Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Oltin quyma va oltin deviz standarti (1926 – 1931 yy.)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

Oltin quyma va oltin deviz standarti (1926 – 1931 yy.) 
Birinchi jahon urushi natijasida jahon valyuta tizimi inqirozga 
uchragan edi. Urushdan keyingi davrga kelib, mamlakatlararo valyuta – 
pul tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida oltin standartini joriy qilishning 
imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. O‘sha davrda 
yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etar ediki, Yevropa mamlakatlari 
pullarini oltinga nisbatan qadrsizlanishidan kelib chiqib, valyuta kurslari 
o‘rtasidagi nisbatni pul taklifi va narxlar darajasiga bog‘liq ravishda 
qaytadan o‘rnatish kerak edi. Chunki, agar urushdan oldingi davrda funt 
sterling 4,86 dollarga teng bo‘lgan oltin birligiga ayriboshlangan bo‘lsa, 
urush so‘ngida inflyatsiya oqibatida valyuta bozoridagi funt sterlingning 
kursi 3,50 dollargacha tushib ketdi. Boshqa davlatlarni pullari ham shu 
tariqa qadrsizlangan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya oltin 
standartiga qaytadigan bo‘lsa, funtning haqiqiy qiymati 3,50 dollar 
nisbatida belgilanishini talab etar edi. O‘z navbatida oltin standarti amal 
qilishi uchun barcha davlatlar ushbu holatga rozi bo‘lishi kerak edi. 
Lekin bu borada mamlakatlarning bir to‘xtamga kelishi qiyin bo‘ldi. 
Masalan, Buyuk Britaniyaning kamchiligi shunda ediki, nafaqat oltin 
standartini qayta tiklash, balki funtning avval amalda bo‘lgan 4,86 dollar 
darajadagi kursiga qaytarish edi.
91
Buyuk Britaniyaning bunday siyosati dunyoning moliyaviy 
markazi bo‘lgan Londonning obro‘sini saqlashga qaratilgan edi. Buni 
amalga oshirish uchun Buyuk Britaniya eng avvalo pul taklifini 
kamaytirish va tovarlar narxini pasaytirishga erishishi kerak edi. Lekin, 
funt kursi 4,86 dollarga tenglashgan holda Buyuk Britaniya 
tovarlarlarini jahon bozoridagi narxi ortib raqobatbardoshligiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatar edi. Kasaba uyushmalari ta’sirining ortishi va davlat 
tomonidan ishsizlik uchun nafaqalarni joriy qilinganligi pul taklifini 
kamaytirish imkonini bermas edi. Deflyatsiyani amalga oshirish (pul 
taklifini kamaytirish bilan aholi nominal daromadlarini pasaytirish) 
uchun Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga asoslangan davlat qurish 
nazariyasidan voz kechishi yoki ayrim “ijtimoiy kafolat”larni 
muzlatishi kerak edi. Buning o‘rniga Buyuk Britaniya ijtimoiy 
himoyaga asoslangan davlat dasturlarini bajarish maqsadida pul 
taklifini yanada orttirib bordi, o‘z navbatida inflyatsiya darajasi ham 
o‘sib bordi.
91
О принципиальной ошибке Великобритании и ее последствиях, приведших к депресии 1929 г. 
см.: 
Robbins L 
. The Great Depression. New York: MacMillan, 1934.


328 
Yigirmanchi asrning 20 yillarga kelib, Buyuk Britaniyada 
inflyatsiya va ishsizlik darajasi yuqori nuqtaga kelgan, mamlakat 
eksport hajmi ham tushib ketgan edi. Bu davrda boshqa Yevropa 
davlatlarida iqtisodiy o‘sish kuzatilayotgan edi. Shuning uchun Buyuk 
Britaniyada qabul qilingan qarorlardan voz kechmagan holda yuzaga 
kelgan vaziyatdan chiqish muammosi ko‘ndalang turgan edi. Shu 
maqsadda 1922 yili Genuya shahrida bo‘lib o‘tgan konferentsiyada 
Buyuk Britaniya yangi pul standarti bo‘lgan oltindeviz standartini 
taklif qildi.
Dunyo mamlakatlari ichida AQShda klassik oltin standarti 
saqlangan bo‘lib, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari 
1926 yilga kelib klassik oltin standartiga tenglashtirilgan yangi pul 
tizimiga o‘tishdi. Unga ko‘ra Britaniya funti va boshqa valyutalar oltin 
tangalarga emas, balki faqatgina yirik tashqi savdoni amalga 
oshiruvchilar uchun oltin quymalarga ayriboshlanar edi. Buyuk 
Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari fuqarolari kundalik hayotda 
oltin tangalardan foydalana olmas edilar. Bu bank kreditlarini va 
inflyatsiyani rag‘batlantirishga xizmat qilar edi. Yangi oltindeviz 
standartiga asosan Buyuk Britaniya funtni so‘ndirishda oltin bilan birga 
dollardan ham foydalanar, boshqa davlatlar esa o‘zlarining valyutalarini 
oltinga emas, funtga ayirboshlar edilar. Shu yo‘l bilan aksariyat 
mamlakatlarda milliy valyutalar kursi sun’iy oshirildi va oltin 
standartiga qaytishdi. Natijada oltinga asoslangan moliyaviy piramida 
tashkil topdi. Uning asosini qisman funt bilan ta’minlangan Yevropa 
mintaqasi valyutalari, qisman dollar bilan ta’minlangan funt, qisman 
oltin bilan ta’minlangan dollar tashkil etgan va bu “oltindeviz standarti” 
deb ataldi, dollar va funt esa “tayanch valyutalar” hisoblangan.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida pul taklifi hamda kredit hajmining 
ortishi hisobiga tashqi savdo balansda taqchillik yuzaga keldi. Bunday 
vaziyatda oltin standarti inflyatsiyani cheklashga xizmat qilmay qo‘ydi. 
Oltindeviz standarti Buyuk Britaniyaga milliy valyuta taklifini oshirish 
va inflyatsiya darajasini oshishiga sharoit yaratgan. Yevropaning 
boshqa davlatlari funtni oltin bilan qoplashni talab qilmas edi. Shu 
tariqa Yevropa va Buyuk Britaniyada inflyatsiya darajasi tobora 
chuqurlashayotgan, tashqi savdo kamomadi ortib borayotgan edi. 
Undan tashqari, Buyuk Britaniya mamlakatdan oltin va dollarni chiqib 
ketishini oldini olish maqsadida AQSh Federal zaxira tizimining dollar 
taklifini oshirishiga erishgan edi.


329 
Oltindeviz standartining alohida xususiyati shunda ediki, u uzoq 
muddat amal qilishi mumkin emas edi. Chunki ushbu moliyaviy 
piramidaning izdan chiqishi qochib bo‘lmas haqiqat bo‘lgan. AQSh, 
Fransiya 
va 
boshqa 
davlatlar 
iqtisodiyotida 
katta 
hajmda 
ta’minlanmagan Buyuk Britaniya funt sterlingi yig‘ildi. 1931 yilda 
Yevropa mamlakatlarida inflyatsiya darajasi yuqoriligidan Fransiya 
"qattiq pul" siyosatini olib bordi va Buyuk Britaniyadan iqtisodiyotda 
yig‘ilgan funt sterling o‘rniga oltin ayirboshlashni talab qilishi Yevropa 
banklarini bankrot bo‘lishiga olib keldi. Bu esa Buyuk Britaniyani 
butunlay oltin standartidan voz kechdi. Buning natijasida barcha 
Yevropa mamlakatlari o‘zini bankrot deb e’lon qildilar.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish