Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Bretton Vuds tizimining barham topishi (1968 – 1971 yy.)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
Bretton Vuds tizimining barham topishi (1968 – 1971 yy.) 
Yevropada dollar massasining ortib borishi va AQShda oltin 
zaxiralarini kamayishi, London va Syurixdagi erkin oltin bozorlarida 
oltinning unsiyasi uchun belgilangan 35 dollar narxni ta’minlab turish 
AQShga qiyinchiliklar tug‘dira boshladi. Mamlakatlar o‘rtasida 
Bretton – Vuds tizimining qoidalari kelishilganda ushbu narx 
(oltinning bir unsiyasi uchun 35 dollar) butun tizimning asosini tashkil 
etgan.
Amerika fuqarolariga 1934 yilda oltinga egalik qilish 
ta’qiqlangan bo‘lib, boshqa davlat fuqarolari oltin quyma va oltin 
tangalarga qonuniy egalik qilishi mumkin bo‘lgan. Ularning dollarni 
oltin bilan so‘ndirish imkoniyati faqat erkin bozorda 35 dollarga 
sotish orqali amalga oshirilgan. Amerikadagi inflyatsiya darajasining 
o‘sishi, dollarning yanada qadrsizlanishi natijasida AQSh to‘lov 
balansidagi kamomad o‘sdi, oltinga egalik qilgan fuqarolar esa erkin 
bozorda faol ravishda oltin xarid qilar edi. O‘z navbatida AQSh, 
London va Syurix erkin oltin bozorlaridagi oltin narxini belgilangan 
miqdorda ushlab turish uchun qisqarib borayotgan oltin zaxirasidan 
berishga majbur bo‘ldi.


334 
Erkin oltin bozoridagi dollarga bo‘lgan ishonchsizlik, 1968 
yilning mart oyida AQSh tomonidan mavjud pul tizimga 
o‘zgartirishlar kiritishiga olib keldi. Ya’ni, amaldagi tizimni saqlab 
qolish maqsadida, oltinni erkin bozordagi faoliyatini to‘xtatish zarur 
degan xulosaga keldi. Shunday qilib, “ikki pog‘onali oltin bozori”: 
oltinni erkin bozori – mustaqil va mamlakatlar Markaziy banklarining 
oltin hisob – kitoblari – mustaqil faoliyat yurita boshladi. AQSh 
taklifiga binoan oltinning erkin bozor bahosini belgilangan 35 dollar 
miqdorida xarid qilinishi rad etildi. Shu bilan birga, barcha davlatlar 
oltin unsiyasi uchun 35 dollar miqdorni abadiy belgilangan narxda 
bo‘lishiga kelishib oldi.
Mamlakat Markaziy banklari va Hukumatlari “tashqi” (erkin) 
bozordan oltinni sotish va sotib olishdan bosh tortdi, natijada oltin 
Markaziy banklar o‘rtasidagi hisob – kitoblarda hisob birligi (1 unsiya 
= 35 doll) sifatida qo‘llanila boshladi. Oltinning erkin bozori ham 
umumiy pul tizimiga aloqasi bo‘lmagan holda rivojlandi.
Ikki pog‘onali oltin bozorining parallel ravishda amal qilishi, 
AQShni yangi zaxira qog‘ozlarini joriy etish to‘g‘risidagi fikrini ilgari 
surdi va maxsus huquq beruvchi birlik (SDR)ni muomalaga kiritish 
masalasi ko‘rildi.
94
Amerika bunday birlikni kiritish orqali oltinning o‘rnini 
bosuvchi yangi qog‘oz pul shaklidagi jahon valyutasini joriy etish 
bo‘lgan. SDRni amaliyotga joriy etish va uni emissiya qilish huquqini 
Jahon banki ixtiyoriga berish rejalashtirilgan edi. SDRni joriy etish va 
uni jahon valyutasiga aylantirish xususida, ilgari surilgan tizimni 
barpo etish orqali AQSh boshqa davlatlar bilan birlashgan holda pul 
taklifini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘lar edi. Bu tizimni joriy 
etish, albatta dunyo iqtisodiyotining izdan chiqishiga jiddiy xavf 
tug‘dirdi.
SDR amaliyotini tarqalishiga qarshilik ko‘rsatayotgan G‘arbiy 
Yevropa va qattiq valyutaga ega bo‘lgan mamlakatlar AQSh valyuta 
zaxiralarining sezilarsiz miqdorini tashkil etgan.
Qog‘oz pullar nazariyasini qo‘llab – quvvatlagan Milton Fridman 
ham o‘z qarashlarida jahon valyuta tizimidan oltinni butunlay bekor 
bo‘lishini ilgari surgan. Ya’ni, Bretton – Vuds tizimi joriy etilganda, 
AQShning yetakchi ekspertlari sanoatda dollarga talab ortishi 
natijasida oltin narxini 10 dollargacha pasayishini taxmin qilishgan. 
94
Special drawing rights. 


335 
Lekin, ushbu tizimni mukammal ishlashi uchun dollar inflyatsiyasini 
belgilangan me’yorda saqlash lozim edi. 1973 yilning boshlariga kelib, 
oltinning bir unsiyasi 125 dollargacha ko‘tarildi.
Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, AQShning taklifiga asosan 
ikki pog‘onali oltin bozorining yaratilishi, Bretton – Vuds tizimining 
faoliyat yuritish muddatini bir necha yilga cho‘zishga xizmat qildi. 
Chunki, inflyatsiyaning o‘sishi oqibatida Amerikaning to‘lov balansi 
kamomadi ortib, oltin zaxiralari qisqarib bordi. Yevropa Markaziy 
banklari hisobvaraqlarida esa, “yevrodollar”lar miqdori ortib bordi. O‘z 
navbatida erkin oltin bozorida dollar massasini ortishi, oltin narxini 
ortishiga va dollarga bo‘lgan ishonchsizlikni ortishiga olib keldi. 
Endilikda, oltinga egalik qilgan shaxslar, uni sotishdan voz 
kechayotgan edi. Bu o‘z navbatida avvaliga erkin oltin bozori 
faoliyatini, keyinchalik Bretton – Vuds tizimini batamom to‘xtashiga 
olib keldi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish