Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi


 Paxtani g‘aram maydonchalari va yopiq omborlarda saqlash



Download 8,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/89
Sana30.05.2022
Hajmi8,71 Mb.
#619834
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
Bog'liq
fayl 1941 20210924

2.7. Paxtani g‘aram maydonchalari va yopiq omborlarda saqlash
Paxta tayyorlash maskanlari va paxta tozalash korxonalarida paxta seleksion, 
sanoat navlari hamda terish uslublari bо‘yicha alohida qabul qilinadi va saqlanadi. 
Paxta tо‘dalarini jamlash, ularni saqlash va qayta ishlash tolaning tipi bо‘yicha, 
uning sifat kо‘rsatkichlarini hisobga olgan holda «Paxta terish va tayyorlash bо‘yicha 
yо‘riqnoma»ga amal qilgan holda har qaysi xо‘jalikniki alohida amalga oshiriladi. 


30 
Urug‘lik paxta texnik paxtadan alohida tо‘dalarga qabul qilinadi va jamlanadi. 
Har xil zararkunandalar va kasalliklar («qora shira», gommoz, makrosporioz va 
h.k.), bilan zararlangan paxta alohida qabul qilinadi, jamlanadi, saqlanadi va qayta 
ishlashga jо‘natiladi. 
Paxtani yaxshiroq saqlash, uzoq muddat saqlashni tо‘g‘ri tashkil etish 
maqsadida paxtani jamlashni uning namligini hisobga olgan holda tabaqalab bajarish 
kerak. Namligi 14 foizgacha bо‘lgan paxtani tozalash bо‘limi hududiga, namligi 14 
foiz va undan yuqori bо‘lgan paxtani esa quritish tozalash sexi hududiga 
joylashtirish kerak. Namligi 20 foizdan yuqori bо‘lgan paxtani quritish tozalash 
sexiga yaqin bо‘lgan joyga jamlash kerak, chunki uni tezda quritish va qayta ishlash 
lozim bо‘ladi. 
Paxta g‘aramlarga jamlanganda (chо‘kishdan avval) balandligi quyida 
keltirilgan kо‘rsatkichlardan oshib ketmasligi kerak (3-jadval).
3-jadval 
Paxta g‘aramlarining tayyorlov davrida ruxsat etilgan balandliklari 
Paxta 
navi 
Paxta namligi, 
foiz 
Shakllangan g‘aramning
balandligi, m gacha 
Maydoncha- 
dagi paxta 
xomashyosining 
taxminiy 
massasi, t 
havo sо‘rishni 
qо‘llamaganda 
havo sо‘rishni 
qо‘llaganda 






9 gacha 
9,1-12,0 
12,1-14,0 
14 dan yuqori 








400 
350 
300 
250 
II 
10 gacha 
10,1-13,0 
13,1-16,0 
16 dan yuqori 








370 
300 
250 
200 
III 
11 gacha 
11,1-15,0 
15,1-18,0 
18 dan yuqori 








350 
300 
230 
200 
IV 
13 gacha 
13,1-17,0 
17,1-20,0 






270 
200 
190 


31 

20,1 dan 
yuqori 



Eslatma:* Past navli, iflosligi va namligi yuqori bо‘lgan paxta maxsus kichkina 
g‘aramga joylanadi. Bunday g‘aramning uzunligi 14 m, kengligi 7 m, balandligi
4,0 – 4,5 m (tо‘g‘ri tо‘rtburchak qismi 3,1 m, gumbazsimon qismining balandligi 
1,5 m) qilib jamlanadi. Bitta 14 x 25 m standart g‘aram maydoniga bunday 
g‘aramlardan uchtasi joylashtiriladi.
Paxtani saqlash uchun yopiq omborlar, yarim ochiq yoki tо‘rt tomoni ochiq 
ombor (ayvonlar) va ochiq maxsus tayyorlangan maydonchalardan foydalaniladi. 
Paxtani shibbalangan shag‘al bilan yoki asfalt bilan qoplangan maydonlarga 
jamlashga ruxsat etiladi. 
G‘aram maydonlarining о‘lchamlari 14 x 25 m, balandligi yer sathidan 0,4 m 
bо‘lishi va yog‘in-sochin suvlarini chiqib ketishini ta’minlash uchun о‘rtasini
0,05-0,07 m ga kо‘tarish kerak. 
Paxtani g‘aramlarda va yopiq omborlarda saqlangandagi, transport 
vositalarida tashilgandagi hajmiy zichligi 4- jadvalda keltirilgan.
4-jadval 
Paxtani saqlangandagi va tashilgandagi о‘rtacha hisobiy hajmiy zichligi 
Saqlash va tashish 
Paxta zichligi, kg/m
3
I-II navlar 
III-V navlar 
о‘rta 
tolali 
uzun 
tolali 
о‘rta 
tolali 
uzun 
tolali 
Yopiq omborlarda 
160-180 
180-200 
150-160 
160-170 
G‘aramlarda 
185-220 
190-250 
170-190 
180-190 
Traktor aravalarida 
zichlangan holda tashish 
150-160 
160-170 
160-180 
170-190 
Zichlanmay erkin holda 
tashish 
50-60 
70-80 
50-60 
70-80 
Balandligi 1 m bо‘lgan har qaysi paxta qatlami joylangandan keyin g‘aram 
chekkalari 0,5 m dan kam bо‘lmagan holda shibbalanadi. G‘aram burchaklari


32 
2,5-3,0 m kenglikda zichroq shibbalanadi. Bir kunda bir g‘aramga 80 tonnadan kо‘p
bо‘lmagan paxta joylanishi tavsiya etiladi. 
Paxtani g‘aramlarga joylashda uning chо‘kishi hisobiga yon devorlari kо‘tarilib
qoladi, ularni tarab turish kerak bо‘ladi. 
G‘aram devorlarining eng katta balandligi 7,5 m, g‘aram tepasidagi konussimon 
qismi gumbazsimon shaklga ega bо‘lib 2,5 m dan oshmasligi kerak. Konussimon 
qismining о‘rtasi g‘aram uzunligi bо‘yicha uning о‘rtasidan о‘tishi kerak. 
Paxta g‘aramlarini yopish uchun о‘lchami 7 x 8,5 m bо‘lgan brezent chodirlar 
qо‘llaniladi. О‘lchami 14 x 25 m bо‘lgan g‘aram о‘nta brezent bilan yopiladi. 
Brezentlar 7 m li tomonlari о‘lchami 7 x 17 m bо‘lgan chodir hosil qiladigan juft 
qilib tikiladi va 14 x 25 m maydondagi g‘aramni 8 dona brezent bilan yopish zarur 
bо‘lib qolganda, ularni juft-juft qilib 7 m li tomonlari bilan tikiladi. Keyin hosil 
bо‘lgan chodirlarni yana juft-juft qilib 17 m li tomonlari bilan tikiladi. Shunday ikki 
brezent g‘aramga kо‘ndalangiga 17 m li tomoni bilan ikkinchi brezent birinchisining 
ustiga 1 m chiqadigan qilib yopiladi. 
Brezent g‘aramda halqalaridan о‘tkazilgan arqon bilan tortib qо‘yiladi. 
Arqonlar uchi g‘aram atrofida yerga о‘rnatilgan sim halqalarga bog‘lab qо‘yiladi. 
G‘aram yopiladigan brezent 350-400 tonnadan oz bо‘lmagan paxtani yopishi kerak 
(7-rasm). 
7-rasm. Paxta tayyorlash maskanida paxtani ochiq g‘aram maydonlarida saqlash 


33 

Download 8,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish