Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan
akkreditiv-
dan iborat. Agar importer va eksporter o‘rtasida tuzilgan shartnomada 
chaqirib olinadigan akkreditiv ko‘zda tutilgan bo‘lsa, shartnomda 
kelishilgan muddat ichida importerning tovarlarni sotib olish yoki 
xizmatlar bo‘yicha qarori o‘zgarsa benifitsar foydasiga o‘tkazilgan 
shartnoma summasini to‘liq yoki qisman chaqirib olinishi mumkin. 
Chaqirib olinadigan akkreditivda esa importerga bunday huquq 
berilmaydi. 
2. Sharnomada ko‘rsatilgan summani benifitsarning akkreditiv 
hisobvarag‘iga o‘tkazishi nuqtai nazardan, 
ta’minlangan yoki ta’min-
lanmagan akkreditiv
ga bo‘linadi. Ta’minlangan akkreditivda importer 
shartnomada kelishilgan summa to‘liq benefitsarning bankida depo-
nentlanadi, ta’minlanmaganda esa ushbu summa importerning banki 
tomonidan kafolatlanadi.
3. Akkreditiv shartnomasida ko‘rsatilgan summa bo‘lib – bo‘lib, 
bir necha marta benefitsarning bankida ochilgan akkreditiv hisob-
varag‘iga o‘tkazilishi mumkin, akkreditivning bu turi 
to‘ldirib bori-
ladigan
yoki 
revolver akkreditiv
deb yuritiladi. Akkreditivning ushbu 
shakli odatda ishlab – chiqarish jarayoni bir – biriga bog‘liq bo‘lgan 
eksporter va importerlar o‘rtasida qo‘llaniladi. 
Xalqaro hisob – kitoblarda qo‘llaniladigan akkreditivning afzallik 
jihatlari ko‘proq eksporterga tegishli bo‘lib, unga jo‘natilgan tovar yoki 


347 
ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov kafolatlangan. Biroq, importer 
benifetsar uchun ochilgan akkreditiv hisobvarag‘iga mabalag‘ni 
o‘tkazishi natijasida uning ixtiyoridagi mablag‘ ma’lum muddatga 
chetlashishiga sabab bo‘ladi.
Inkasso. 
Xalqaro hisob – kitoblarda qo‘llaniladigan akkreditiv-
larning asosiy mohiyati shundan iboratki, eksporter jo‘natilgan tovarlar 
yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni undirib olish maqsadida o‘z 
bankiga tegishli hujjatlar bilan birga inkasso to‘lov hujjatini ham 
taqdim etadi.
Xalqaro hisob – kitoblarning inkasso shaklida tovarlar harakati 
pul harakatidan oldinda yuradi. Shu bois ham ushbu hisob – kitobni 
amalga oshirishda tijorat kreditining bir ko‘rinishi namoyon bo‘ladi, bu 
eksporterlarni ma’lum darajada riskka duchor bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Bu o‘z navbtida eksporter importerning moliyaviy holati va uning 
to‘lovga qobiliyati haqida, shuningdek, importer boshqa mamlakatdan 
bo‘lsa mamlakatdagi siyosiy – iqtisodiy ahvolni o‘rganishi juda muhim 
hisoblanadi.
Xalqaro hisob – kitoblarning shakli mahalliy inkasso hisob – 
kitoblardagi kabi, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. 
1. Eksporter tovarlarni junatgandan o‘z bankiga tovarlarni jo‘nat-
ganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga inkasso hujjatini taqdim 
etadi. 
2. Eksporterning banki inkasso hujjatlarini xalqaro talablar 
doirasida tayyorlanganligini o‘rganib chiqqandan so‘ng SFIVT 
elektron tzlov tizimi orqali imporerning bankiga jo‘natadi. 
3. Importerning banki inkasso hujjatlari kelib tushganligi va 
to‘lovni amalga oshirayotganligini unga xabar qiladi va mablag‘larni 
eksporterning bankiga jo‘natadi. 
4. Eksporterning banki valyuta mablag‘larini uning hisobva-
rag‘iga kirim qilgandan so‘ng bu haqda xabar beradi. 
Xalqaro hisob – kitoblarning inkasso shakli qo‘llanilganda 
valyuta kursining o‘zgarishi, importerning moliyaviy holati yomon-
lashuvi tufayli to‘lovni amalga oshira olmasligi, importerning mam-
lakatida siyosiy va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuvi oqibatida 
eksporter moliyaviy jihatdan zarar ko‘rishi mumkin. Shu bois ham 
eksporter xalqaro hisob – kitoblarni amalga oshirishda hisob – 
kitoblarning ushbu shaklini tanlashda juda ehtiyotkorlik bilan 
yondashadi.


348 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish