Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

Kredit foiz stavkasi 
(“praym-reyt” dan 
past) 

Pul bozorida mablag‘ 
jalb qilish bo‘yicha 
xarajatlar 

Riskni qoplash va 
daromad olish 
uchun ustama 
“Praym-reyt” stavkasidan farqli ravishda past stavkalar amali-
yotda keng qo‘llanila boshlandi. Bu foiz stavkalar bankning mablag‘-
larni jalb qilish borasidagi stavkalariga tenglashib qolgan edi. Ushbu 
stavkalarning joriy qilinishi “praym-reyt” stavkasining bazaviy 
stavkasi funksiyasini yo‘qolishiga olib keldi. 
“Qiymat–foyda” modeli
 
asosida kredit stavkasini o‘rnatish. 
AQShda bank amaliyotida tijorat banklarining barcha xarajatlarini va 
kreditlash faoliyatida yuzaga keladigan risklarni qoplay oladigan 
hamda bank uchun yetarli daromadni ta’minlaydigan kredit bahosi 
shakllanishining murakkab modellari ishlab chiqilib amaliyotda keng 
qo‘llanilmoqda. Shunday modellardan biri “Qiymat–foyda” modeli 
hisoblanadi. Bu modelga muvofiq, bank zarur moliyaviy resurslarni 
jalb qilishi, kreditlash amaliyoti xarajatlarini qoplashi va natijada 
yetarli foydaga erishishi ko‘zda tutiladi. 
“Qiymat–foyda” modeli bo‘yicha kredit foizini belgilash alohida 
amaliy ko‘rsatkichlar asosida hisob-kitob qilib ko‘rsatilgan.
Tijorat banklarida mijozlarni toifalarga ajratish va unga mos 
ravishda kredit bahosini shakllantirish bir qator afzalliklarga ega: 
- birinchidan, tijorat banklari yirik mijozlarini kreditlash kichik 
kredit kreditlarga nisbatan kam xarajatli bo‘lib, yuqori daromad 
keltirishni ta’minlaydi; 
- ikkinchidan, bankning kichik mijozlari kreditlash amaliyoti 
xarajatlari oshib, kredit bahosining yuqori shakllanishiga olib keladi.
Shunday ekan, bank mijozlarini pul tushumlariga asosan toifalar-
ga ajratish va ularga mos ravishda kredit bahosini shakllantirish maq-
sadga muvofiq hisoblanadi.
Mijozlarning moliyaviy holatini tahlil qilish, kredit ta’minoti 
sifatini baholash, kreditning maqsadi va boshqa omillar tahlili 
natijasida kredit riski darajasi baholanadi. Foiz stavkalarini belgilash 


188 
jarayonida muammolar paydo bo‘lsa, u holda har bir mijoz uchun 
alohida stavka belgilanishi xususida qaror qilinishi zarur. 
Ayrim mamlakatlarning (Singapur, Malayziya) bank amaliyotida 
ba’zi toifadagi mijozlarga nisbatan past foiz stavkada kreditlar taqdim 
etiladi. Buning sababi, mijoz olgan kreditidan keladigan daromadidan 
tashqari boshqa operatsiyalarini bajarish orqali bankka ko‘proq foyda 
keltiradi. Natijada bank mijoziga kredit berishdan olinadigan daromad 
pasayishi kuzatiladi, lekin aslida bankning mijoz bilan bo‘ladigan 
boshqa munosabatlaridan oladigan daromadlari uning o‘rnini qoplaydi.
Jismoniy shaxslarni kreditlash va ularga taklif etilayotgan foiz 
stavkalarini o‘rganishda Rossiya tajribasiga murojaat qilishni maq-
sadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Chunki Rossiya tijorat banklari amali-
yotida kredit xizmatlari qo‘shimcha to‘lovlarning joriy qilinishi 
mijozlarning kreditni qaytarish imkoniyatlarini pasaytirdi va natijada 
bank kreditlarining qaytmasligiga olib keldi. Shu o‘rinda Rossiya bank 
amaliyotida mavjud ko‘rsatkichni keltirib o‘tamiz. Rossiya Federat-
siyasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari G.Melikyanning ta’kidlashicha, 
ayrim tijorat banklari kredit portfelida mavjud muammoli kreditlarning 
30 foizi aynan bank kreditlari bo‘yicha bahoning noto‘g‘ri va yuqori 
shakllantirilganligi hisobiga yuzaga kelgan
65
.
Rossiya bank amaliyotida qarz oluvchi mijozlarga kredit bahosini 
aniq ifodalovchi kredit foiz stavkalarining ijobiy darajasini ta’minlash 
bo‘yicha majburiy tartib ishlab chiqilgan. Unga muvofiq tijorat 
banklari jismoniy shaxslarga beradigan kreditlari bo‘yicha foiz 
stavkalarni ijobiy darajasini ta’minlashi va u to‘g‘risidagi ma’lumot-
larni qarzdorga taqdim etishi talab etiladi. Rossiya Markaziy bankining 
“Jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan kreditlar bo‘yicha samarali foiz 
stavkalarni ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi (29.12.2006 yilda qabul 
qilingan) tartibiga muvofiq, barcha tijorat banklari kreditlar bo‘yicha 
foiz stavkalarining ijobiy darajasini ta’minlagan holda, o‘z mijozlariga 
taqdim qila boshladi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish