Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
19.3. Valyuta kursi va uning turlari 
 
Iqtisodiy adabiyotlarda valyuta kursi va uni aniqlash xususida 
juda ko‘p fikrlar va yondoshuvlar mavjud. Ular ko‘p holatda bir – biri-
ga mos kelmaydi. Buning asosiy sababi valyuta kursi haqida bildirilgan 
fikrlar turli georgrafik va ijtimoiy – iqtisodiy muhitda yaratilganligi 
bo‘lsa kerak.
Valyuta kursi bo‘yicha iqtisodchi olimlar tomonidan bildirilgan 
fikr va yondoshuvlarning umumiy mazmuni “
Valyuta kursi – bu bir 
mamlakat milliy valyutasining “bahosini” boshqa mamlakat pul 
birligida ifodalanishini”
anglatadi.
Valyuta kursi valyuta tizimining muhim elementlaridan biri 
hisoblanadi, chunki xalqaro iqtisodiy munosabatlar turli mamlakat-
larning milliy valyutalarini bir–biriga o‘lchashni taqozo etadi. Bu esa 
valyuta kursi orqali aniqlanadi. Turli mamlakatlar valyutalari bir – 
biriga taqqoslab bahosini aniqlash ishlab chiqarish va ayriboshlash 
jarayoniga asoslanib ularni obyektiv qiymat munosabatlari orqali 
amalga oshiriladi. 
Valyuta kursi fundamental va boshqa obyektiv–subyektiv omillar 
ta’sirida doimiy ravishda tebranib turadi, bozorda tovarlar va xizmatlar 
xajmining o‘zgarishi hamda pul tizimining ta’sirida valyutalar kursi 
aniqlanadi va uni aniqlash tartibi ham o‘zgarib turadi. 
Xalqaro amaliyotda valyuta kursining 
tartibga solib turiladigan 
va suzib yuruvchi 
usullari mavjud.
Tartibga solinadigan valyuta kursi nazariyasinin tarafdorlari 
valyuta kursini davlat tomonidan tartibga solish orqali uni mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirishning qo‘shimcha mexanizmi ekanligini 
ta’kidlaydi.
Frantsiya iqtisodchisi Dj. Mid, R. Mandellning fikricha xalqaro 
bozorlarda valyuta kursining doimiy ravishda o‘zgarishi milliy 
iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki davlat har doim ham 
undan samarali foydalana olmasligi mumkin, shuning uchun ham 
davlat milliy valyuta kursini iqtisodiyotning samarali rivojlanish 


341 
yo‘nalishidan kelib chiqib o‘zi belgilashi lozimligini ta’kidlaydi, 
Amerikalik iqtisodchi E. Birnbaum valyuta kursi davlatlararo tashkil 
etilgan xalqaro moliyaviy tashkilotlarning o‘zaro kelishuvi asosida 
o‘rnatilishi lozimligini ta’kidlaydi. 
Valyutaning suzib yuruvchi kursining nazariyasi tarafdorlari 
asosan neoklassik yo‘nalishdagi iqtisodchilar hisoblanadi. Jumladan, 
ularning qatoriga M. Fridmen (Chikago maktabining yo‘lboshchisi), F. 
Maxlup (Prinston universiteti), A. Lindbek (Stokgolm universiteti), G. 
Djonson (Chikago va London universitetlari), L. Erxard, G. Girsh, E. 
Dyurr (Germaniyaning Freyburg maktabi) va boshqalar kiradi.
Valyutaning suzib yuruvchi kursining qattiq valyuta kursidan 
quyidagi afzalliklari mavjud: 

mamlakat to‘lov balansini avtomatik tarzda tartibga soladi; 

mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy yo‘nalishlari bo‘yicha 
siyosatni tashqi aralashuvsizlar tanlash imkoniyatini beradi; 

valyuta savdosini rivojlanishiga keng imkoniyat beradi, 
bozordagi talab va taklif asosida kimdir yuttiradi kimdir esa yutadi; 

xalqaro savdoni rivojlanishini rag‘batlantiradi; 

valyuta bozori valyuta kursini davlatga nisbatan tez va aniqroq 
aniqlash imkoniyatini beradi. 
Har bir mamlakat valyuta kursining qanday usulini joriy etishni 
mustaqil hal etadi. Bunga qator omillar ta’sir etadi, jumladan, 
mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy holati, mamlakat bank tizimida pul –
kredit siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyotning barqarorligi 
va raqobatbardoshligi kabilar shular jumlasidandir. 
Valyuta kursining tartibga solinadigan usuli amaliyotda 
qo‘llanilganda milliy valyutaning kursi asosan Markaziy bank 
tomonidan o‘rnatiladi, valyuta kursining ushbu turi asosan iqtisodiyotni 
ma’muriy boshqarish sharoitiga xosdir. Bu sharoitda valyuta kursi 
mamlakat Markaziy banki tomonidan derektiv ko‘rsatilgan tarzda joriy 
etilib, tovar va xizmatlar bahosi ma’muriy usulda joriy etiladi. Bunday 
sharoitda, asosan milliy valyutalar boshqa mamlakat valyutasiga erkin 
ayirboshlanmaydi. 
Valyuta kursining suzib yuradigan turi, bozor iqtisodiyoti 
sharoitidagi tovar – pul munosabatlarida keng joriy etilib, bunda milliy 
valyutalarning xorijiy mamlakatlar valyutasiga nisbatan kursi talab va 
taklif asosida o‘rnatiladi. 


342 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish