Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

Huquqiy jihatdan – 
banklar ochiq va yopiq turdagi jamiyatlar 
sifatida tasniflanadi. 
Banklarning kapitalini asosiy ulushi yuridik 
shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi, ushbu banklar ochiq aksiyadorlik yoki 
yopiq aksiyadorlik banklari bo‘lishi mumkin.
Ochiq yoki yopiq aksiyadorlik banklari deyilishiga sabab ularning 
aksiyalarini sotish va sotib olish jarayoni bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning 
roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik 
jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan 
doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq 


198 
aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Mamlakatimizda mulkiy jihat-
dan tashkil topishidan qa’tiy nazar, faoliyat yuritayotgan barcha 
banklar ochiq aksiyadorlik banklari hisoblanadi. 
Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan –
emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg‘arma banklar sifatida 
tasniflanadi. 
Emission banklar mamlakat iqtisodiyotiga pullarni 
emissiya qilish, shuningdek, kredit muassasalari faoliyatini tartibga 
solish va pul – kredit siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. 
Bunday vazifani hozirgi paytda mamlakat Markaziy banklari bajaradi. 
Markaziy banklar bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi 
va tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi ta’qiqlanadi. 
Tijorat banklari
mamlakat bank tizimi va kredit muassasalari 
tarkibidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy muassasalar 
hisoblanadi. Ular banklar bajarishi mumkin bo‘lgan barcha 
operatsiyalarni bajaradi. 
Investitsion banklarning
asosiy faoliyati passiv operatsiyalari 
natijasida shakllantirgan moliyaviy mablag‘larini asosiy ulushini 
qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Mamlakatda 
investitsion banklar faoliyat yuritishi uchun qimmatli qog‘ozlar bozori 
rivojlangan va yetarli darajada investitsion muhit yaratilgan bo‘lishi 
lozim. 
Ipoteka banklari 
jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida 
uzoq muddatli kreditlar berish bilan shug‘ullanadi. Ipoteka atamasi 
ko‘chmas mulklarni garovga qo‘yish natijasida vujudga keladigan 
moliyaviy munosabat bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri 
garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida 
qolishidir. Odatda ipoteka banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishini 
ipoteka krediti berishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Biroq, amaliyotda 
ushbu qoida doimo ham o‘zining isbotini topmaydi, chunki hozirgi 
kunda faoliyat yuritayotgan ipoteka banklari kredit portfeli tarkibida 
nafaqat ipoteka krediti, balki boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan 
kreditlarning hajmi salmoqli ulushni tashkil etadi. 
Jamg‘arma banklarining 
asosiy mijozlari jismoniy shaxslar 
bo‘lib, ushbu banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli 
omonatlarni jalb qilishga qaratilgan bo‘ladi. Jamg‘arma sifatida 
shakllantirilgan mablag‘larni yirik tijorat banklariga, savdo va qurilish 
tashkilotlariga investitsiya va kreditlar ko‘rinishida joylashtiradi.


199 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish