Idrok
tushunchasining yuqori bosqichi esa appertsentsiya deyiladi.
Appertseptsiya
-
idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari,
qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha
mazmuni bilan belgilanishidir.
Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokining mazmuni bilan bir-
birlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o’zini
ilm saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga
asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar.
Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o’simliklarning moddiy asosi
sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko’rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan
qarindosh-urug’chilik shaklida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida idrok muayyan
164
David G. Mayers Psychology, © 2010 by Worth Publishers 279-280-b.
256
shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning,
biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar,
xususiyatlarni aks ettiradi.
Materialni muvaffaqiyatli idrok qilishning yana bir muhim sharti ko‘rgazmali
qurollardan foydalanishdir. Ikki ko‘rsatkich barmoqlaringizni ko‘zlaringizdan
chamasi besh duyum masafoda tuting va barmoqlaringiz orasi yarim duyum bo‘lsin.
SHu holatda barmoqlaringizga qarang va natijaga e’tibor bering. Endi
barmoqlaringizni uzoqroqqa siljiting. Bizning ko‘z qorachig‘larimiz biroz turlicha
tasvirda ko‘radilar. Miya bu ikki tasvirnisolishtirsa, ularni orasidagi farq ularning
tushunarsiz tengsizligini bildiradi.
115-rasm
Misol uchun, barmog‘ingiz bilan
buruningizni ushlab
barmog‘ingizga qarasanggiz,
tushunarsiz tasvir paydo bo‘ladi.
3D
ijodkorlari bir necha duyum masofada turgan kameradan tengsiz
tasvirlarni tasvirga olishdi. Tasvirni biz maxsus ko‘zoynak orqali ko‘rganimizda
chap ko‘zimiz chap kamerada olingan tasvirlarni ko‘radi, o‘ng ko‘zimiz esa o‘ng
kamerada olingan tasvirlarni ko‘radi. Tasvir ularni normal holatda ko‘rsatadi. Yoki
ikkala kamera bilan samolyotda er xaritasini
3D
orqali rasmga olganda u tasvir
ham bir xil holatda bo‘ladi. Qanday qilib biz odamning 10 metr yoki 100 metr
uzoqlikda turganligini aniqlay olamiz. Kampusning zinalari qoraga bo‘yalsa
uzoqroq ko‘rinadi, aksincha oq rang bilan bo‘yalsa u ancha yaqinroq bo‘lib
ko‘rinadi (13-rasm). Tasvirni pastga teskariga o‘zgartirsak qora ranglar erga
aylanadi. Agar o‘lchamni biz ikkita bir xil o‘lchamdagi ob’ekt deb solishtirsak,
ko‘plab odamlar uzoqda turgan ob’ektni kichkinaroq deb idrok qilishadi. Tasvir
boshqa ob’ektlar orasida bo‘lsa ya’ni biz ko‘rayotgan tasvir boshqa biron tasvir
bilan to‘sib (bloklab) qo‘yilsa u bizga ancha yaqin ko‘rinadi va biz uni shunday
idrok qilamiz. Bu holat ushbu rasmdagi manzarani yaratadi.
165
116-rasm
165
David G. Mayers Psychology, © 2010 by Worth Publishers 282-b.
257
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish
analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning
eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan iborat idrokning
psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |