53
о‘rnatilgan 10-25-30 tonnali avtomobil tarozilarida tortib
olinadi va qabul qiluvchi,
uzatuvchi va g‘aramlovchi texnikalar yordamida tushirib olinadi.
4.2. Ombordagi chigitli paxtani pnevmotransport quvuriga uzatish
Paxta tozalash sanoatida chigitli paxtani g‘aramdan
tushirish va tushirilgan
chigitli paxtani, shuningdek, omborlardagi chigitli
paxtani pnevmotransport
quvuriga uzatish yoki avtotransportlarga yuklash eng kо‘p qо‘l mehnati talab
qiladigan ishlardan hisoblanadi.
G‘aramdagi va ombordagi chigitli paxtani pnevmotransport
quvuriga uzatish
RP-rusumli tushirgich-ta’minlagich yordamida bajariladi (24-rasm).
RBA va RP mashinalarining ishlash texnologik chizmasi о‘xshash bо‘lib, paxta
g‘aramini yuqoridan boshlab gorizontal о‘tish
usulidan iborat. G‘aram о‘pirilib
ketmasligi uchun 2-3 о‘tish bilan yuqori qatlam olinadi,
shundan keyin mashina
orqaga yuradi va tik qatlam butun g‘aram balandligi bo’ylab 800-850 mm kenglikda
buziladi. Paxtaning quyi yoki о‘rta qatlamlarini kavlash qat’iyan man qilinadi.
24-rasm. RP- rusumli g‘aram buzuvchi mashinasi
Paxtani usti yopiq omborlardan buzib olish va pnevmo-transport quvuriga
о‘zatish yuqoridagiga о‘xshash tizim bо‘yicha amalga oshiriladi (25-rasm).
54
Ishlab chiqarishga uzatish
25-rasm
.
RP- rusumli mashinada paxta g‘aramini buzish
1-paxta g‘arami; 2-paxta maydoni; 3-RP buzgich-ta’minlagich;
4-ulama transportyor; 5-pnevmotranport quvuri.
4.3.
Paxtani havo yordamida tashish vositalari, paxtani havodan ajratish va
tarkibidagi og’ir jismlarni ajratish usullari
Paxtani havo yordamida tashish qurilmasi (26-rasm) buzgich-ta’minlagich, 400
mm diametrli о‘zgaruvchan uzunlikdagi kо‘chma quvurlar uchastkasi (ishchi quvur),
toshtutgich, separator (2), sо‘ruvchi quvur (3), ventilyator (4), havo uzatish quvuri
(5), havo tozalagich siklondan (6) tashkil topgan.
AQSH paxta tozalash korxonalarida paxtani havo
yordamida tashish qurilmasi
27-rasmda keltirilgan.
55
26-rasm
.
Paxtani havo yordamida tashish qurilmasi
1.Diametri 400 mm.li ishchi quvur; 2.Separator SS-15A; 3.Sо‘ruvchi quvur;
4.Ventilyator; 5.Uzatuvchi quvur; 6.Siklon.
27-rasm
.
AQSH paxta tozalash korxonalarida paxtani havo bilan tashish qurilmasi
1.Paxta moduli; 2. Qoziqchali barabanlardan tuzilgan modul buzg‘ich seksiya;
3.Kо‘sak ushlagich; 4.Pnevoquvurlar; 5.Separator; 6. Avtosozlash-ta’minlagich;
7.Paxtani chiqaruvchi vakuum-klapan.
Paxtani havo yordamida tashish qurilmasida paxtani 125 m masofaga uzatilishi
mumkin. Paxta tolasi va chigit sifatini yaxshilash hamda chigitli paxtaga
aralashgan
Do'stlaringiz bilan baham: