Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi


  2.2. Tayyorlov maskanlarida paxta tayyorlashni tashkil etish



Download 8,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/89
Sana30.05.2022
Hajmi8,71 Mb.
#619834
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
Bog'liq
fayl 1941 20210924

 


18 
2.2. Tayyorlov maskanlarida paxta tayyorlashni tashkil etish 
Xo‘jaliklarda yetishtirilgan paxtani paxta tayyorlash maskanlarida to‘dalar bilan 
qabul qilinadi. To‘da deb, bir seleksion, sanoat navi, tipi va sinfiga mansubligi
haqida hujjat bilan rasmiylashtirilgan paxta miqdori hisoblanadi. 
Bir to‘dada turli selektsion va sanoat navlari to‘planib hamda paxtaning tipi va 
sinfi aralashib ketganda, paxta to‘dada bor bo‘lgan past tip, nav va sinf bo‘yicha 
hisoblanib qabul qilinadi. 6-rasmda paxta xomashyosini har bir partiyasi bo‘yicha 
instrumental qabul qilishning avtomatlashtirilgan usuli ko’rsatilgan. 
5-rasm. Paxta xomashyosini har bir partiyasi bo‘yicha instrumental 
qabul qilishning avtomatlashtirilgan usuli 
Fermer xо‘jaliklari bilan davlat extiyojlari uchun paxta xomashyosini xarid 
qilish bо‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomasi asosida yetishtirilgan paxtani о‘z 
vaqtida qabul qilish, amalda bо‘lgan standartlar talablari asosida tо‘g‘ri g‘aramlash, 
belgilangan talablarga muvofiq markazlashgan usulda quritish va tozalash hamda 
saqlashni ta’minlash maqsadlarida paxta tozalash korxonalari va tayyorlov 
maskanlariga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 
a) 
tuzilgan kontraktatsiya shartnomasiga asosan shartnoma shartlarining 
bajarilishini ta’minlash; 
b) xо‘jaliklarda paxtani mashinada va qо‘lda sifatli terishni tashkil etish va 
ta’minlash hamda uni tо‘g‘ri saralash bо‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish; 


19 
v) xо‘jaliklarni amaldagi davlat standartlari, paxtaning xarid narxlari bо‘yicha 
narxnomalar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash; 
g) davlat standartlari, paxtaning xarid narxlari bо‘yicha asosiy qoidalarni, 
xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi kurash bо‘yicha ogohlantiruvchi yozuvlarni 
davlat tilida yozib, kо‘rinadigan joylarga osib qо‘yish; 
d) paxtani qabul qilish, jamlash, tashish va saqlashda traktor hamda boshqa 
mexanizmlardan samarali foydalanish; 
ye) transport vositalari, omborlar, maydonchalar, tarozi, brezentlar, laboratoriya 
jihozlari, asbob uskunalar, о‘rov va boshqa xо‘jalik materiallaridan unumli 
foydalanish; 
yo) paxtani davlat standarti talablariga qat’iy rioya etgan holda о‘z vaqtida va 
uzluksiz qabul qilish; 
j) qabul qilingan paxtani seleksion va sanoat navlari, sinflari bо‘yicha, urug‘lik 
paxtani avlodi va dala guruhi kо‘rsatilgan holda alohida tо‘dalarga tо‘plash; 
z) quritish-tozalash sexlarining unumli va sifatli ishlashini ta’minlash; 
i) buxgalteriya hisobi va hisobotini aniq hamda tо‘g‘ri yuritish; 
y) qabul qilingan paxta uchun xо‘jaliklar bilan hisob-kitobni о‘z vaqtida va 
tо‘g‘ri amalga oshirish; 
k) barcha tayyorlangan paxtani belgilangan tartibda saqlash va tayyorlov 
maskanidan paxta tozalash korxonasiga zarur miqdordagi va assortimentdagi paxtani 
о‘z vaqtida yuborilishini tashkil etish. Saqlash, quritish va tashish paytida paxtaning 
sifat kо‘rsatkichlarining о‘zgarishiga yо‘l qо‘ymaslik tadbirlarni amalga oshirish; 
l) paxtani tayyorlov maskanida qabul qilish, saqlash, quritish, tozalash hamda 
uni korxonaga jо‘natish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish tadbirlarini kо‘rish; 
m) butun tayyorlov ishlari bosqichlarida maxsus yо‘riqnomalarga asoslanib
yong‘inga qarshi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish bо‘yicha tadbirlarni 
о‘tkazish; 
n) qabul qilingan va saqlanayotgan paxtani tayyorlov maskanidan korxonaga 
jо‘natishda albatta elektron tarozidan о‘tkazish (13-XL) va uning xaqiqiy sifatini 
tо‘g‘ri aniqlash (2-XL) orqali hisob-kitobni olib borish. 


20 

Download 8,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish