
Sana30.05.2022
Hajmi8,71 Mb.
#619834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
fayl 1941 20210924

PAXTACHILIK HAQIDA
 UMUMIY MА’LUMОTLАR 
I-BO’LIM
. PAXTANI QABUL QILISH VA QURITISH 
TEXNOLOGIYASI 



yetishtirib kelinmoqda. Ekin maydonining kattaligi jihatidan ikkinchi о‘rinda 
Gossipium arbareum turadi. Uning asl vatani Hindi-Xitoy hisoblanadi. Shuning 
uchun u Hindi-Xitoy g‘о‘zasi deb ataladi. 
Ekin maydonining kattaligi jihatidan uchinchi о‘rinda Gossipium barbadenze 
turadi. Tabiiy holda Janubiy Amerika qit’asining Peru davlatida о‘sganligi uchun 
Peru g‘о‘zasi deyiladi. Ammo bu turning eng yaxshi navlari Misr mamlakatida 
yaratilgani uchun Misr g‘о‘zasi deb ham yuritiladi. Seleksionerlar Misr g‘о‘zasining 
tezpishar, tola sifati jihatidan ustun turadigan turlarini yaratganlar, shu bois uni uzun 
tolali g‘о‘za deb yuritadilar va shu atama qabul qilingan. Peru g‘о‘zasining hosili 
boshqa turlarnikidan birmuncha kamroq, ammo tola sifati jihatidan uning oldiga 
tushadigani yо‘q. Hosili kech pishgani uchun uni о‘suv davri uzunroq, u issiqlik 
yetarli bо‘lgan joylarda ekib kelinmoqda.
Gossipium avlodining 5 ta madaniy turidan tashqari yovvoyi va yarim yovvoyi 
turlari ham qisman yetishtirib kelinmoqda. 
Hozirgi kunda dunyodagi 90 ga yaqin mamlakatlarda paxta yetishtirilmoqda.
Dunyodagi paxta yetishtiruvchi davlatlarga quyidagilar kiradi: 
Xitoy, Hindiston, AQSH, Pokiston, О‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, 
Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Suriya, Iroq, Eron, Afg‘oniston, 
Isroil, Indoneziya, Avstraliya, Meksika, Venesuela, Markaziy Afrika respublikasi, 
Janubiy Afrika respublikasi, Ekvator, Peru, Braziliya va boshqalar. 
1.2. G‘о‘zadan olinadigan mahsulotlar 
G‘о‘za eng qadimiy dehqonchilik ekinlaridan biri bо‘lib, insoniyat bu 
о‘simlikdan juda qadim zamonlardan beri foydalanib kelmoqda. G‘о‘za issiqsevar 
о‘simlik bо‘lgani uchun yer yuzida tarqalishi shimoliy kenglikning 40-44° 
parallelidan va janubiy kenglikning 40° parallelidan о‘tmaydi, ming yillar davomida 
g‘о‘za ekish tajribasi natijasida g‘о‘zaning eng yaxshi turlarini tanlab olish yо‘li bilan 
tolasining sifati yaxshi, serhosil, madaniy paxta navlari vujudga keltirilgan. 
Hozirgi kunda qо‘plab mamlakatlar iqtisodida g‘о‘zadan olinadigan 
mahsulotlar juda keng kо‘lamda ishlatilishi bilan muhim о‘rin tutadi, chunki 



g‘о‘zadan ikki asosiy mahsulot: tо‘qimachilik sanoati uchun tola va oziq-ovqat 
ehtiyojlari uchun moy olinadi. Shuning uchun har bir paxtachilik xо‘jaligi mо‘l 
hosilli, tezpishar, tolasining sifati jihatidan tо‘qimachilik sanoati talablarini 
qondiradigan, kasalliklarga chidamli, qator oralariga ishlov berish hamda hosilini 
mashinada tо‘liq terishga mos navlarini kо‘paytirish asosiy masalalardan hisoblanadi. 
G‘о‘za о‘simliklari gulxayrigullilar oilasiga, gossipium avlodiga mansub 
bо‘lib, uning juda kо‘p tur va xillari bor. О‘suv shoxlarining balandligi 0,7-1,5 m 
bо‘lgan past bо‘yli bir yillik о‘simlik g‘о‘zani madaniylashgan turi hisoblanadi. 
Xо‘jalikda foydaliligi jihatdan g‘о‘zaning Xindi-xitoy (Gossipium arboreum), 
Afrika-Osiyoning (Gossipium xerbaseum) Meksikaning (Gossipium xirzutum) va 
Peruning (Gossipium barbadenze) turlari ma’lum. Mamlakatimizda asosan birinchi 
va ikkinchi turga kiruvchi о‘rta tolali (Gossipium hirzutum 1-rasm) va uzun tolali 
(gossipium barbadenze 2-rasm) g‘о‘za navlari ekiladi.
G‘о‘zaning yovvoyi va madaniy xillarining kо‘pligi, ularning turli 
xususiyatlarga ega bо‘lishi seleksiyada duragaylash, tanlash, radiatsiya va kimyo 
mutagenlari bilan ta’sir etish genmuhandislik usullari bilan yangi g‘о‘za navlarini 
yaratish imkonini beradi. 
G‘о‘zaning rivojlanishida yorug‘lik ham juda muhim. U bekorga yorug‘sevar 
о‘simlik deb atalmagan. G‘о‘zalar quyosh nuri yaxshi tushadigan joydagina yaxshi 
о‘sadi va rivojlanadi. Quyosh nuri yaxshi tushmagan, soya joyda nimjon bо‘lib 
о‘sadi. G‘о‘za barglarida ustunsimon tо‘qimalarning kuchli rivojlanganligi va barg 
shapalog‘i yuzasi birligiga tо‘g‘ri keladigan xlorofillning ancha kо‘p miqdorda 
bо‘lishi tufayli quyosh yorug‘ligini о‘zlashtirish va nurli energiyadan foydalanish 
qobiliyati ancha kuchli. О‘simliklarning yashil qismi quyosh energiyasining о‘ziga 
xos akkumulatoridir. 
Bargdagi yashil xlorofillar quyosh nuri vositasida karbonat angidrid gazi, suv 
va ildiz orqali о‘tgan mineral moddalar qо‘shilishidan organik moddalar hosil qiladi. 
Bu jarayon karbonat kislotaning assimulatsiyasi yoki 
fotosintezi
deb ataladi Ana 
shu hosil bо‘lgan organik moddalar (uglevodlar, oqsil, yog‘ va boshqa murakkab 
birikmalar) hisobiga о‘simlik tanasi shakllanadi. 



1-rasm. Gossipium hirzutum g‘о‘za turi 
1- g‘о‘za; 2-bargi; 3-guli; 4-kо‘sagi; 5-yetilgan kо‘sagi; 
6- chanog‘i; 7- chigiti. 
 
2-rasm. Gossipium barbadenze g‘о‘za turi 
1- g‘о‘za; 2-bargi; 3-guli; 4-kо‘sagi; 5-yetilgan kо‘sagi;
6- chanog‘i; 7- chigiti. 



Fotosintez shunday bir jarayonki, uning yordamida nur energiyasi bargda 
tо‘planib, gо‘yo organik moddalarning kimyoviy energiyasi shaklida saqlanadi
о‘simliklarning о‘sishi, unda kechadigan butun fiziologik va biokimyoviy jarayonlar 
shu energiyadan quvvat oladi. Suv 80-90, uglevod (tо‘qima, kraxmal va shakar) 4,5-
9, oqsil 1,5-3, yog‘lar va mineral elementlar 4-8 foizni tashkil etadi. 
Dala sharoitida agrotexnik tadbirlarni о‘z vaqtida sifatli qilib о‘tkazish, g‘о‘za 
tuplarining qalinligini va ularning joylashishini tо‘g‘ri belgilash orqali yorug‘likdan 
yaxshi foydalanishga sharoit yaratiladi. 
G‘о‘zaning madaniylashgan turlari birqancha seleksion navlardan iborat.
Seleksion nav – bu bir kо‘rinishdagi avlodi bir turdagi morfologik va xо‘jalik belgilar 
hamda xususiyatlarga ega bо‘lgan madaniylashgan turdagi klassifikatsiya birligiga 
ega bо‘lgan о‘simliklar majmuasidir. 
G‘о‘zaning morfologik belgilari - о‘simlik tuzilishining farqlanuvchi 
xususiyatlari (tup tuzilishi, shoxlari, barglari, guli, kо‘sagi, chigiti va h.k.). 
Hо‘jalik belgilariga uning mahsulotini inson ehtiyojlarini qondirish nuqtai 
nazaridan, aniqrog‘i olinadigan hosilning miqdori va sifatini belgilaydigan 
kо‘rsatkichlari kiradi.
G‘о‘za uchun asosiy kо‘rsatkich undan olinadigan tolaning miqdori va sifati 
hisoblanadi. 
Tolasining sifatiga qarab g‘о‘za uzun va о‘rta tolali navlarga bо‘linadi. Uzun 
tolali g‘о‘za navi tolasining uzunligi 36-42 mm bо‘ladi. 
Uzun tolali navlar, asosan, Gossipium barbadenze turiga kiradi.
О‘rta tolali g‘о‘za uzunligi 30-35 mm ga teng va nisbatan dag‘al tolaga ega 
bо‘lib, asosan Gossipium xirzutum turiga yoki tur oralig‘idagi gibridlarga kiradi. 
G‘о‘za о‘zining hayotiy xususiyatlarini bir necha yil davomida saqlanadigan 
chigitlar tufayli kо‘payadi. 
G‘о‘zaning seleksion navi ma’lum morfologik va agroxо‘jalik belgilariga ega 
bо‘lib, ilmiy-tadqiqot muassasasida seleksiyaning ilmiy usuli asosida yaratilib ishlab 
chiqarilgan va xо‘jalik nuqtai nazaridan qiymatga ega bо‘lgan g‘о‘za navidir.


10 
О‘zbekiston Respublikasi hududlarida keyingi yillarda g‘о‘zaning 25 dan 
ortiqroq rayonlashtirilgan seleksion navlari ekilmoqda. Namangan 77 navi kо‘proq 
Qashqadaryo viloyatida, Xorazm 127 navi - Xorazm viloyatida, Buxoro-6,
Namangan 77, S-6524 kabi navlar respublikaning kо‘pgina viloyatlarida ekilib 
kelinmoqda. 

Download 8,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish