Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


Ijtimoiy-psixologik treningning metodik talablariga quyidagilar kiradi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

Ijtimoiy-psixologik treningning metodik talablariga quyidagilar kiradi:
1.
O`quv jarayonida guruhda tashkil etilgan muloqot orqali guruhiy jarayon 
yoki holatlardan individual holatlarga, ya’ni har bir ishtirokchining o`z shaxsiy 
“Meni” ni tushunishga olib kelish lozim. Chunki munozara yoki o`yinlar jarayonida 
ishtirokchilar vaziyatni yoki rolni faol o`zlashtirib, har bir holatdan o`zi uchun 
xulosa chiqarishga olib kelish zarur, yoki bo`lmasa, interpsixik jarayondan 
intrapsixikka aylanishi kerak. 
2. 
T-guruhlarda muloqotning nutq shakllaridan tashqari, uning nutqsiz-
noverbal shakllari ham keng qo`llanilishi, ya’ni har bir o`rganuvchi o`z xulq-atvorini 
verbal nazorat qilishdan tashqari, o`z tanasi, har bir harakat, ritmning mohiyatini 
ham tushungan holda uni hayotda, amalda ishlatishiga erishish zarur.


238 
3. 
T-guruhning har bir ishtirokchisi albatta o`z-o`zini kuzatish kundaligini 
yuritmog`i, unga har galgi mashg`ulotdan so`ng o`z his-kechinmalari, muammolarni 
yechishdagi shaxsiy ishtiroki, tasavvurlari va boshqalarni odilona yozib borishi ham 
muhimdir. 
4.
T-guruhga a’zo bo`lish ixtiyoriy bo`lganligi uchun ham uning har bir a’zosi 
mashg`ulotlarni sira ham qoldirmaslikka harakat qilishi zarur, chunki bu narsa o`quv 
guruhining muhitiga, a’zolarning o`zaro munosabatlariga bevosita ta’sir qiladi. 
5. 
Mashg`ulotlar maxsus xonalarda, shovqin-surondan holi yerda tashkil 
etilishi va did bilan bezalgan, shinam bo`lmog`i lozim. 
6.
T-guruh a’zolari mashg`ulotlarga o`zlari uchun qulay kiyimlarda kelishlari 
lozimki, bu narsa boshqalarda ham, o`zida ham ortiqcha hissiyotlarni tug`dirmasligi 
kerak. 
7
. Instruktor yoki shu mashg`ulotlarni o`tkazuvchi trenerga alohida e’tibor 
berish zarur. U o`zi maxsus tayyorgarlikdan o`tgan, xushmuomala, did bilan 
kiyingan, har bir mashg`ulotga ataylab tayyorgarlik ko`rish imkoniyatiga ega bo`lgan 
shaxs bo`lishi lozim. U o`z kayfiyati, munozara yoki o`yinga shaxsiy munosabati 
bilan mashg`ulotning tabiiy kechishiga xalaqit bermasligi, sabr-toqatli, madaniyatli 
bo`lishi zarur. Afsuski, T-guruhlar ayrim hollarda yirik shaharlardagi yirik sanoat 
korxonalari rahbarlarini muloqotga tayyorlash, mashul shaxslarni qayta tayyorlash 
kurslarida, psixologlar davrasidagina o`tkazilmoqda. Vaholanki, muloqotdagi 
bilimdonlikka erishish, “ijtimoiy aql”ga ega bo`lish barcha mutaxassislarga zarur.
Amaliy psixolog xoh maktabda bo`lsin, xoh sanoat korxonasi yoki boshqa 
idora va o`quv yurtida bo`lmasin, mahalliy sharoitni chuqur o`rgangan holda, u 
yerda rahbariyat bilan kelishilgan holda T-guruhlari tashkil etmog`i va shu yo`sinda 
ham o`zining, ham atrofdagilarning bilimdonligini oshirib bormog`i zarur.
Muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan 
turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish 
jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, o`qish, 
o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z 
ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishini, bir-
birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab 
hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan 
o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, orttirgan obro`si uning muloqotga kirisha olish 
qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir.

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish