Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
 
XI BOB. BANKLARNING KELIB CHIQISHI
VA BANK TIZIMI
 
11.1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati 
 
 
Banklarning vujudga kelishi tovar – pul munosabatlarining asosiy 
elementlari sifatida, pulning qiymat shakli paydo bo‘lishi bilan bir 
davrga to‘g‘ri kelgan. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning 
vujudga kelishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim 
iqtisodchi olimlar banklarni feodalizm davrida vujudga kelganligini 
ta’kidlashsa, ularning ayrimlari esa kapitalistik tuzumning dastlabki 
davrlarida paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, 
banklar faoliyatiga xos bo‘lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi 
davrlarda paydo bo‘lganligini qayd etadilar. 
Manbalarga ko‘ra, dastlabki bankirlar kichik – kichik do‘konlarda 
mahalliy pullarni xorijiy pul birliklariga ma’lum darajadagi to‘lov 
evaziga almashtirib berishgan. Shuningdek, yirik pul egalarining 
pullari va tijorat veksellarini tegishli haq evaziga saqlash bilan shug‘ul-
langan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni 
tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan 
shaxslarga ma’lum to‘lov evaziga bera boshlagan. 
Tarixiy manbalarga ko‘ra, dastlabki banklar Gretsiyada paydo 
bo‘lgan, keyinchalik xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi 
natijasida Yevropa mamlakatlarida banklar vujudga kelgan. Shuning-
dek, natural xo‘jalikning barham topishi, tovar – pul munosabatlarining 
rivojlanishi natijasida hisob – kitoblar va kreditlarning roli shiddat 
bilan ortib bordi. Bular o‘z navbatida bir maromdagi hisob – kitob va 
pul muomalasini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu jarayon 
o‘z – o‘zidan banklarning tashkil topishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatdi. 
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, dastlabki banklar ibodatxona 
(butxona)larda tashkil topganligi ta’kidlanadi. Ibodatxonalar hukumat-
ning va diniy tashkilotlarning zaxira fondlari sifatida xizmat qilgan. 
Ularda oziq – ovqat zaxiralari va boshqa qimmatbaho buyumlar 
saqlangan. Keyinchalik ibodatxonalar to‘lov vositalarini bajaradigan 


194 
oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni saqlash bilan birga, 
pul muomalasini tashkil etish jarayonlarida ham bevosita ishtirok 
etishgan. Bunga 2011 yil iyulida Hindistonning ibodatxonalaridan 
birida yirik miqdorda oltin va boshqa boyliklarni topilganligini misol 
sifatida keltirish mumkin. Topilma juda katta miqdorga teng bo‘lib, 
qachon va kim tomonidan qo‘yilganligi ma’lum emas
66
.
Ibodatxonalar qadimda banklar vazifasini bajarganligining va 
ularni barqarorligining asosiy sabablaridan biri, davlat va dindorlarning 
asrlar davomida ibodatxonalarda xizmat qiluvchilarga nisbatan yuqori 
darajada ishonchning shakllanganligi hisoblanadi. Bu o‘z navbatida 
boshqalarda ham ibodatxonalarda pul mablag‘larni saqlashga bo‘lgan 
ishonchini qozongan. Dastlab ushbu an’ana qadimiy Sharqda vujudga 
kelgan bo‘lsa, keyinchalik qadimgi Gretsiya, Rim hamda Yevropaga 
tarqalgan.
Qadimgi Gretsiyada davlat va uning rasmiy xodimlari, zargarlar, 
savdogarlar va boshqa zodagonlar ibodatxonalarning (Delfiy, Deloss, 
Samoss, Efess kabi ibodotxonalar) alohida shaxslariga pul mablag‘-
larini saqlash va tegishli operatsiyalarni amalga oshirishga ishonch 
bildirib, ularga pul mablag‘lari va qimmatbaho metallarni saqlash, 
shuningdek, ularning topshiriqlariga binoan hisob – kitoblarni amalga 
oshirishga ruxsat bergan. Buning barobarida, mamlakatda mehnat 
taqsimoti va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, o‘zaro moliyaviy 
ayirboshlash hajmining ortishi natijasida ushbu ibodotxonalarda pul 
ishlari bilan shug‘ullangan shaxslar moliyaviy vositachilar sifatida 
maydonga chiqa boshladi.
Taxminan eramizdan oldingi VII asrlarda yirik ibodatxonalarning 
kichik – kichik moliyaviy vositachilik do‘konlariga aylanib borishi 
natijasida, shuningdek, pul muomalasini tartibga solishda muammo-
larning vujudga kelayotganligi sababli metall tangalarni muomalaga 
chiqarish va pul muomalasini tartibga solish huquqini davlat o‘z 
qo‘liga ola boshladi. 
Hozirgi kunda, siz bilan biz bank sifatida biladigan moliyaviy 
muassasalarning dastlabki ko‘rinishlari XVI asrda Angliyada vujudga 
kelgan. E’tiborli jihati shundaki, dastlabki bankirlar oltin metallardan 
turli zebu – ziynatlar yasaydigan zargarlar yoki yirik savdo bilan 
shug‘ullanadigan savdogarlar ichidan chiqqan. Shuningdek, Florensiya 
va Venesiyada XVI asrda jirobanklar vujudga keldi. Keyinchalik 
66
Деньги, кредит, банки: Учебник/Кол. авт. Под ред. О.И.Лавшурина. М.: КНОРУС, 2007. С.319 – 324. 


195 
banklar Amsterdam, Gamburg, Milan, Nyurenberg kabi yirik 
shaharlarda tashkil topa boshlagan. Ushbu banklar asosan yirik 
savdogarlarning oltin tangalarini saqlash va ularning to‘lov hisob – 
kitoblarini amalga oshirish bilan shug‘ullangan.
Jirobanklar o‘zaro doimo bir birlari bilan bog‘liqlikda ish 
yurituvchilar va savdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Ular ma’lum bir 
muddatda, masalan haftada bir yig‘ilishib, o‘zaro hisob-kitoblarni 
amalga oshirishgan, yig‘ilish yumaloq stol atrofida amalga oshirilgan. 
Bunda agar bir ishtirokchi to‘lovga noloyiq bo‘lib qolsa, noto‘lovlik 
zanjiri vujudga kelgan, bu hol ko‘pincha “yumaloq stol”ning darz 
ketishiga, ya’ni bankrot bo‘lishiga olib kelgan.
Hozirgi paytda faoliyat yuritayotgan Markaziy bankka o‘xshagan 
bank birinchi marta Stokgolmda 1650 yilda, keyinchalik 1694 yilda 
Angliyada tashkil topgan bo‘lib, bu bank pul emissiyasini amalga 
oshirish, mamlakatda tijorat banklari faoliyatini tartibga solish kabi 
ishlarni bajargan. Banklar yirik savdogarlar, zargarlar va boshqa shaxs-
larning hisob – kitoblarini bajarish bilan birga, jamiyatdagi vaqtinchalik 
bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish asosida juda yirik miqdorda ssuda 
kapitalini jamg‘aradilar, ushbu mablag‘ kredit sifatida iqtisodiyotning 
turli bo‘g‘inlariga yo‘naltiriladi. Shu tariqa, kapitalistik jamiyatda “bank” 
deb yuritiladigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “kor-
xona”lar tashkil topdi. Banklarning mohiyatiga iqtisodiy adabiyotlarda 
turli yondashuvlar mavjud. “Bank” etimologiyasiga e’tibor qaratadigan 
bo‘lsak, “bank” so‘zi qadimgi fransuzcha “banque” va italiyancha 
“bansa” so‘zlaridan paydo bo‘lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglati-
shining guvohi bo‘lamiz.
Bank –
bu moliyaviy muassasa bo‘lib, jamiyatdagi vaqtinchalik 
bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag‘-
larga ehtiyoji mavjud bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qay-
tarishlik, muddatlilik, to‘lovlilik va ta’minlanganlik asosida kredit 
beradigan va ular uchun turli vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi 
tijorat tashkilotdir.
Boshqa bir adabiyotda, bank – tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga 
xos turi bo‘lib, uning faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya’ni ularni 
jalb qilish va joylashtirilishi bilan bevosita bog‘liqdir, degan fikr ilgari 
suriladi
67
.
67
Банки и банковские операции: Учебник для вузов/ Е.Ф.Жуков, Л.М.Максимова, О.М.Макарова 
и др. Под ред Е.Ф.Жукова. М.: Банки и биржи, ЮНИТИ, 1997. С. 6. 


196 
Bankir ssuda kapitalistidan farqli o‘laroq, turli ko‘rinishdagi 
xizmatlarni taklif etadi va pul aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda 
kapitalisti ishlab chiqarishni o‘z kapitali hisobidan moliyalashtirsa, 
bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan begona shaxslarning 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchun ayrim metodo-
logik masalalarga e’tibor qaratish lozim. Ularning ayrimlari quyida 
keltiriladi: 
– banklarning mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi 
faoliyatiga e’tibor qaratish lozim; 
– banklarning mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va 
maqsadda tashkil etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida 
faoliyat yuritishiga e’tibor qilish lozim; 
– banklarning mohiyatini ajralmas qismi sifatida ularning tashkil 
topish asoslari, ya’ni tashkiliy – huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb 
etadi; 
– banklarning mohiyati – bu o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan 
obyektning tarkibini anglatadi; 
– banklarning mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan bo‘lib, 
muammoni o‘rganayotgan paytda uning qanday jihatiga e’tibor 
qaratilayotganligi muhim hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, banklarning vujudga kelishi va ularning 
mohiyati kishilik jamiyatining vujudga kelishi davridan boshlab 
shakllanib, rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Buning asosiy sababi 
jamiyatda 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
takomillashuvi, 
mehnat 
taqsimotining chuqurlashuvi, tovar va xizmatlar aylanmasi hajmining 
ortishi kabi qator omillar hisoblanadi. Shuningdek, qayerda savdo va 
zargarlik ishlari rivojlangan bo‘lsa, shuningdek, ishonch yuqori bo‘lgan 
joylarda dastlabki banklar paydo bo‘lgan.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish