“seminarning boshidan oxirigacha qatnashish” qonuni.
Bu
ishtirokchilarda mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan tamoyildir.
“ixtiyoriylik” qonuni.
Seminarda o‘z mulohazalarini bayon qilish,
munozaralarda, o‘yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi
mumkin.
“vaqtni tejash – sarishtalik” qonuni.
Guruh ishtirokchilari trening
mashg‘uloti davomida gaplarini imkon qadar qisqa, lo‘nda ifodalashi, mavzu
doirasidan chetga chiqib ketmasligi lozim.
232
“shaxsni baholamaslik” qonuni.
Har bir ishtirokchi o‘z fikr-
mulohazalarini, hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va
qolgan ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari kerak va
so‘zlovchining o‘sha paytdagi xulq-atvori, hatti-harakatini baholashdan qochishlari
kerak. M: “o‘sha paytda siz jahlga berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak
edi”. Buning o‘rniga bunaqa vaziyatda men bunday qilardim yoki deyardim kabi
variantlarda so‘zlashish yoki fikrini bildirish so‘raladi.
Ishtirokchilar bir-birlariga do‘stona munosabatda bo‘lishi, bir-birlarining
hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak (M: ketishi kerak bo‘lib qolsa, albatta
boshlovchini ogohlantirishi va aksincha).
Bundan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlab o‘tilishi
shart:
birovning fikrini umuman noto‘g‘ri deb hisoblagan yoki unga qo‘shilmagan
taqdirda ham uni to‘xtatib qo‘yish yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi
yo‘q;
ishtirokchilar bir-birini masharalashi yoki g‘ururiga tegadigan gaplar aytishi
mumkin emas;
ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli
bo‘lsa, javob bermaslik huquqiga ega;
boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati yaratilishi
shart. lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, ya’ni
boshlovchining shaxsiyatiga tegish kabilarga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanishi
kerak.
Malakalarda ta’lim markazini yoki bilimni egallash va yetkazib berish uchun
kerakli qobiliyatlar ko’lamini tartibga sololmas ekanmiz, bilim yoki amaliyot majmui
ta’rifning boshqa hajm va tartibga solinmasligi ham hayratlanarli emas. Bu qo’pol
va ko’ngilni qoldiruvchi hamdir. Agar biz san’at, gumanitar va ijtimoiy fanlarni
o’qitish va o’rgatishning asosiy jihatlarini tushunishimiz shart bo’lsa, bu masalani
tushunish muhimdir. Butun bilim doirasida, bu fanlar davomiy qayta izohlash va
qaytarishga taaluqlidir. Shuning uchun “shug’ullanish” so’zi ishlatilgan. Bu fanlar
o’qitish va ta’lim o’rtasidagi muqobil munosabatlarni barbod qilganidek, bilim yoki
tushunishning ikkilanishini, yoki an’anaviy grammatikani barbod qiladi.
154
Me’yorlarni mashg‘ulot o‘tkazishdan avvalroq katta qog‘ozga yozib, xonaga
osib qo‘yish yoki guruh a’zolari bilan birgalikda «Fikriy hujum» usuli orqali
aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq. Bu birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi.
Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu
tamoyilga xayrixohligi yoki noroziligini izohlashini so‘rash lozim. Tamoyillarni
tasdiqlashni ovozga qo‘yish kerakmas. Agar kimdir guruhning fikriga norozi
bo‘ladigan bo‘lsa, uni ko‘ndirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi
lozim bo‘ladi. Chunki uning fikrini inobatga olmaslik - guruhdagi psixologik iqlimga
salbiy ta’sir etishi aniq. Ya’ni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati
154
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 299.
233
paydo bo‘ladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davomida minus holatlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari unda ruhiy tushkunlik, o‘z-o‘zini
baholashning pasayishi ehtimolini tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |