266
Agressiv
Chayqovchili
k,
qo’yilgan
mablag’larni
tez ko’paytirib
olish
Yuqori
Katta bo’lmagan
emitentlar,
venchur
kompaniyalarinin
g
yuqori
daromadli
qimmatli
qog’ozlari ulushi
katta
Riskli,
lekin yuqori
daromadli
Nooqilona
xarakat
qiluvchi
Aniq maqsadi
yo’q
Kichik
Duch
kelgan
qimmatli
qog’ozlar
sotib
olinadi
Tartibsiz,naz
orat yo’q
Portfel investitsiyalarning bir necha turlari mavjud:
–
o’sish portfeli – narxi tez o’sayotgan qimmatli qog’ozlar to’plami;
–
daromad portfeli – yuqori va qatiy joriy daromadni ta’minlovchi qimmatli
qog’ozlar to’plami;
–
xatarli sarmoya portfeli – yangi, yosh korxonalarning qimmatli qog’ozlar
to’plami;
–
maxsus portfel – qimmatli qog’ozlarning ayrim guruhlarinigina o’z
ichiga
oladi;
–
aralash portfel – turli xildagi qimmatli qog’ozlar to’plami.
Portfel investitsiyalarni shakllantirishdagi asosiy maqsad tavakkalchilik bilan
daromadning investor uchun optimal nisbatiga erishish hisoblanadi. Optimallik
iloji boricha risk hisobiga yo’qotishlarni kamaytirish
va eng yuqori daromadlilik
bilan xarakterlanadi. Riskni minimallashtirishga ko’pincha diversifikatsiya, ya’ni
xilma-xil fond qiymatliklarini sotib olish hisobiga erishiladi. Bir turdagi qimmatli
qog’ozdan olingan past daromad boshqa turdagi qimmatli qog’ozdan
olingan
yuqori daromad hisobiga qoplanadi.
Investitsiyalar nazariyasining qoidalari quyidagicha:
267
-
investitsiya aktivlari turlari bo’yicha to’g’ri taqsimlanishi lozim;
-
muayyan turdagi qimmatli qog’ozga investitsiya riski foydaning
kutilayotgan darajadan farqlanishi ehtimoli bilan belgilanadi;
-
portfel nnvestitsiyalarning umumiy daromadliligi va riskni uning tarkibini
o’zgartirish orqali yaxshilash mumkin;
-
portfel nnvestitsiyalarni shakllantirishda
nazarda tutilayotgan barcha
mo’ljallar va mezonlar ehtimoliy xarakterda bo’ladi.
Investitsion faoliyat ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu
sarflangan moliyaviy resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni
ko’zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini inflyatsiya omilini,
tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda
investorlar har doim ham
kutilgan va rejalashtirilgan natijalarga erishmaydilar, buning asosiy sabablaridan
biri – riskning mavjudligidir. Investitsion faoliyatda risk –
bu investitsiyalarni
qisman yoki to’liq yo’qotish, kutilgan daromaddan kamroq yoki ko’proq foyda
olish, kelgusida ko’zlangan maqsadlarga erisha olmaslik ehtimolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: