EZILISH SINDROMI
Oyoq - qullar tananing boshqa qismlari yumshoq tuqimalarninig zilzila
vaqtida, bosib qolishda va boshqalarda uzoq muddatgacha turli narsalar
(daraxt, toshlar, beton plitalar, uta og`ir buyumlar va hokazo) ostida
bosilishi oqibatida yuz beradigan ma`lum simptomlar kompleksi e
z i l i sh sindromi deyiladi. yoki shikastlanish taksikozi deyiladi. Bunda
muskullar teri osti yog` kletchatkasi tomirlar va nervlar suyaklar
majaklanadi va sinadi.
Uzoq vaqt ezilish natijasida muskullar va boshqa tuqimalar qonga
yolchimay qoladi natijada bu tuqimalarda nekroz boshlanib tuqimalar o`la
boshlaydi va uzidan zaharli moddalar ajratadi. So`ng to`qimalarda
yig`ilgan toksinli moddlar, shuningdek og`riq impulslari oqimi organizmga
tushadi va shokni eslatuvchi klinik manzarani keltirib chiqaradi.
Ezilish sindromining belgilari.
bemorning umumiy ahvoli dastlab ancha yahshi bo`ladi u umuman
beholligidan ezilgan joyi og`rishidan shikoyat qilmaydi. Oradan 6-8 soat
o`tgach shikastlangan oyoq- qo`lda shish paydo bo`ladi. Bu soxaning
terisi avalgiga qaraganda oqaradi, so`ngra qizg`ish- ko`kimtir tusga kiradi.
:erida ichi suyuqlikka to`la pufakchalar paydo bo`ladi , oyoq- qo`lini
qimirlatib bol`may qoladi. Bemorning umumiy ahvoli og`irlashadi. :ana
harorati 39 / 40 ga ko`tariladi. boshi qattiq og`riydi , qon bosimi avvaliga
ko`tarilib keyin tushadi pulsi tezlashadi , buyrak ishi buziladi , oldin siydik
ajralishi kamayadi so`ngra siydik umuman ajralmay qoladi – anuriya.
KUYISH deb, tuqimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddlar, elektr
toki, nur energiyasi ta`sirida kelib chiqqan jarohatga aytiladi. Kuyishlar
turlari qo`yidagilar:
termik: - issiq suvdan, olovdan, cho`g`dan, bug`dan
kimyoviy:- kislota va ishqorlardan , uksus essentsiyasidan
nur energiyasi va elektr tokidan
Kuchli kuyishlarda bemorda jiddiy umumiy buzilishlar kuzatiladi va
kuyish kasalligi rivojlanadi.
Utkir kuyishda kasallikning kechishi shok, toksemiya, septiko - toksemiya
va rekonvalestsensiya davrlari farq qiladi.
SHOK davri - kuyishda travmatik shokni eslatadi, biroq u organizmni
yaqqol intoksikatsiyasi va plazma yuqotilishi hisobiga birmuncha og`ir
kechadi. :ravmatik shokdagi singari bemor erektil bosqichida qo`zg`algan
bo`ladi , qon bosimi oshib, pulsi tezlashadi.
:optid bosqichida hayotiy jarayonlar keskin pasayib ketadi: bemor
harakatsiz, tana harorati va qon bosimi pasaygan , terisi oqargan, yuz
qoyifasi jiddiylashgan, akrotsianoz paydo bo`ladi. Siydik ajralishi kamayib,
to`liq anuriyaga boradi.
toksemiya davri- kuyishdan keyin bir necha soat utgach boshlanadi.
Kuygan yuzada kup miqdorda plazma yuqotilishi bilan birga zaharli
moddalarning surilishi boshlanadi. Bu davrda bemorning ahvoli nihoyatda
og`ir, harorati juda yuqori, ishtahasi va uyqusi buzilgan, qusadi, ichi
kelmaydi. Qon quyuqlashgani sababli gemoglabin va eretrotsitlar miqdori
kupayadi. Siydikda eretrotsitlar va oqsil silindrali paydo bo`ladi.
Septiko – toksemiya davri- kuygan yuzada infeksiya rivojlangandan keyin
kuzatiladi. Kuygan yuza ko`p yiringli suyuqlik bilan qoplanadi. Harorat
kutarilib ketadi, yotoq yaralar yiringli metastazlar hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |