Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
 
XX BOB. XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI,
ULARNING MAQSADI VA FUNKSIYALARI 
 
 
20.1. Xalqaro moliyaviy institutlarining
umumiy xarakteristikasi 
Xalqaro valyuta – kredit va moliya munosabatlarining institute-
sional tuzilishi o‘z ichiga ko‘plab halqaro moliyaviy tashkilotlarni 
oladi. Ularning ayrimlari yirik moliyaviy resurs va katta vakolatlarga 
ega bo‘lib, dunyo iqtisodiyoti va moliya – kredit jarayonlarida bevosita 
va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo moliyaviy 
masalalarni muhokama etish, moliya – kredit siyosati bo‘yicha 
tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko‘rsatish 
bilan shug‘ullanadi. Yana boshqalari axborot yig‘ish, muhim valyuta – 
kredit va moliya muammolari va umuman, iqtisodiyotda statistik va 
ilmiy – tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.
Bu institutlarning asosiy maqsadi – xalqaro va mahalliy ijtimoiy – 
iqtisodiy doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama – 
qarshiliklarni bartaraf etish, yumshatish hamda ularning o‘zaro ham-
korligini ta’minlashga qaratilgandir.
Dunyoda global ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro moliyaviy ins-
titutlar tarkibiga, BMTning xayrxohligida tashkil etilgan, ixtisos-
lashtirilgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ), Jahon banki guruhi, 
Butunjahon savdo tashkiloti kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro mo-
liyaviy institutlar Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning faoliyati 
bilan bog‘liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy masalalarni hal etishda 
bevosita ishtirok etadi. 
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi – iqtisodiy kengash – 
Yevropa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy ko-
missiya tuzgan. Osiyo va Lotin Amerikasi komissiyalari Osiyo 
taraqqiyot banki (OTB) va Amerikalararo taraqqiyot banki (ATB)ni 
tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus jamg‘armalar bu 
tashkilotlarni to‘ldirib turadi. 
«Marshall rejasi»ning amalga oshirilishi munosabati bilan 1948 
yilda tuzilgan Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti, keyinchalik 


358 
Yevropa to‘lov ittifoqining tashkil etilishiga yo‘naltirilgan (1950 – 
1958 yillar), 1960 yilda esa iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish 
tashkilotiga (IXTR
99
, Parij) almashtirilgan. Hozirda bu tashkilot o‘z 
ichiga 32 mamlakatni oladi, uning vazifalariga – tashkilotga a’zo 
mamlakatarda iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish, moliyaviy barqaror-
likka qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, xalqaro savdoni rivojlantirish, 
diskriminatsion qarama – qarshiliklarni cheklash, rivojlanayotgan 
mamlakatlarga yordam ko‘rsatish kabilar kiradi IXRT ramkasida 100 
ga yaqin qo‘mita faoliyat kursatadi. 
Ularning tarkibiga Noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadlarni 
legallashtirishga qarshi kurash gruppasi (FATF) ham kiradi. Bu 
tashkilot 1989 yilda tashkil etilgan va IXRTga a’zo mamlakatlar bilan 
hamkorlikda noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash 
ishlarini amalga oshiradi.
IXRTning maqsadi – erkin savdoga, yosh davlatlarning rivoj-
lanishiga, a’zo mamlakatlarni iqtisodiy rivojlantirishga va moliyaviy 
barqarorlashtirishga ko‘maklashashishdir. IXRT – o‘ziga xos klub 
bo‘lib, yiliga 2 marta sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun fikrlar 
almashish va iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish, valyuta – kredit va 
moliya siyosatni samaradorligini oshirish, ilmiy – tadqiqot ishlarini 
tashkil etish, jahon iqtisodiyotining ekonometrik andozalari asosida 
halqaro qiyoslash va bashoratlarni ishlab chiqish borasida yig‘ilib 
turadi.
Kreditor mamlakatlarning Parij klubi – rivojlangan mamlakat-
larning norasmiy tashkilotidir. Bu yerda mamlakatlarning davlat qarzlari 
bo‘yicha to‘lov muddatlarini boshqarish muammolari muhokama 
qilinadi. Bir tomonlama moratoriyadan(to‘lovni uzaytirish) qochish 
maqsadida kreditorlar tashqi qarzlarni qayta ko‘rib chiqish shartlari 
haqida qarzdorlar bilan «yuzma – yuz» bitimlar olib boradi. Klub 
faoliyati 1956 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Argentina kreditorlari Parijga 
qarzdorlar bilan muzokaraga taklif qilingan paytga to‘g‘ri keladi.
Parij klubining majlislarida XVJ, Jahon banki va boshqa yirik 
moliyaviy institutlardan kuzatuvchilar ishtirok etishadi va ko‘pincha 
tashqi qarzlarning joriy yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan qismi ko‘rib 
chiqiladi. 
Xususiy bank – kreditorlarning norasmiy London klubi 1976 
yildan faoliyatini boshlagan bo‘lib, qarzdor mamlakatlarning xususiy 
99
ОЭСР – Организация экономического сотрудничества и развития.


359 
tashqi qarzlarini tartibga solish muammolarini muhokama qiladi. 
London klubi XVJ va Parij klubi bilan iqtisodiy hamkorlik olib boradi.
1970 – yillardan boshlab davlatlaro moliyaviy – iqtisodiy muam-
molar dastlab “yettilik”, keyinchalik Rossiya Federtsiyasi qo‘shil-
gandan so‘ng “sakkizlik”, Belgiya, Niderlandiya, Shvetsariya va 
Shvetsiya qo‘shilgandan keyin “o‘nlik” davlat va hukumat rahbarlari 
darajasida hal etilishi yo‘lga qo‘yildi. “O‘nlik” mamlakatlar rahbarlari 
yig‘ilishida asosiy e’tibor xalqaro valyuta – kredit masalalariga qara-
tiladi va “har kim o‘zi uchun”, ya’ni markazga intilish tendentsiya-
lariga qarama – qarshi bo‘lgan halqaro hamkorlik va liberalizm ta-
moyillari asosida ish ko‘rishga intiladi.
Halqaro moliya institutlari, Halqaro xisob – kitoblar (HHKB, 
1930 yil) bankidan tashqari, asosan ikkinchi jahon urushidan keyin 
paydo bo‘lgan.
Bu davlatlararo institutlar mamlakatlarga kreditlar berish, jahon 
valyuta tizimining amal qilish tamoyillarini ishlab chiqish, halqaro 
valyuta – kredit va moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solish 
bilan shug‘ullansada, ularni tashkil etilishining tub sabablaridan biri 
rivojlanayotgan mamlakatlarda siyosiy mustaqillikni joriy etish, ular-
ning xalqaro doiradagi ishtirokini faollashtirish, milliy iqtisodiyotda 
vujudga kelayotgan muammolarni mintaqa va xalqaro darajada yechish 
masalalariga qaratilgan. 
Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro moliya institutlarining vujud-
ga kelishiga quyidagi omillarni keltirish mumkin: 
1.
Xalqaro iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash 
borasida kuchlarni umumlashtirgan holda hamkorlikda faoliyat yuri-
tish. 
2.
Davlatlararo valyuta va moliya – kredit siyosatini tartibga 
solish yuzasidan xalqaro andozalarni yaratish va amaliyotga joriy etish. 
3.
Hamkorlikda jahon valyuta va moliya – kredit siyosati 
yuzasidan strategik taktikani ishlab chiqish. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish