345
Liberal rahbar
-
bu rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan
mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po`pisa bo`lmaydi,
uning o`rniga ko`pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilangina cheklanadi,
holos. Jamoada hamkorlik yo`q. Boshliq jamoaning muammolarini ishning baland-
pasti bilan qiziqmaydiganday, go`yoki boshqa «koinotda» yurganga o`xshaydi. Aniq
ko`rsatmalar bermaydi. Uning o`rniga norasmiy liderlar yoki o`ziga yaqin kishilar
orqali qilinishi lozim bo`lgan to’shiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy
vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaxshilash, ishdagi
kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli mahsulotlar, xomashyo kabilarni topib kelish,
majlislarda qatnashish va xokazolardan iborat.
Xodimlar bilan muloqotda bo`lishga to`g`ri kelganda, u doimo xushmuomala
bo`lib, odob-axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular
bilan tortishmaydi. Olimlarning fikricha, bunday rahbar ishi olib borgan jamoada
barcha ko`rsatkichlar doimo orqada bo`ladi. Liberal rahbar bir ishda ko`p faoliyat
ko`rsatmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi.
Ushbu usullarning har biri o`z natijasiga ega bo`lib, jamoada turli xil ijtimoiy-
psixologik kayfiyatni vujudga keltirishi mumkin.
Tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatadiki, aslida hayotda sof demokratik yoki sof
avtoritar rahbarni uchratish qiyin. Lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq
muddat boshqara olmasliklari ma’lum bo`ldi. Shuning uchun ham ular vaziyatga
bog`liq, vaziyat konkret jamoa unda qabul qilingan xatti-harakat normalari,
shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish taktikasi va
uslubini belgilaydi degan g`oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik uslublarini
psixologik mazmun va mohiyatini, bilishning amaliy ahamiyati shundaki, har bir
uslubda o`ziga xos ijobiy tomoni bor. Mohir rahbar o`zini-o`zi tarbiyalar ekan, o`zi
rahbarlik qilayotgan jamoaga mos xususiyatlarni tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki ayrim
hollarda xato qilsa ham rahbar original fikrlar aytib, yo`l-yo`riqlar ko`rsata olishi,
har bir ko`rsatilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Har qanday
rahbar uchun kerak bo`lgan hislatdan yana biri tom ma’noda «ziyoli» bo`lish yoki
boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo`lishdir. Rahbar o`zidagi madaniyatni,
avvalo, muomalada, odamlar bilan bo`ladigan muloqotlarda namoyish qilmog`i
kerak. Muomala madaniyati – bu o`rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish madaniyati
va ikkinchi tomondan, suxbatdoshni tinglash qobiliyatidir.
Rahbarlik va boshqarish ikki tarzdagi ijtimoiy hodisalardir.
172-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: