Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

1.
 
Bilish jarayonlari. Diqqat 
to’g’risida tushuncha, 
uning turlari. 


240 
chiqara olamiz. Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining 
asosiy sababi - odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o‘zi uchun 
«ahamiyatsiz» deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, eslab qolmaydi ham. U 
o‘z ongida barcha mavjud ma’lumotni o‘ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o‘zgartiradi. 
SHuning uchun ham har bir inson o‘ziga xos – individualdir. Bilish jarayonlaridagi 
individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan 
tanishamiz. Har qanday masalani yoкi hayotiy muammоni еchish кishidan mazкur 
masalaning mоhiyatiga, haraкat uslubiga diqqatni to’plash va qaratilishni talab 
qiladi. Insоn psiхiк faоliyatida diqqat alоhida o’rinni egallaydi. Diqqat o’zi mustaqil 
psiхik jarayon bo’lmasada, insоn psiхiк faоliyatining barcha sоhalarida ishtirок 
etadi. Diqqat оngning zarur оb’екtga yo’naltirilishi va qaratilishida, ayni paytda 
bоshqa narsalarga chalg’imasliкda ifоdalanadi. 
Diqqat
- shaxsning faolligini hamda uning obyektiv borliqdagi predmet va 
hodisalarga tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining 
moslashtiruvchi vazifasi namoyon bo’ladi. Agar diqqat bo’lmasa, odamda aniq 
maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo’lmaydi. 
Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo’ljal olish imkonini beradi. 
Bunday sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli 
ravishda kechishini va uning sermahsul bo’lishini ta’minlaydi. Har qanday 
masalaning va har qanday hayotiy vazifaning hal qilinishi odamdan o’z diqqatini ana 
shu masalaning mazmuniga hamda uni bajarish uchun qilinadigan harakat usullariga 
qaratishni talab qiladi.Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli 
darajada farq qiladi. Uning o’ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi 
singari psixik faoliyatning mustaqil turi emas, balki boshqa psixik jarayonlarning 
uyushgan faolligidir. 
104-rasm 
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini 
muvaffaqiyatli amalga oshirishning va 
ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim 
shartlardan biridir. 
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-
harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish 
kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon 
emas.
Bizni o‘rab turgan ko‘p sonli qo‘zg‘qtuvchilardan tahlil uchun biz faqat ayrim 
qo‘zg‘atuvchilarni tanlaymiz. Ultrik Neysser va Robert Beklen ( Neisser and Beclen, 
1979) hamda Deniel CHervone (Cervone1983) buni o‘z tadqiqotlarida ko‘rsatib 
berishgan. Tadqiqot shundan iborat bo‘lganki, unda sinaluvchilarga 1 daqiqali 
video ko‘rsatilgan. Videoda 3 ta qora ko‘ylakdagi basketbol o‘yinchilari orqa 
qatorda esa 3 ta oq qo‘ylakli o‘yinchilar basketbol o‘ynayotganlari tasvirlangan. 
Sinaluvchilarg berilgan topshiriqqa ko‘ra qora ko‘ylakli o‘yinchilar koptokni bir-
biriga uzatgan paytlarida sinaluvchilar tadqiqot tugmachasini bosishlari kerak
edi. Shu bilan birga klip davomida basketbol o‘yinchilari o‘ynayotgan paytda 


241 
orada o‘yinchilar o‘rtasidan soyabonli bir ayol o‘tib ketadi. Sinaluvchilarning 
aksariyati berilgan topshiriqqa ko‘ra qora ko‘ylakli ishtirokchilarni shunchalik 
diqqat bilan kuzatishganki ayolni ko‘rmay qolishgan. Video sinaluvchilarga
qaytadan ko‘rsatilib, soyabonli ayol o‘yinchilar orasidan o‘tganligi aytilganda 
sinaluvchilar o‘zlari ayolni ko‘rmay qolganliklaridan hayratda qolishgan.
157
 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish