Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Suzib yuruvchi kurs (1971 yil va keyingi davr.)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
Suzib yuruvchi kurs (1971 yil va keyingi davr.) 
1970 yillarning boshida AQSh iqtisodiyotida inflyatsiya 
darajasining yuqoriligi Bretton – Vuds tizimi faoliyatini davom 
ettirishiga ham jiddiy xavf sola boshladi. Inflyatsiyani oldini olish 
maqsadida 1971 yilning 15 avgustida AQSh Prezidenti Nikson barcha 
ish haqi va narxlarni muzlatdi, shuningdek, Bretton – Vuds tizimi 
qoidalariga mos kelmaydigan qarorlar qabul qildi.
Xususan, AQSh Yevropa mamlakatlari Markaziy banklari 
hisobvaraqlarida yig‘ilgan dollarni oltin bilan so‘ndirish xususidagi 
talabini qondirishdan bosh tortdi. AQSh Prezidenti oltin standartidan 
butunlay voz kechganligi to‘g‘risida axborot berdi. Jahon pul tizimi 30 
yillarning tartibsizligiga qaytdi.
1930 yillarda AQShda dollarni oltinga bog‘liqligini saqlanishi, 
jahon pul tizimidagi tartibsizliklarni chuqurlashib ketishini oldini olgan 
edi. Endilikda, dollar oltin bilan ta’minlanmagan oddiy qog‘oz pulga 
aylangan edi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy salbiy oqibatlarni: valyuta 
to‘siqlari, devalvatsiyaning ortishi xalqaro savdo va investitsiya 
faoliyatini to‘xtashi kabi moliyaviy, iqtisodiy “urush”ni yuzaga 
kelishiga, jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi bo‘lishiga jiddiy xavf 
tug‘dirdi.
Barcha davlatlar xavf solib turgan moliyaviy – iqtisodiy inqirozni 
oldini olish uchun turli chora – tadbirlar loyihalarini ishlab chiqdi. 


336 
1971 yil 18 dekabrda jahon pul tizimini saqlab qolish maqsdida AQSh 
tomonidan ilgari surilgan taklif Yamayka konferentsiyasida muhokama 
qilindi va tasdiqlandi. Ushbu kelishuvga asosan jahon valyuta tizimi 
oltin bilan ta’minlanmagan bo‘lib, Smitson kelishuvi nomini oldi. Shu 
davrdan boshlab, oltin milliy valyutalarning ta’minlanganlik vazifasini 
bajarishni to‘xtatdi.
AQSh Prezidenti Nikson tomonidan jahon valyuta tizimiga 
kiritilgan yangilik, amaldagi Bretton – Vuds tizimi yoki 20 yillarning 
oltindeviz standartidan ham ishonchsiz edi. Chunki, kelishuvga asosan 
mamlakatlar qat’iy belgilangan valyuta kurslarini saqlashi bilan birga, 
yangi tizimga ko‘ra valyutalar oltin yoki boshqa jahon pullari bilan 
ta’minlanmaganligi bekor qilindi. Yevropa valyuta kurslari sun’iy 
ravishda baholandi.
AQSh dollarining kursini doimiy 35 doll darajada bo‘lishini 
ta’minlashi to‘g‘risidagi kelishuvga asosan dollarning devalvatsiyasi 
38 dollar qilib belgilandi.
Yangi valyuta tizimida valyutalarning yagona ayriboshlash 
qoidalarining mavjud emasligi, ularni qat’iy ayriboshlash kursini amal 
qilishida kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shuningdek, Smitson 
kelishuvida AQShdagi inflyatsiyani, dollar kursi va tashqi savdo 
kamomadini tartibga soluvchi qoidalarning yo‘qligi, iqtisodiy vaziyatni 
yanada chuqurlashtirdi. 
Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida “yevrodollar” massasini 
muntazam o‘sishi, oltinga ayriboshlash shaklining barham topishi 
natijasida erkin bozordagai oltinning bahosi 215 dollargacha ko‘tarildi. 
Mamlakatlar valyuta ayriboshlash kurslari o‘rtasidagi nomutanosib-
liklarni kelib chiqishi, dollarga yuqori baho berilganligi va Yevropa, 
Yaponiya davlatlari valyutalari sun’iy baholanganligidan dalolat 
bergan edi. Buning natijasida 1973 yilning fevral – mart oylarida jahon 
moliya bozori ishtirokchilari sarosimaga tushdi. Chunki, dollarga 
ishonchsizlikni yuqoriligi natijasida, mamlakatlar dollar xarid qilishdan 
bosh tortdi. Shunday qilib, Smitson kelishuvi imzolanishidan bir yil 
o‘tib, bu tizimni faoliyat yuritishi barham topdi.
Smitson kelishuvida belgilangan qoidalarni o‘zini to‘liq oqlama-
ganligi dollarga bo‘lgan ishonchsizlikni yanada kuchaytirdi. Moliya 
bozoridagi tartibsizliklar dollar dealvatsiya qilinishini talab etdi. 
Qog‘oz pullarning suzib yuruvchi kursida, valyuta kurslari talab va 
taklifdan kelib chiqib erkin aniqlandi. Bu esa, Yevropa valyuta 


337 
birjalarida dollarni qadrsizlanishiga, nemis markasi, Shveysariya franki 
va Yaponiya iyenasi kabi qattiq valyutalarni qadri ko‘tarilishiga olib 
keldi. Shu qatorda yevrodollar muammosining barham topishi bilan 
AQSh to‘lov balansi kamomadi ham me’yorlashdi. Chunki, dollar 
kursi tushishi, AQShning jahon bozoridagi tovarlari bahosiga ijobiy 
ta’sir qildi va Amerika eksportini o‘sishini ta’minladi. O‘z navbatida 
valyuta bozorini tartibga solish uchun vaqti – vaqti bilan davlat 
tomonidan valyuta interventsiyasi o‘tkazilishi, valyuta bozorini erkin 
faoliyat yuritishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Keyinchalik ushbu tizimni amal qilishida ham qator kamchiliklar 
mavjudiligi ayon bo‘ldi. Chunki, qattiq valyutaga ega bo‘lgan 
mamlakatlar milliy valyutasining qadrini o‘sishi iqtisodiyotga salbiy 
ta’sir ko‘rsata boshladi. Ya’ni milliy valyutaning uzoq vaqt o‘sish 
tendentsiyasiga ega bo‘lishi, milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini 
narxini o‘sishiga, iste’mol tovarlari bozorini Amerika tovarlari bilan 
to‘lishiga olib keldi. Iqtisodiyotda shu kabi holatlarni oldini olish 
maqsadida boshqa davlatlar 1930 yillarda bo‘lgani kabi, turli 
valyutaviy nazoratlar, valyuta devalvatsiyasi va boshqa iqtisodiy 
me’yorlar joriy qilindi. Shuni ta’kidlash joizki, dollarning 
qadrsizlanishi, Amerikada import tovarlarining bahosini o‘sishiga ta’sir 
ko‘rsatdi. Boshqa davlatlarda arzon amerika tovarlariga bo‘lgan talab 
yanada ortadi. AQSh bozorlarida esa eksport tovarlarini hajmini 
kamayishi, ichki bozorda bunday tovarlarning (go‘sht va bug‘doy) 
bahosini o‘sishiga olib keldi. Aytish joizki, dollarning qadrsizlanishi 
eksporterlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bu – inflyatsiya 
solig‘ini to‘layotgan iste’molchilar to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatgan.
AQShning 1971 yil avgustidan keyingi davrda oltin standartidan 
voz kechishi va 1973 yil mart oyidan suzib yuruvchi valyuta kurslarini 
joriy qilinishi, jahon valyuta tizimida uzoq vaqt inflyatsiyani 
saqlanishiga sabab bo‘ldi. Qog‘oz pul nazariyasi tarafdorlari bo‘lgan 
keynschilar va Milton Fridman kabi iqtisodchilar, sanoatni rivojlanishi 
natijasida dollarni oltinga nisbatan kursi 8 – 10 dollargacha tushishini 
taxmin qilishgan edi. Amaliyotda esa Bretton – Vuds tizimi joriy 
etilganda belgilangan oltin unsiyasi uchun 35 dollar, ushbu davr ichida 
umuman pasaymadi. Aksincha, 1971 yillarga kelib oltinning bozor 
bahosi bir necha marta oshib ketdi. Fransiyaning davlat maslahatchisi 
Jak Ryueff tomonidan 50 – 60 yillarda, oltin unsiyasi uchun 70 dollar 


338 
miqdoridagi narx taklif qilinishi, AQShning qarshiligiga sabab bo‘lgan 
edi. Lekin 1970 yil boshiga kelib, oltinning erkin bozordagi bahosi 70 
dollardan bir necha marta oshdi.
1973 yilda butun davlatlar iqtisodiyotida hukm surayotgan 
inflyatsiyani ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari tobora chuqurlashib bordi. 
Erkin bozorda narxlarni shakllanishida noaniqliklar va beqarorlik 
yuzaga keldi. Bu jahon valyuta tizimini qat’iy valyuta kurslariga va 
paritetiga asoslangan Bretton – Vuds tizimi qoidalaridan chiqish bilan 
izohlanadi.
Ya’ni amaliyotga valyutalarning suzib yuruvchi kurslarini 
kiritilganligi, oltinning rasmiy qiymatini yo‘qolganligi va AQShning 
boshqa davlatlar Markaziy banklari hisobvarag‘larida yig‘ilgan 
“yevrodollar”larni oltinga ayriboshlashdan bosh tortishi, Bretton – 
Vuds tizimi tamoyillariga mutlaqo zid bo‘lgan
95

Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo – iqtisodiy munosabatlarni va 
investitsiya oqimini qayta tiklash maqsadida 1976 yil Kingston 
(Yamayka) shahrida bo‘lib o‘tgan konferentsiyada Xalqaro valyuta 
fondi tomonidan yangi valyuta tizimi taklif qilindi. 1978 yilning apreli 
oyida ratifikatsiya qilingan Yamayka kelishuvi, valyutalarni qat’iy 
belgilangan kurslarini bekor qildi. Shu bilan birga, oltin likvid aktiv 
sifatida Markaziy banklarda tayanch valyuta bo‘lib qoldi. Xalqaro 
valyuta jamg‘armasi Yamayka kelishuvi doirasida davlatlarga valyuta 
kurslarini aniqlash qoidalarini tanlash xuquqini berdi. Yamayka 
kelishuviga asosan oltin demonetizatsiyasi
96
ko‘zda tutilgan. Ya’ni: 
-
ikki davlat valyutalari nisbatida – oltin va oltin paritetining 
rasmiy qiymati bekor qilindi; 
-
davlat organlari va Markaziy banklar dollarni oltinga ayribosh-
lash to‘xtatildi;
95
1967 йилда Франция Марказий банки ҳисобварағида йиғилган 4,704 млрд долларни 4,2 
минг тонна олтинга айрибошланиши ва олтинга эркин конвертирланадиган франкни жорий 
қилиши, кейинчалик Германиянинг ҳам шундай йўл тутиши, 1971 – 1973 йилларда Бреттон – 
Вудс тизимини инқирозга учратди. Чунки АҚШ нинг олтин захиралари 12,5 минг тоннагача 
камайиб кетиши натижасида Р.Никсон раҳбарлигидаги Президент маъмуриятини олтинни эркин 
айрибошланишига чек қўйишига сабаб бўлди. Долларнинг 10 % га девальвация бўлиши 
натижасида олтиннинг баҳоси кўтарилди. Валюта инқирози НАТО таркибидаги АҚШ, Франция 
ва Германия ўртасида келишмовчилик келтириб чиқарди. (

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish