245
11.2.Mustaqillik yilarida Buxorodagi bunyodkorlik ishlari
Uch ming yildan ziyod tarixga ega Buxoro jahon tamadduniga
beqiyos hissa qo‘shgan shaharlardan biri. Qadimdan ilmu ma’rifat,
madaniyat maskani bo‘lgan bu go‘sha ta’rifi butun olamga yoyilgan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarni
tiklash
va rivojlantirish, madaniy merosni, ayniqsa tarixiy-me’moriy
obidalarni asrash, ularni kelgusi avlodlarga etkazish borasida katta
ishlar amalga oshirildi. Lekin bu ishlar o‘z-o‘zidan
amalga oshgan
emas. O‘tgan asrning 90- yillari boshlarida butun mamlakatda
bo‘lgani singari Buxoro viloyatida ham qator ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar ko‘ndalang turardi. Sobiq
Ittifoq davridagi iqtisodiy
aloqalar uzilib qolgan, mavjud sanoat korxonalari to‘xtagan, ishlab
chiqarish deyarli izdan chiqqan, aholining turmush darajasi esa tushib
ketgan bir davr edi. Shunga qaramasdan, ahvolni o‘nglash maqsadida
islohotlarni amalga oshirish va bozor munosabatlarini
shakllantirish
sari dadil qadam tashlandi va bunday sa’y-harakatlar xalq irodasi
bilan o‘z samarasini berdi.
Mustaqilligimizning dastlabki qadamlaridan Buxoroga e’tibor
hukumat siyosatining ajralmas tarkibiy qismiga aylandiki,
bu borada
qabul qilingan qarorlar ushbu fikrni taqdiqlaydi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-
noyabrdagi “Bahovuddin Naqshband tavalludining 675
yilligini
nishonlashga tayyorgarlik va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-
dekabrdagi “Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligini
nishonlash
to‘g‘risida”gi
qarori,
shuningdek,
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007- yil 11-sentyabrdagi
“Buxoro shahrining tarixiy qismidagi madaniy meros ob’ektlarini
muhofaza qilish masalalari to‘g‘risida”gi 191-sonli qarori. Buxorodagi
Masjidi Kalon, Chorbakr, Ark qal’asi
kabi qator osori-atiqalar
ta’mirlanib, asl qiyofasiga keltirildi. Tasavvuf namoyandalari,
Naqshbandiya tariqati asoschilari Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin
Naqshband ziyoratgohlari obod etildi. Bularning barchasi yuqorida
e’tirof
etilgan
hukumat
qarorlarining
ijrosi
to‘la-to‘kis
ta’minlanganligini ko‘rsatadi.
246
Ayniqsa, Buxoro madaniy
markazi amalga oshirilgan
bunyodkorlik ishlarining yorqin namunasi sifatida alohida madaniy-
ma’rifiy ahamiyatga ega. Birinchi Prezidentimiz tashabbusi va g‘oyasi
asosida barpo etilgan 107 gektardan iborat madaniy markaz yirik
inshootlar - 700 o‘rinli
viloyat musiqali drama teatri, 2000
tomoshabinga mo‘ljallangan amfiteatr, ular o‘rtasida esa “Ko‘hna va
boqiy Buxoro” monumentidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: