Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
Klassik oltin standarti (1815 – 1914 yy.) 
Jahon sivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi, dunyodagi 
turli mamlakatlar ijtimoiy – iqtisodiy hayot tarziga turlicha ta’sir 
ko‘rsatdi. Shu nuqtai nazardan XIX asrni tom ma’noda g‘arb 
sivilizatsiyasining oltin asri yoki klassik oltin standarti hukmronligi 
asri deyishimiz mumkin. Bu davrda muomalada oltin bilan birga 
kumush ham to‘lov vositasini bajargan, lekin mamlakatlar o‘rtasidagi 
hisob – kitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon mamlakatlari 
iqtisodiyoti oltin standarti ostida birlashgan edi.
Mamlakatda amal qilgan milliy valyutalar (dollar, funt, frank va 
h.k.) esa, faqatgina belgilangan oltin qiymatini o‘lchov birligi bo‘lib 
xizmat qilgan. Masalan, dollarning nomlanishi – 1/20 unsiya og‘irlikka 
teng bo‘lgan oltinni anglatgan, funt sterling nomi esa – oltinning ј 
unsiya og‘irligini anglatgan. Shundan kelib chiqib, ayirboshlash 
kurslari davlat ishtirokisiz qat’iy belgilangan baholarda amalga 
oshirilgan. Mamlakat milliy valyutalari o‘lchov birligiga bog‘liq 
ravishda bir – biriga doimo mos kelgan. Ya’ni, 1 funt (o‘lchov birligi) 


325 
doimo 16 unsiyaga, xuddi shunday 1 funt sterling (oltin o‘lchov birligi) 
4,86 dollarga teng bo‘lgan.
Xalqaro oltin standarti insonlarga juda katta imkoniyatlar 
yaratgan va butun jahonda amal qiluvchi universal pul vazifasini 
o‘tagan. AQShning rivojlangan va boy mamlakat darajasiga 
yetishining asosiy sabablaridan biri sifatida, dunyoning deyarli barcha 
davlatlarida dollarning to‘lov vositasi sifatida amal qilishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Buni iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat 
taqsimotida, 
xalqaro 
kapital 
oqimida, 
xalqaro 
ishchi 
kuchi 
migratsiyasida va boshqalarda ko‘rishimiz mumkin.
Shuni qayd etish joizki, oltinni erkin iqtisodiyotda amal qilishi, 
barcha tovarlarga erkin ayriboshlanadigan umumiy ekvivalent “maxsus 
tovar” sifatida tan olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning 
bu jarayonlardagi o‘rni unchalik katta emas. Chunki, oltinni 
muomalaga chiqishi davlat ixtiyori bilan emas, balki bozor talabidan 
kelib chiqib belgilangan. Xalqaro oltin standartining amal qilishi 
mamlakatda sun’iy inflyatsiyani yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymasligi 
bilan birga, mamlakat to‘lov balansining muvozanatini ta’minlagan. 
Mamlakatda pul taklifini ortishi mahalliy tovar va xizmatlar 
bahosining ortishiga olib keladi. O‘z navbatida aholining nominal 
daromadlari ortadi, bu esa importning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Chunki, import tovarlar bahosi mahalliy tovarlarga nisbatan ancha past 
bo‘ladi. Natijada mamlakatda eksportning hajmi importga nisbatan 
qisqaradi. O‘z navbatida mamlakat tashqi savdo balansida taqchillikni 
keltirib chiqaradi. Bu esa mamlakat oltin valyuta zaxiralarini 
kamayishiga olib keladi. Shu o‘rinda aytish joizki, bank depozitlarining 
sun’iy ravishda oshishi va bank tomonidan beriladigan kreditlar 
hajmining ortishi ham oltin – valyuta zaxiralarini kamayishiga olib 
keladi. Chunki, bu holda ham importerlar yoki bank mijozlari 
depozitlarni oltin miqdorida qaytarishni talab qiladilar. Shuning uchun 
mamlakatda pul taklifini kamaytirish va uning tegishli me’yorini 
saqlash lozim bo‘ladi. Pul taklifining pasayishi tovarlar narxini 
tushishiga olib keladi va shu tariqa bozorda narxlar muvozanati 
ta’minlanadi. Bu esa eksport hajmini oshirish ehtiyojini tug‘diradi va 
mamlakatga oltin oqimining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat 
o‘zaro savdo – iqtisodiy munosabatda bo‘lgan barcha davlatlarda 
narxlar muvozanati ta’minlangunga qadar davom etadi.


326 
O‘z davrida davlatning oltin standarti pul tizimini mustaqil amal 
qilishiga aralashuvi, uning samaradorligiga salbiy ta’sir qilgan va 
ushbu pul tizimining mukammalligidan qat’iy nazar inflyatsiya, 
retsessiya natijasida iqtisodiy siklning izidan chiqish holatlari yuz 
bergan. Oltin tangalarni zarb etish ustidan davlat nazoratini o‘rnatilishi, 
qonuniy to‘lov vositalarining davlat tomonidan belgilab qo‘yilganligi, 
qog‘oz pullarni joriy etilishi va inflyatsiyani rag‘batlantirilishi kabi 
yo‘nalishlar orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga harakat 
qilgan. Davlatning pul muomalasiga ta’sir etish choralarini joriy 
etilishiga qaramay, ushbu sohadagi o‘zgarishlar asosan bozor talabidan 
kelib chiqib amalga oshirilgan.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish