Ijtimoiy psixologik treninglarni tashkil etishda
t
rener birinchi navbatda nima
haqda o‘ylashi lozim? Eng avvalo mavjud guruhning motivatsiyasi, guruhdagi har
bir ishtirokchining motivlari haqida bilishga harakat qilishi lozim.
O’rgnaish bilan band bo’lmagan yoki boshqa talabalardan oldinroq
topshirirqlarni bajarib bo’lgan talabalarga nisbatan ma’lum usullarni qo’llayman.
1) oldingi topshiriqni bajarib bo’lgan talabalar uchun topshiriqlar ketma-ketligini
shakllantirib qo’yaman. 2) talabalar topshiriqlar bilan bandligiga ishonch hosil
qilish uchun auditoriya bo’ylab yurib ularni kerakli mashg’ulot bilan
shug’ullanayotganliklarini tekshiraman. 3) topshiriqlar uzoq vaqt talab qilmasligiga
hamda muddatlar aniqligiga e’tibor qarataman. 4) o’qitish jarayonini samarali
bpshqarish maqsadida talabalar topshiriqlarga javob berish uchun ma’lum muddat
belgilab, ularni qiziqishlarini so’ndirmaslikka harakat qilaman. Masalan, guruhdagi
talabalarni 3 kichik guruhlarga ajratib, kichik guruhlarning har biridan javob talab
qilaman. Talabalar berayotgan javob yoki savollarni qolganlar ham eshitib,
tushunishlari uchun qaytarib aytaman.
(Matt Davies, Aston Universiteti)
156
Treningni birinchi kuni ishtirokchilarning joylashuvi bilan boshlanadi.
Trenerning o‘zi stullarni doira shaklida qo‘yishga boshlaydi, guruh esa unga yordam
beradi. SHu holatning o‘zidayoq ishtirokchilar haqida dastlabki ma’lumotni olish
mumkin: kimdir faol yordam beradi - stollarni chetga suradi, bir yo‘la bir nechta stul
ko‘taradi, tez-tez harakat qiladi, kimdir boshqalarning harakatini shunchaki kuzatib
turaveradi, ba’zilar o‘zini go‘yoki nimadir bilan banddek ko‘rsatib turadi.
Mashg‘ulot o‘tkaziladigan joy shinam, keng, erkin harakatlanishga
mo‘ljallangan, stullar bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Xonada ishtirokchilarning
orasiga to‘siq bo‘ladigan ortiqcha jihozlar (ortiqcha stol, stullar) bo‘lmasligi kerak.
Guruh a’zolari doira shaklida o‘tiradilar. Doira shaklida o‘tirishning afzalligi
shundaki, hamma ishtirokchilar bir-birining borligini his qilishi va bir-birini ko‘rib
turishiga imkoniyat bo‘ladi. Bu esa ishtirokchilarda ishonch, qiziqish, diqqat kabi
xususiyatlarni vujudga keltiradi. Shuningdek, boshlovchi va ishtirokchilar orasida
erkin muloqot qilish imkoniyatini yaratadi. Ayniqsa, bolalar guruhi bilan ishlaganda
155
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 77.
156
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 63.
Do'stlaringiz bilan baham: |