YOSHLARNI YUKSAK HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA
TARBIYALASHNING DOLZARB MASALALARI
69
Yuqori professional, harbiy va vatanparvarlik bo’yicha sadoqatli, fidoyi va
mard harbiy xizmatchilarni tarbiyalsh Vatan yaxlitligini himoya qilishning eng
muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So’nggi yillarda armiyani izchillik bilan isloh
69
Musayeva Shahzoda
Ibrohimovna
-
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy-texnik instituti
258
qilish va rivojlantirish, davlatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy
kadrlarni tayyorlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Shu o’rinda aytib o’tishimiz joizki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik-ruhida
tarbiyalash konsepsiyasi to’g’risida”gi 140-son qarorining qabul qilinishi, armiya va
xalq birligini ta’minlash borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan
hamkorlikdagi ishlarning kuchaytirilganligi milliy armiyamiz saflarini mustahkam
iroda, faol fuqorolik pozitsiyasiga ega bo’lgan yoshlar bilan to’ldirib borish imkonini
bermoqda. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga jismonan
va ma’nan sog’lom avlodni tarbiyalashga oid yaxlit ta’lim-tarbiya tizimining uzviy va
ajralmas qismi sifatida qaralib, O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi talablari asosida milliy va jahondagi
ilg’or tajribalar, bugungi O’zbekiston hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar
bilan uyg’un ravishda takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib
kelmoqda.[1]
Ona-Vatanimizni ko’z qorachig’idek asrash, uning shuhratini dunyoga
tarannum etish bilan bog’liq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional
ko’nikmalarni ilm-ma’rifat asosida yoshlarning qalbi va ongiga ilk bolalik davridan
boshlab singdirib borish orqali O’zbekistonning haqiqiy vatanparvar fuqarolarini
tarbiyalash Kontseptsiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi va uni amalga oshirish,
ijrosini ta’minlash biz ustoz-murabbiylarga ham katta ma’suliyatni yuklaydi.
Vatan tuyg’usi bo’lgan kishidagina vatanparvarlik jo’sh uradi. Birinchi
prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: “Vatanga muhabbat hissi odamning
qalbida tabiiy ravishda tug’iladi. Ya’ni, inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini
bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz
qanchalik chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz
bo’ladi”.[2]
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bu millati, tili va
kasbidan qat’i nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg’usini shakllantirish, ularni o’z
fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat
259
manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan davlat
organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ko’p bosqichli, tizimli,
maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyati hisoblanadi.
Biz yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalar ekanmiz quyidagi asosiy
vazifalari hisobga olishimiz darkor:
-yoshlarni milliy g’oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi
va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish;
-qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va
ravnaqi yo’lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga
munosib voris bo’lish tuyg’usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va
salohiyatiga bo’lgan ishonchni kuchaytirish;
-milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi,
harbiy xizmat har bir O’zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi
tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko’nikmalarni mustahkamlash;
-yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro’y berayotgan siyosiy-ijtimoiy
jarayonlarga
milliy
manfaatlarimizdan
kelib
chiqqan
holda
yondashish
ko’nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni
shakllantirish;
-har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish,
zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega
yoshlarni tarbiyalash;
O’zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha
jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo’lish — bu bugungi
kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga
singdirib borish bizlarning oliy maqsadlarimizdan biriga aylanishi lozim. Albatta bu
jarayon birdaniga bo’lib qolmaydi, buni bosqichma-bosqich amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadni ifoda etuvchi turli davra suhbatlari, faxriylar
bilan uchrashuvlar, sport musobaqalari, viktorinalar tashkil etish, harbiy kasb
mutaxassisliklari, harbiy kadrlar tayyorlash masalalari hamda yoshlarning harbiy-
vatanparvarlik tarbiyasiga yo’naltirilgan hujjatli filmlarni ko’proq namoyish etish,
260
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylik kasbi nufuzini oshirish,
harbiy xizmatchilar erishayotgan yutuqlar va ularning ijtimoiy himoyasi borasida
amalga oshirilayotgan ishlar haqida respublika va mahalliy ommaviy axborot
vositalari orqali chiqishlar uyushtirish ham bu jarayonga samarali ta’sir etadi.
Yoshlar ongida vatanparvarlikni shakllantirish va ularni umuminsoniy
qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifasi ekan,
bizningcha aynan harbiylar ongiga milliy-istiqlol g’oyalarini singdirish bugunning
dolzarb masalasidir. Chunki harbiylar vatanimiz sarhadlarini qo’riqlaydilar, ular tom
ma’noda vatan qalqonlaridir. Bu murakkab va sharafli burchni milliy o’zligini
anglagan, insonparvarlikni muqaddas deb bilgan yosh yigitlargina to’la-to’kis ado eta
oladilar. Tarixda o’tgan sparta, usmoniylar, temuriylar kabi davlatlarda harbiylar
vatanparvarlik ruhida maxsus dasturlar asosida tarbiyalanganlar.
Ma’lumki, Sohibqiron Amir Temur davlat boshqaruvini, jumladan, harbiy
ilmni san’at darajasiga ko’targan va uning siyosati, harbiy tizimi asrlar osha boshqa
yirik davlatlarga dastur vazifasini o’tagan. Yoshlar va harbiylar ongiga vatanparvarlik
g’oyalarini singdirish uchun biz sohibqironning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy,
madaniy ta’limotiga ko’proq murojaat qilishimiz kerak. Teranroq qaralsa “Temur
tuzuklari”da o’z davrining milliy g’oyalari aniq va puxta bayon etilgan.
Darhaqiqat,
biz
Vatanga
bo’lgan
muhabbatimizni
vatanparvar
va millatu mamlakatga
xizmat
qiladigan
farzandlarni
tarbiya
etish
bilan
ko’rsatishimiz mumkin. Zero, qo’nim topgan joyimiz, Vatan deb bilgan shu yurt
uchun qanchadan-qancha insonlar joni fido bo’lganligini unutmaylik. Vatan –
yagonadir, Vatan – bittadir, degan g’oyani shu mo’tabar zaminimizda yashayotgan
har qaysi inson, unib-o’sib kelayotgan avlodlarning ongi va tafakkuriga singdirish,
ularning hayotiy ehtiyojiga aylantirishni eng ustuvor maqsadimiz deb bilmog’imiz,
xalqimiz orasidan etishib chiqqan buyuk qahramonlarimiz, jumladan Amir Temur
merosi, o’z xalqi istiqboli uchun ko’rsatgan jasoratlarini o’rganishni asosiy darajaga
olib chiqishimiz kerak.
261
Do'stlaringiz bilan baham: |