Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/211
Sana29.05.2022
Hajmi3,57 Mb.
#614497
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   211
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va ba

 
 
 
XII BOB. MARKAZIY BANK VA UNING FUNKSIYALARI
 
12.1. Markaziy banklarning vujudga kelishi
 
Mamlakat bank tizimining asosiy bo‘g‘ini Markaziy bank hisob-
lanadi. Markaziy bank bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsat-
maydi, ayrim davlat tashkilotlari bundan mustasno. Barcha mam-
lakatlarda Markaziy banklarning bajaradigan vazifalari va funksiyalari 
deyarli bir xil bo‘lib, ular turli mamlakatlarda turli nomda yuritilishi 
mumkin. Xususan, hozirgi kunda, bizga ma’lumki, dunyoning turli 
mamlakatlarida ushbu banklar “markaziy bank”, “xalq banki”, “emis-
sion banki”, “milliy banki”, “zaxira banki”, “davlat banki” tarzida 
yuritiladi. 
Masalan, AQShda Federal zaxira tizimi, Angliyada Angliya 
banki, Yevropada Yevropa Markaziy banki, O‘zbekistonda Markaziy 
bank, Qozog‘istonda Milliy bank va hokazo. Markaziy banklarning 
vujudga kelish tarixiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular mamlakatda 
pul muomalasini tartibga solib turuvchi moliyaviy muassasa sifatida 
vujudga keldi.
Ma’lumki, dastlabki banklar, yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘l-
sak, tijorat banklari mustaqil ravishda qog‘oz pullarni emissiya qilgan. 
Har bir tijorat banki muomalaga o‘zining “banknota”larini (bank bileti) 
chiqarishgan. Oldingi bo‘limdan ma’lumki, 
banknota
– bu ushbu 
bankning unda ko‘rsatilgan mablag‘larini xohlagan vaqtda real pulga 
almashtirib berilishini kafolatlovchi majburiyati hisoblanadi. U bank-
ning “vekseli” hisoblangan. Uning tijorat veksellaridan farqi, bank-
notalarni xohlagan vaqtda real pullarga almashtirish mumkin bo‘lgan. 
Kapitalizmning dastlabki davrlarida mijozlarning kreditga bo‘lgan 
ehtiyojining ortib borishi banklar tomonidan chiqarilgan banknotalar 
bilan qoplangan. Banknotalar muomalada pulning to‘lov vositasi 
funksiyasini bajargan. Banklar o‘zlarining real pul zaxiralaridan bir 
necha barobar ko‘p miqdorda banknotalarni muomalaga chiqarishgan. 
Albatta, bu ma’lum davr davomida mamlakatda pul muomalasini 
tashkil qilish, hisob – kitoblarni amalga oshirish va muomala 
jarayonini tashkil etishda o‘zining ijobiy natijasini berib kelgan. Biroq, 


209 
vaqt o‘tishi bilan tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan 
qog‘oz pullarning hajmi va turi juda ko‘payib ketgan. Bu o‘z navbatida 
pullarning qadrsizlanishini, ayrim hollarda tijorat banklarining bankrot 
holatiga tushib qolishi iqtisodiyotda pul muomasalasini buzilishiga va 
boshqa qator salbiy holatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Bularning barchasi mamlakatda pul emissiyasini markazlashgan 
holda amalga oshirish va pul muomalasini tartibga solish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida, tijorat banklari bazasida Markaziy 
banklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi, Markaziy banklarning 
vujudga kelishi davlatga pul emissiyasini markazlashgan holda amalga 
oshirish va pul muomalasini tartibga solish imkoniyatini berdi. 
Masalan, AQShda 1836 va 1860 yillarda 2500 dan ortiq shtat 
banklari tashkil etilib, ularning 100 dan ortig‘i birinchi o‘n yil ichida 
yopilib ketgan. Shu davrda banklar mustaqil ravishda muomalaga pul 
chiqarish huquqiga ega bo‘lib, muomalada ularning 5500 dan ortiq turli 
pul belgilari amal qilgan. Banklarning stixiyali ravishda pul 
muomalasini tashkil etishi, umumiy nazoratning mavjud emasligi 
ularni inqirozga yuz tutishiga, aholining ishonchini pasayishiga, 
muomaladagi pullarning qadrsizlanishiga sabab bo‘lgan, shuningdek, 
pulning to‘lov vositasi funksiyasini bajarmaslik holatlari tez – tez sodir 
bo‘lib turgan. Bu kompaniya va firmalarning moliyaviy yo‘qotishlariga 
sabab bo‘lgan. Jumladan, 1862 yilda banklarning inqirozga yuz tutishi 
natijasida AQShning yirik kompaniya va firmalari 100 mlrd AQSh 
dollaridan ortiq zarar ko‘rgan. Bularning barchasi AQSh hukumati 
tomonidan tijorat banklari va pul muomalasi ustidan tegishli nazoratni 
amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqargan, natijada 1913 yilda 
AQSh Federal zaxira tizimi tashkil etilib, ushbu bankka yagona 
emissiya huquqi va tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash vazifasi 
yuklatilgan
68

Iqtisodiy adabiyotlarda, 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish