2.3. Tayyorlov maskanida paxtani qabul qilish va jamlash tartiblari
Paxta unga yozilgan 1-SX (paxta) shakl turidagi tovar-transport yuk xati asosida
qabul qilinadi.
Xо‘jaliklar bitga yuk xati bilan barcha sifat kо‘rsatkichlari bir xil paxtani
topshirish uchun yuborishlari kerak, ya’ni:
a) bitta seleksion, sanoat navi va sinfiga oid;
b) avlodi va dala guruhi bir xil urug‘lik paxta.
Paxta maydonlarida о‘tkazilgan aprobatsiya natijalariga muvofiq mutaxassislar
ishtirokida rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida qishloq xо‘jalik zararkurandalari
va kasalliklari bilan zararlangan paxtalar tayyorlov maskaniga alohida terilib
topshiriladi.
Fermer xо‘jaliklardan paxtani tayyorlov maskanlarida qabul qilishda О‘zDSt
615, О‘zDSt 642 davlat standartlari talablari asosida uning namligi va iflosligi har bir
transport vositasi bо‘yicha instrumental, sanoat navi esa organoleptik usulda
aniqlanib, qabul qilish jarayoni 3 bosqichli tizim bо‘yicha amalga oshiriladi:
1-bosqich - namuna oluvchi keltirilgan paxtadan belgilangan tartibda namuna
olib uning sanoat navi va sinfini aniqlaydi. Laboratoriyaga paxtaning ifloslik va
namligini aniqlash uchun namuna jо‘natadi;
2-bosqich - operator keltirilgan paxtani elektron tarozida о‘lchaydi;
3-bosqich - dispetcher keltirilgan paxtani yuk xatida belgilangan g‘aramga
tushirilishini tashkil qiladi.
Fermer xо‘jaliklardan qabul qilib olinadigan paxtaning miqdori va uning sifat
kо‘rsatkichlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar ID plastik kartalarda aks ettiriladi.
Fermerlarga berilgan ID plastik kartalarda viloyat, tuman va paxtani qabul
qiluvchi korxonaga belgilangan ”KOD”, fermer xо‘jaligining nomi, yillik paxta
topshirish rejasi, shu jumladan urug‘lik paxta rejasi, reproduksiyasi, topshiriladigan
paxtaning seleksion navi va tipi, terim turi belgilab qо‘yiladi.
ID plastik kartalar ma’lum bir sabablarga kо‘ra fermerlar tomonidan yо‘qotilgan
taqdirda dublikat plastik kartadan foydalanishi kо‘zda tutilishi lozim.
Topshirilayotgan paxtadan namuna olishda paxta tayyorlov maskanining
21
namuna oluvchisi, ”О‘zstandart” agentligidan bir vakil qatnashadi (boshqa tayyorlov
maskanlarida kelishmovchilik bо‘lgan hollarda ushbu vakil chaqiriladi). Fermerlar
kengashidan va topshiruvchi-fermer xо‘jaligi rahbari yoki uning nomidan ish
yurituvchi ishtirokida (kuzatuvida) keltirilgan paxta tо‘dasidan О‘zDSt 643 bо‘yicha
birlashtirilgan namuna tanlab olinadi hamda О‘zDSt 615, О‘zDSt 642 davlat
standartlari va ushbu yо‘riqnoma talablari va shartlariga mosligini aniqlaydi
О‘zDSt 593 standarti bо‘yicha etalon namunalarga taqqoslab, tashqi kо‘rinishi va
rangi bо‘yicha dastlabki klassifikatsiyasini о‘tkazib sanoat navini aniqlaydi va
3 nusxada 1-SX shakldagi yuk xatini tо‘ldirib, rangi va tashqi kо‘rinishi bо‘yicha
qaysi sanoat naviga mosligini qayd qiladi. Sanoat navi bо‘yicha kelishmovchilik
yuzaga kelgan hollarda laboratoriya tahlil xonasida LPS-4 (ASX) asbobida pishib
yetilganlik koeffitsenti bо‘yicha sanoat navi yakuniy aniqlanadi.
Namuna oluvchi va operator har bir namunaning tо‘g‘ri olinishiga shaxsan
javobgar hisoblanadi.
Shuningdek, Respublika bо‘yicha topshirilayotgan paxta tо‘dalarining sifatini
tadqiq etish va natijalarini paxta tayyorlash maskani tomonidan aniqlangan sifat
kо‘rsatkichlari bilan qiyoslash maqsadida Qishloq xо‘jaligi vazirligining buyrug‘iga
muvofiq tayinlangan tegishli mutaxassislar paxta yig‘im terimi mavsumida tanlanma
asosda ayrim hududlardagi fermer xо‘jaliklarining transport vositalaridagi paxta
tо‘dalarining
ayrimlaridan
namunalar
oladi
va
olingan
namunalarni
akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida tahlil о‘tkazishi mumkin.
Qabul qilinayotgan paxtaning sifat kо‘rsatkichlari standart talablariga mos
kelmasa, sabablari kо‘rsatilgan holda xо‘jalikka qaytariladi.
Namuna oluvchi terminal orqali fermer plastik kartasidan tegishli ma’lumotlarni
kompyuterga kiritadi.
2-XL laboratoriya tahlillari natijalarini qayd qilish ma’lumotnomasi ikki nusxada
tо‘ldiriladi, plastik karta paxta topshiruvchiga qaytarilib, namuna oluvchi tomonidan
2-XL shaklining old tomoni kerakli ma’lumotlar bilan rasmiylashtirilgach,
birlashtirilgan namuna idishiga solinadi, keyin namuna tashuvchi ushbu namunani
tahlil uchun laboratoriyaga instrumental tahlillar о‘tkazish uchun yetkazadi.
22
Paxtadan namuna olingan transport vositasi tahlil natijasi aniqlanguncha kutish
maydonchasiga yо‘naltiriladi.
Laboratoriya tahlil natijalari aniqlanganidan sо‘ng transport vositasi yuklangan
paxta bilan elektron avtomobil tarozisiga kiritiladi.
Operator plastik kartani tarozixonada о‘rnatilgan terminalga joylaydi. Fermer
xо‘jaligi kodini lokal tarmoqqa ulangan kompyuterga kiritadi.
Operator transport vositasini yuklangan paxta bilan birgalikda о‘lchaydi.
"Brutto" massasi avtomatik holda о‘lchanib, kompyuterga kiritiladi va markaziy
kompyuter tarmog‘iga uzatiladi hamda bu kо‘rsatkichlar fermerning plastik kartasiga
kiritiladi va elektron tabloda yoritiladi. Operator 3 nusxada tо‘ldiriladigan 1-SX
shakldagi yuk xatiga "Brutto" massasini yozadi.
Laboratoriya namunani olgandan sо‘ng har bir qabul qilinayotgan tо‘da
namunasi bо‘yicha namlik va ifloslikni aniqlash uchun tahlillar о‘tkazadi. Paxtaning
sanoat navi bо‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda sanoat navini aniqlash
tahlillari LPS-4 (ASX) uskunasida о‘tkazadi. Bu jarayonlar Fermerlar kengashi va
“О‘zstandart” vakillari tomonidan fermerlar xonasiga о‘rnatilgan kuzatuv kamerasi
yordamida nazorat qilinib turiladi.
Paxta namunasining namligi, iflosligi va sanoat navini aniqlash bо‘yicha
о‘tkazilgan tahlil natijalari bо‘yicha ma’lumotlar asosida 2-XL shaklining orqa
tomoni tо‘ldirilib, laboratoriya jurnaliga tartib raqami va sanasini yozib bir nusxasi
operatorga topshiriladi, ikkinchi nusxasi bir kunlik saqlab turiladigan namunaga solib
qо‘yiladi.
Operator plastik kartani terminaldan о‘tkazib ma’lumotlar tarmog‘ini ochadi va
uning tegishli grafalariga 2-XL laboratoriya tahlil natijalari asosida aniqlangan sifat
kо‘rsatkichlarni kiritadi hamda qabul qilinayotgan paxtaning jamlanadigan tо‘da va
g‘aramning tartib raqamini belgilaydi.
Fermer xо‘jaligining nomi, tо‘da raqami, qabul qilinayotgan tо‘daning sifat
kо‘rsatkichlari (navi, sinfi, namligi va iflosligi) monitor ekranida yoritiladi.
Shu kо‘rsatkichlarga amal qilgan holda paxtani qaysi g‘aram yoki omborga
qabul qilinishini belgilab, yuk xatining birinchi nusxasini transport vositasidagi
23
paxtani belgilangan g‘aramlarga jamlash bо‘yicha dispetcherga yо‘naltiriladi.
Dispetcher keltirilgan paxtani yuk xatida belgilangan joyga paxta topshiruvchi
ishtirokida tushirishni tashkil etadi. Tushirish jarayonida tо‘kilayotgan paxtani
kо‘zdan kechirib, yuk xatida kо‘rsatilgan sifat kо‘rsatkichlari va standart talablariga
mosligini kuzatib turadi.
Sifat kо‘rsatkichlari tasdiqlangan holda dispetcher paxtani qabul qilgani haqida
yuk xatiga imzo chekadi, bо‘shatilgan tirkamali transport vositasini qayta tortish
uchun operatorga qaytaradi.
Operator fermer xо‘jaligi plastik kartasini terminalga kiritadi va bо‘shagan yoki
ma’lum miqdordagi paxta bilan qaytarilgan tirkamali transport vositasi massasini
qaytadan elektron tarozida tortib, "Tara" massasi aniqlanadi va qabul qilingan
paxtaning "Netgo" massasi chiqariladi. Tortish natijalari fermerning plastik
kartochkasiga kiritiladi va yuk xatiga yozib qо‘yiladi. Tortish jarayonidagi
kо‘rsatkichlar va tahlil natijalari elektron tabloda yoritilib boriladi. Tortish natijalari
markaziy tarmoqqa uzatiladi hamda telejkaga belgilangan alohida raqam rasmi yodda
saqlanadi.
Fermer xо‘jaligi topshiruvchisiga rasmiylashtirilgan yuk xatining (1SX shakl)
ikkinchi nusxasi topshiriladi.
17-PK shakldagi qabul kvitansiyasi uchun maxsus raqamlangan bir xil formatda
tipografiyada tayyorlangan blanka ishlatiladi.
Paxta qabul qilingandan sо‘ng buxgalteriya fermer xо‘jaliklari topshirgan har bir
paxta tо‘dasidagi paxta miqdori va sifati bо‘yicha markaziy tarmoqda tо‘plangan
axborotlar asosida har bir fermer xо‘jaligi uchun seleksiya navlari, sinfi, tipiga
belgilangan narxlar bо‘yicha tegishli mablag‘ni va unga hisoblanadigan
qо‘shimchalarni, (paxta guruhi, urug‘lik uchun, tashib keltirilganligi va boshqalar)
bо‘nak, material (qarzdorlik) yoki ifloslik va namlik darajasi me’yordan yuqori
bо‘lgan paxtani quritish va tozalash uchun qilingan xarajatlar hamda xо‘jaliklarga
berilgan inventarlar va kо‘rsatilgan xizmatlar so’mmasi elektron hisoblanib PK-17
shakldagi qabul kvitansiyasiga kiritiladi hamda 5 nusxada rasmiylashtiriladi va ushbu
hujjat asosida fermer xо‘jaliklar bilan topshirilgan paxta uchun о‘rnatilgan tartibda
24
hisob-kitob ishlari bajariladi.
Buxgalteriya hisob-kitobni tugatgandan keyingi kuni qabul kvitansiyasining
ikkinchi nusxasini Davlat statistika qо‘mitasining joylardagi tashkilotlariga yuboradi,
bu paxta tayyorlash tо‘g‘risida kunlik hisobot uchun asos bо‘ladi, uchinchi nusxa
tayyorlov
maskanida
qoladi.
Tо‘rtinchi nusxasini “Paxtasanoat” AJning
kontraktatsiya va shartnoma bо‘limiga nazorat va
hisob-kitob uchun yuboradi,
beshinchi nusxasi xizmat kо‘rsatuvchi bankka topshiriladi.
Tayyorlov maskani mudiri, qabul qiluvchi va katta buxgalter 17-PK shakl qabul
kvitansiyasida kо‘rsatilgan ma’lumotlarning tо‘g‘riligiga, paxtaning amaliy va
konditsion vaznining xaqiqiy miqdori, seleksion va sanoat navi, sinfi va jamlash
joylari bо‘yicha qabul qilinganligiga shaxsan javobgardirlar. Tayyorlov maskani
mudiri va katta buxgalter bundan tashqari qabul qilingan paxtaning konditsion vazni
va pul hisob-kitobi (chegirma va ustamalarni hisobga olgan holda) tо‘g‘riligiga ham
javob beradilar.
17-PK shakl qabul kvitansiyalarining ma’lumotlariga asosan Davlat statistika
qо‘mitasining tashkilotlari paxta terish hajmlari tо‘g‘risida kundalik hisobot tuzadilar.
Boshqa hech qanday hujjat paxta tayyorlash tо‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish uchun
asos bо‘la olmaydi.
Xarid rejasining bajarilganligi haqidagi hisobotda har bir xо‘jalik tomonidan
qabul kvitansiyalari asosida topshirilgan paxtaning konditsion vazni e’tiborga olinadi.
Xо‘jalikdan paxtani tilxat asosida qabul qilishga yо‘l qо‘yilmaydi. Bu tartib
paxtaning hammasiga, shu jumladan alohida saralab terilgan, oilasi bо‘yicha terilgan
paxta va tajribaviy urug‘lik paxta namunalari uchun ham taalluqlidir.
10 ming tonnadan ziyod tayyorlov hajmiga ega bо‘lgan hamda ikkita alohida
hududi bor tayyorlov maskanlarida yuqori tashkilotlarning ruxsati bilan paxtani ikki
oqimda qabul qilishni tashkil etish mumkin. Bunda har bir oqimga qabul qiluvchi
operator boshchilik qilishi zarur. Bunday holatda paxta tozalash korxonasi
rahbariyatining kо‘rsatmasiga binoan tayyorlov maskanida har bir oqimga oldindan
ma’lum xо‘jaliklar biriktirib qо‘yiladi. Tayyorlov maskani faoliyatini bunga huquqi
bor shaxslar va tashkilotlar tomonidan nazorat qilish jarayonida yuzaga keladigan
25
taklif va mulohazalar, ijrochilar, paxta tozalash korxonalari rahbarlari va viloyat
"Paxtasanoat xududiy filiali” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbariga yozma holda
(ma’lumotnoma holida yoki har bir tayyorlov maskanida yuritiladigan mulohazalarni
qayd etish daftariga yozish orqali) yetkaziladi. Paxta tozalash korxonasining
mansabdor shaxslari tayyorlov maskaniga kelganlarida bu mulohazalarning
bajarilishini albatta tekshiradilar. Mulohaza va takliflarning ijrosi natijalari haqida
yuqorida aytilgan daftarga tegishli yozuvlar yoziladi yoki alohida muhokama uchun
tegishli tashkilotlarga murojaat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |