Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Xizmat ko‘rsatish doirasi bo‘yicha –



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

Xizmat ko‘rsatish doirasi bo‘yicha –
banklar ma’lum hududga, 
hududlararo, xalqaro darajada mijozlarga xizmat ko‘rsatishi e’tiborga 
olinadi. Buning uchun banklar Markaziy bankning tegishli 


200 
litsenziyalariga ega bo‘lishi talab etiladi. Masalan, mamlakatimizda 
Markaziy bankning tegishli talablarni bajargan tijorat banklariga milliy 
valyutada va xorijiy valyutalarda faoliyat yuritishi uchun alohida – 
alohida litsenziyalar beradi.
Kapitalining hajmi bo‘yicha –
banklar kichik, o‘rta va yirik 
tijorat banklarga guruhlanadi

Masalan, mamlakatimiz barcha banklari 
ustav kapitalining 40 foizdan ortig‘i TIF Milliy banki hisasiga to‘g‘ri 
keladi, yoki mamlakatimizda beshta yirik bankning (TIF Milliy banki, 
Sanoatqurilishbank, Agrobank, Asakabank, Ipotekabank) kapitali jami 
banklar kapitalining 80 – 90 foizini tashkil etadi.
Yakuniy so‘z sifatida ta’kidlash mumkinki, banklarning turlarini 
ko‘pqirraligi, ularning bajaradigan operatsiyalarining sonini ortib 
borishi jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi bilan bevosita 
bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bularning barchasi tegishli 
qonun, qoida, tartib va mexanizmlar asosida tartibga solib boriladi.
11.3. Banklarning iqtisodiyotdagi roli 
 
Banklarning mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan 
operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini 
belgilab beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni 
ularning vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan 
operatsiyalariga qaratish lozim. Banklarning roli ularning funksiyalari 
kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan 
qanday shaklda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda 
umum ahamiyatga ega bo‘lgan operatsiyalarni bajaradi. Shu bois ham 
banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan 
bo‘lishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi.
Banklarning iqtisodiyotdagi roli xususida so‘z ketganda, dastlab 
jamiyatda ularning bajaradigan operatsiyalarini zarurligi va turlari, 
shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholining ularga bo‘lgan 
ehtiyoji doirasida so‘z yuritish maqsadga muvofiq. Bularning barchasi 
banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyatini anglatadi.
Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali 
bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 

jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli 
shartlar asosida o‘ziga jalb etadi; 


201 

qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik va 
ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi; 

milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqa-
rorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi; 

pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi; 

iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi subyektlar o‘rtasida hisob 
– kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositachilik qiladi; 

bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat 
xizmatlarini amalga oshiradi; 

aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif 
etadi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, 
jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida 
ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda 
namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo‘jalik 
subyektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu 
bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha bo‘lganligi 
bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab 
chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mab-
lag‘larga ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoq-
larida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi (qishloq xo‘jaligi, 
qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, 
moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan 
chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot 
tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha 
ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida 
mablag‘larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi 
moliyaviy tashkilot sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh 
iqtisodiyot tarmoqlarining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli 
shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan ikkinchi 
guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni qo‘shimcha moliyaviy resurslarga 
ehtiyoj sezgan xo‘jalik subyektlariga qayta taqsimlab beradi.
Bizningcha, ushbu munosabatlarni bankdan bo‘lak birorta 
moliyaviy tashkilot samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu 
o‘ziga xos jihati iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi. 


202 
Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri, bu ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi 
va davlat tashkilotlari o‘rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni 
tashkil etishi va ularning ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga 
oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik 
yurituvchi subyektlari, jismoniy shaxslar o‘rtasida har kuni bir necha 
yuz minglab pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi 
banklar tomonidan amalga oshiriladi va tartibga solib turiladi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator 
omillar ta’sir qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish