16
-uzun tolali navlardan urug‘lik oladigan, о‘rta tolali navlarni elita va birinchi
reproduksiya oladigan maydonlarda mashina terimi о‘tkazilmaydi.
-defoliatsiya о‘tkazishda qatnashuvchi barcha xodimlar texnika xavfsizligi
bо‘yicha instruktajdan о‘tadilar;
-defoliatsiya g‘о‘zada 2-3 ta kо‘sak ochilganda, uzun tolali g‘о‘zada 5-6 ta
kо‘sak ochilganda qilinadi;
-mashina terimiga ajratilgan urug‘lik maydonlaridagi g‘о‘zalar yumshoq ta’sir
etuvchi defoliantlar bilan dorilanishi kerak.
-mashina terimiga ajratilgan dalalar defoliatsiya boshlanishidan 3-5
kun avval
mashina buriladigan 7-8 metr kenglikdagi joy purkovchi traktorlar bilan dorilanishi
lozim, bu yerdagi g‘о‘za turlaridagi ochilgan paxta qо‘lda terib olingach, bir
chekkaga yig‘ishtirib qо‘yiladi. Keyin yer greyder yoki buldozer bilan tekislanadi.
-defoliatsiya о‘tkazish muddatlari, defoliantlarning turlari hamda qо‘llash
me’yorlari, tabiiy-iqlim sharoitlari va g‘о‘za rivojining holatiga qarab belgilanadi.
G‘о‘za turidagi va shoxlaridagi kо‘saklar hammasi baravariga pishmaydi.
Oldin pastki va yuqori shoxlardagi kо‘saklar pishadi, sо‘ngra о‘rta va yuqori
shoxlardagi kо‘saklar yetiladi. Pastki yuqorigi shoxlardagi kо‘saklar
yetilishi uchun
1,5-2 oy о‘tadi. Shuning uchun paxta hosili bir necha marta terib olinadi. Ochilgan
paxta qо‘l bilan yoki terish mashinalarida teriladi.
Paxta hosilini terib olish va tayyorlash choralariga quyidagi tadbirlar kiradi:
mehnat resurslaridan unumli foydalanish va yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olishni
muddatida tugatish, paxta teruvchilar orasida instruktaj о‘tkazish, paxtani qop-
qanorsiz tashish uchun kerakli transrort vositalarni, dalalarda paxta quritish va qabul
qilinadigan maydonlarni tayyorlash, paxtani qо‘l bilan terish uchun kerakli etaklarni
tayyorlab qо‘yish, paxta va kо‘sak terish mashinalarining
hamda boshqa texnikani
о‘z vaqtida ta’mirlash va boshqa tashkiliy tadbirlar bajarilishi lozim.
G‘о‘zani о‘z vaqtida defoliatsiya (bargini sun’iy tо‘ktirish) va desikatsiya
(g‘о‘za shoxlarini sun’iy quritish) qilish kо‘saklarni ochilishini tezlatadi, natijada
sovuq tushgunga qadar teriladigan paxta miqdori kо‘payadi. Defoliatsiya g‘о‘zaning
tupida 2-5 ta kо‘sak ochilganda maxsus kimyoviy moddalar bilan amalga oshiriladi.
17
Defoliatsiyadan keyin 10-12 kunda g‘о‘zaning 60-70% bargi tо‘kilib tushadi
va mashinalar bilan terishga tayyor bо‘ladi.
Paxta terish mashinalari ishlash usuliga kо‘ra uchta asosiy tur: mexanik,
pnevmatik va pnevmomexanik turga ajratiladi.
Hozir mexanik va pnevmomexanik turlardagi
shpindelli mashinalar
ishlatilmoqda. Shpindelli mashinani dastlab 1939- yilda L.M.Rozenblyum ixtiro
qilgan. Shu kunga qadar “Tashselmash” korxonasida sharoitlarga moslashtirilgan
14XV-2,4, XN-3, XNR-1,8 belgili terish mashinalari ishlab chiqarilgan (4-rasm).
4-rasm. Paxta terish mashinasi
Hozirgi kunda zamonaviy paxta terish mashinalari ishlab chiqarilmoqda.
Paxtasi mashinada teriladigan dalalar begona о‘tlardan toza, о‘qariqlar
tekislangan, g‘о‘za barglarining 75-80%i sun’iy tо‘ktirilgan bо‘lishi lozim, ochilgan
paxta shpindelli mashinalar bilan ikki marta teriladi: birinchi terim g‘о‘za tuplaridagi
kо‘saklarning kamida 70% ochilganda,
ikkinchi terim esa, qо‘shimcha ravishda 20-
30% kо‘saklar ochilganda boshlanadi. Hosilning qolgan qismi kо‘sak terish
mashinalari bilan teriladi. Paxta mashinalar bilan terilganda yerga tо‘kilgani mexanik
podborchilar bilan teriladi.
Paxta terish ishi oqim usulida tashkil etiladi, ya’ni mashina paxtani terib о‘z
bunkeriga tо‘playdi, traktorga tirkaladigan pritsepga ag‘daradi, pritsep paxtani
tayyorlov maskaniga qop-qanorsiz tashib keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: