Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti (1945 – 1968 y.)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti (1945 – 1968 y.) 
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin AQSh tomonidan yangi 
pul tizimi taklif etildi. Uning qoidalari 1944 yilda Nyu – Xemshir 
shtatining 
Bretton

Vuds 
shahrida 
bo‘lib 
o‘tgan 
xalqaro 
konferentsiyada kelishildi va 1945 yilning iyul oyida AQSh Kongressi 
tomonidan ratifikatsiya qilindi. Yangi amaliyotga kiritilgan Bretton – 
Vuds pul tizimining 1920 yillarda qabul qilingan oltindeviz 
standartidan farqli jihatlari ko‘p emas edi. Shu nuqtai nazardan, ushbu 
pul tizimi ham kamchiliklardan holi emas va navbatdagi moliyaviy 
tartibsizliklarni kelib chiqishiga tashlangan dastlabki qadam edi. 


331 
Bretton – Vuds pul tizimining eski oltindeviz standartidan amal-
dagi farqi shunda ediki, uning asosini ikki “tayanch valyuta”(funt va 
dollar) emas, balki yagona dollar tashkil etib, 35 dollar 1 unsiya 
oltingan tenglashtirilgan edi. Shu bilan birga, amaldagi tizimni 20 
yillardagi oltindeviz standartidan farqli jihatlari, amerika fuqarolari 
dollardagi hisob – kitoblarni oltin bilan so‘ndirish imkoniyatining 
yo‘qligi va dollardagi hisob – kitob qilish huquqi xorijiy davlatlar va 
banklarga berilganligini e’tirof etish lozim. Ya’ni, jahon pulini (oltin) 
dollar bilan so‘ndirish vakolati faqat davlat organlariga berildi. Shu 
jihatdan Bretton – Vuds tizimi ham 1920 yillarni oltindeviz standarti 
kabi moliyaviy piramida asosiga qurildi.
AQShda moliyaviy piramidaning asosini, faqatgina xorijiy davlat 
hukumatlari talab qilish huquqiga ega bo‘lgan oltin tashkil etgani 
holda, muomalada ta’minlanmagan dollarlar mavjud bo‘lgan. Boshqa 
davlatlarda moliyaviy piramidaning asosini, valyuta zaxirasi sifatida 
saqlanayotgan dollar tashkil etgani holda, muomalada ta’minlanmagan 
milliy valyutalar amal qilgan. Bunday moliyaviy piramidani tashkil 
etish uchun AQShda yetarlicha imkoniyatlar mavjud edi. Chunki, 
ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh da to‘plangan juda katta 
miqdordagi oltin zaxiralari (25 mlrd doll.), ularga moliyaviy piramida 
qurish imkonini bergan. Bretton – Vuds tizimi amaliyotga joriy 
qilinishi bilan Yevropa davlatlari valyutalarining dollarga nisbatan 
kursi oshirildi. Masalan, Buyuk Britaniya funt sterling kursi 
urushgacha bo‘lgan vaqtdagi qiymatga, ya’ni 4,86 dollarga 
tenglashtirildi. Funtning sotib olish qobiliyatiga nisbatan qaralganda 
esa, uning qiymati pastroq bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, 1945 yilda dollar 
kursi sun’iy pasaytirilishi va boshqa davlatlar valyutalarining kursi 
dollarga nisbatan sun’iy oshirilishi natijasida “dollar tanqisligi” yuzaga 
keldi. AQShdan tashqarida yuzaga kelgan “dollar tanqisiligi”ni oldini 
olish maqsadida Amerika hukumati tomonidan Yevropa mamlakat-
lariga moliyaviy yordam ko‘rsatildi. Boshqacha qilib aytganda, Yev-
ropaga moliyaviy yordam berilishi, dollar kursini sun’iy pasaytirilishi 
natijasida AQSh to‘lov balansi profitsitini qisman moliyalashtirishga 
xizmat qilgan.
Bretton – Vuds tizimida Amerika hukumatiga shunisi aniq 
bo‘ldiki, ushbu tizim doirasida dollar inflyatsiyasini oshirilishi 
javobgarlikka olib kelmas edi. Shu nuqtai nazardan, urushdan keyingi 


332 
davrda inflyatsiyani rag‘batlantirilishi AQShda davlat siyosatiga 
aylandi.
1950 yillar boshida dollar inflyatsiyasi natijasida xalqaro savdo 
oqimi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi. AQShda pul taklifi va kredit hajmi 
ortib borishi natijasida, aksariyat Yevropa mamlakatlari (G‘arbiy 
Germaniya, Shveytsariya, Fransiya, Italiya)ning valyutalari yanada 
mustahkamlandi. 
Inflyatsiya 
darajasi 
yuqori 
bo‘lgan 
Buyuk 
Britaniyada esa mamlakatdan dollarni chiqishini oldini olish maqsadida 
funtni 2,40 dollargacha devalvatsiya qilindi. Yevropa va Yaponiyada 
ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi AQSh to‘lov balansida 
kamomadni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Inflyatsiyani cheklashda 
oltin tanga standartining klassik yondashuvchanligi o‘zining xususi-
yatini butunlay to‘xtatishi bilan birga, Bretton – Vuds tizimining 
qoidalari G‘arb davlatlariga doimiy dollar zaxiralarini ko‘paytirishni va 
buning asosida milliy valyuta taklifi va kredit hajmini oshirishni talab 
etgan.
Shu tariqa 1950 – 1960 yillarga kelib, G‘arbiy Yevropa mamla-
katlari va Yaponiya dollar zaxirasini oshirib borish siyosati samarasiz 
ekanligi hamda yangi tizim tashkil etilganda dollar kursi sun’iy 
baholanganligidan sarosimaga tushdi. Chunki dollarning sotib olish 
qobiliyatining tushishi, G‘arb davlatlarida dollarga bo‘lgan ehtiyojni 
pasaytirdi.
Bretton – Vuds tizimi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti uchun 
“tuzoq” sifatida qaraldi va qarama – qarshiliklar ortdi. Fransiya 
nomidan Oltindeviz standartini yoqlab va amaldagi tizim qoidalariga 
qarshi fikrlar bilan davlat moliyaviy maslahatchisi de Gollya Jak 
Ryueff chiqdi. Amerika siyosatchilari va iqtisodchilari yuzaga kelgan 
qarshiliklarga e’tibor bermay, Yevropa dollarni “tayanch valyuta” 
sifatida qabul qilganligini ta’kidladi. Ularning fikriga ko‘ra, Yevropa 
aynan Bretton – Vuds tizimini amal qilishi natijasida iqtisodiy 
tanglikdan chiqish muammosini hal etgan. Davlatlar o‘rtasidagi keli-
shuvga asosan boshqa mamlakatlarda dollarning inflyatsiya darajasi 
ortishidan qat’iy nazar, AQSh yanada pul taklifini oshirish huquqiga 
ega edi.
Yevropada oltinning bir unsiyasi uchun 35 dollarga teng bo‘lgan 
miqdori saqlanib qolingan edi. 1950 yillarda Yevropada dollar 
massasini ortib ketishi, uning oltinga va Yevropaning “qattiq” 
valyutalariga nisbatan qadrsizlanishiga hamda Amerikadan oltinni 


333 
chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida AQShning oltin 
zaxiralari 25 mlrd. dollardan, 9 mlrd. dollargacha kamayib ketdi. 
Yevropa mamlakatlari hukumatlari va Markaziy banklarining dollarni 
oltin bilan so‘ndirish talabini qondirilmasligi oqibatida Bretton – Vuds 
tizimining izdan chiqish xavfi tug‘ilgan edi. Lekin, Yevropa 
mamlakatlarida yuzaga kelgan ushbu salbiy holat ham AQShni pul 
taklifini oshirishdan qaytarmadi. Shu tariqa 60 yillarning oxirida 
Yevropada 80 mlrd dollardan ortiq “yevrodollar” nomini olgan pullar 
paydo bo‘ldi. Yevropada muomalada bo‘lgan dollarni oltin bilan 
so‘ndirish talabini to‘xtatish maqsadida AQSh siyosiy bosim o‘tkaza 
boshladi. 1930 yilda oltindeviz standartining inqirozga yuz tutishida 
ham Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida shunday vaziyat yuzaga 
kelgan.
Ta’kidlash joizki, iqtisodiy qonunlarni aylanib o‘tish, AQSh 
inflyatsiyani hisobga olmagani kabi, mamlakatda ijtimoiy – iqtisodiy 
salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu tariqa 1968 yilda Amerika 
tomonidan taklif etilgan “abadiy va buzilmas” Bretton – Vuds tizimi 
yemirila boshladi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish