Buxoro tarixi



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

 
 
1
Қаранг: Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарварақларида. 1-китоб. – Т.: Lesson Press, 2016. 
– Б.263-268.


231 
10.3. Sovetlar davrida Buxoro viloyatida iqtisodiy xayot 
Qizil 
armiya 
tomonidan 
Buxoroning 
bosib 
olinishi, 
bosqinchilarga qarshi olib borilayotgan milliy ozodlik kurashi 
iqtisodiy inqirozni yana ham chuqurlashtirdi. Dehqon xo‘jaliklarining 
xonavayron bo‘lishi natijasida 1918 yilga nisbatan olganda 1920-yil 
oxirida dehqonchilik 30%, 1922-yil boshlarida 40%, chorvachilik esa 
mos ravishda 40% va 53%ga tushib ketdi. 1922-yilga kelganda ekin 
maydonlari deyarli ikki baravar

qorako‘l teri tayyorlash 20 baravar

paxta etishtirish esa 26 baravar qisqardi. Ana shu davrda 
hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 50%, savdo-sotiq 
aylanmasi esa 75% ga tushib ketdi. 
BKPning 1 s’ezdi “Yer mehnatkashlarga” shiori ostida o‘tdi. 
S’ezd Buxoro revkomining 1921-yil 2-fevral “Xamma yer umumxalq 
mulki, ya’ni davlat mulki deb amirning milliylashtirilgan yerlari, 
shuningdek vaqf yerlari, ulardagi ko‘chmas mulklar bilan birga, yersiz 
va kam yerli dexqonlarga bo‘lib berildi” - deb e’lon qilgan dekretini 
ma’qulladi. Yer islohotini amalga oshirish uchun barcha viloyatlarda 
va tumanlarda yer komitetlari tuzish va bularga eng kambag‘al 
dehqonlarni jalb etish zarur deb topdi. 
Mamlakat iqtisodini rivojlantirishda vaqflar ham katta ahamiyat 
kasb etdi. 1921-yil 10-avgustdagi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 
Buxoroda 208 ta masjid va 215 ta madrasaga qarashli 200 vaqf 
muassasasi ro‘yxatga olingan. Vaqf yerlarining miqdori 3000 tanob 
/750 desyatina/, 57 ta saroy, 1414 ta do‘kon, 23ta bozor joyi , 10ta 
hammom, 18ta tegirmon va 133 turar joy hujradan iborat bo‘lib, bir 
yilda 1 mln. so‘m sof daromad keltirar edi. Yangi hukumat ana shu 
vaqf mulklarini to‘la musodara qilingan yer va ish anjomlarini xalqga 
berish bilan cheklandi. Yosh BXSR oldida turgan eng muhim masala 
siyosiy iqtisodiy va xarbiy masalalar bo‘lib bularni amalga oshirish 
uchun yirik moliyaviy resurslar kerak edi. 
Ana shu davrda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmi 50%, savdo-sotiq aylanmasi esa 75%ga tushib ketdi
1

O‘zbekiston SSR 1925-yilda tashkil topgach, Buxoro shahri 
sovet hokimiyati tomonidan birin - ketin tuzilgan. Zarafshon viloyati 
(1925-yil 29-yanvardan), Buxoro okrugi (1925-yil 29-sentyabrda) , 
1
Рашидов У. Бухоро Россия билан иқтисодий ва сиёсий муносабатлар тарихидан. –
Бухоро: Бухоро, 2013. –Б.105.


232 
Buxoro oblasti (1938-yil 15-yanvardan) ning ma’muriy markazi 
sifatida rivojlanishda davom etdi. Bu paytda qadimiy Buxoro shahri 
o‘zida faqat oblast markazi maqomini saqlab qoldi.
Buxoro shahrida 1929-yili vodoprovod qurilishi tugallandi, 
Shaharni elektrlashtirish boshlandi. Shaharda 1935-yili markaziy 
elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu davrda Buxoroda o‘nlab turar joy 
binolari, 2 kavatli mehmonxona, Buxoro davlat pedogogika 
institutining 2 qavatli binosi, O‘kituvchilar instituti uchun 3 qavatli 
yotoqxona qurildi. Shahar markaziy qismining tarixi yangidan tuzildi. 
Shaharda yangi ko‘chalar ochildi, mavjud ko‘chalar kengaytirildi, eski 
ko‘priklar ta’mirlandi, yangi maydonlar va xiyobonlar barpo etildi. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida Buxoroda asosan o‘z ishini 
harbiy izga solgan engil va oziq-ovqat tarmoqlari rivojlandi. Buxoroda 
paxta tozalash zavodi qurib ishga tushurildi, yigiruv fabrikasi va ko‘n 
zavodi barpo etildi. Urush davrida (1941-1942-yillar) Buxoroga front 
va front orti hududlaridan 10000 kishi, asosan, bolalar keltirilib 
joylashtirildi. 50-60-yillarda Buxoroning barcha sanoat korxonalari va 
qurilish tashkilotlari yangi texnika bilan jixozlandi, qo‘l mexnatiga 
asoslangan ayrim sermehnat jarayonlar mexanizatsiyalashtirildi. 
Ishlab chiqarishni avtomatlash va mexanizatsiyalashga alohida e’tibor 
berildi. Yangi korxona va sexlar, engil sanoatda kanvierlar va 
hokazolar qurildi. 
Sovet hokimiyati yillarida Buxoroda Hazrati Imom qabristoni 
tashlandiq joy va xarobaga aylantirildi. Bu erdagi qadimiy masjid va 
maqbara, darvoza boshqa tarixiy yodgorliklar ham buzib tashlandi. 
Hovuz va ariqlar ko‘mib yuborilib daraxtlar kesib tashlandi. Qabrlar 
ustidagi marmar sag‘ana toshlari yo‘qotildi va tashib ketildi. 
Shuningdek Pushtai Behishtiyon qabristoni va maqbaralari buzib 
tashlanib, ular o‘rnida Buxoro shahar yog‘ zavodi, 4-maktab hamda 
Buxoro kooperativ texnikumi qurilgan. 
70-yillardan e’tiboran O‘zbekiston sanoati, shu jumladan 
Buxoro sanoatining rivojlanishi sanoat ishlab chiqarish hajmi va 
mexnat unumdorligining o‘sish sur’atlarining pasayishi, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining aynishi va xokazolar singari 
inqiroz hodisalari bilan bog‘lik tarzda susaya bordi. Yangi sanoat 
ob’ektlari-fabrika, kombinat, sex va hokazolar barpo etish yo‘li bilan 
sanoatdagi turg‘unlikni bartaraf etish tadbirlari ko‘rildi. Shu bilan 
birga, bu sharoitda Buxoroning an’anaviy xalq hunarmandchiligi bilan 


233 
bog‘liq korxonalari rivojlantirishda davom etdi, inqiroz ular 
faoliyatida aks etmadi. Ular orasida o‘z soxasida Markaziy Osiyoda 
yagona bo‘lgan Buxoro zardo‘zlik fabrikasini aloxida ko‘rsatib o‘tish 
lozim. Uning zarbof va yo‘rmado‘zlik buyumlari, yo‘rma bezakli 
milliy oyoq kiyimlari turli mamlakatlarda manzur bo‘lgan. Fabrikada 
500 dan ziyod kishi mexnat qilardi, shulardan 90% ayollar, asosan 
o‘zbek ayollari edi. Tikuvchilik-attorlik buyumlari fabrikasi 
muvafaqqiyatli 
ish olib bordi. O‘zbekistonning eng yirik 
korxonalaridan bo‘lgan Buxoro Qorako‘l zavodi maxsuloti dunyoning 
ko‘pgina mamlakatlarida mashhur. Biroq so‘z yuritilayotgan davrda 
zavod faqat xomashyo chiqardi, maxsulot esa Rossiya fabrikalarida 
tayorlandi. 1987-yili Buxoroda yangi poyavzal fabrikasi ishga 
tushirildi. O‘sha yilning o‘zida ikkinchi to‘qimachilik fabrikasi va 
to‘qimachilik kombinatining pardozlash fabrikasi maxsulot bera 
boshladi. 1980-1990-yillarda to‘qimachilik kombinati qurib ishga 
tushirildi. Buxoroliklar 1988- yil dekabrda zil-ziladan zarar ko‘rgan 
Armaniston aholisiga 1989-yildagi yanvar zilzilasini boshidan 
kechirgan Tojikiston aholisiga qardoshlik yordami ko‘rsatdilar. 
80-yillarning o‘rtalariga kelib, inqiroz xolati sho‘ro jamiyati 
xayotining barcha sohalarini qamrab olgan bir sharoitda, avvalo, 
iqtisodiyotiga jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurati tug‘ildi. Tub iqtisodiy 
islohotlar o‘tkazish muqarrarligi ravshan bo‘lib qoldi, uni amalga 
oshirish uchun O‘zbekiston, shu jumladan Buxoro sanoatining ayrim 
tarmoqlari xo‘jalik hisobiga yoki jamoaviy pudratga o‘tkazildi
1

Bu davrda Buxoroda shaxar xo‘jaligini yangilash bo‘yicha ko‘p 
ishlar qilindi. Qadimiy obidalar va tarixiy yodgorliklar makoni 
bo‘lgan Buxoroda sayyohlikni rivojlantirishga ham asos soladi. 
Buxoroda “Inturist”, “Zarafshon” va “Guliston” mehmonxonalari 
qurib ishga tushirildi. Abu Ali ibn Sino nomidagi madaniyat saroyi 
barpo etildi.
Buxoroda sovet davrida sanoat korxonalarining soni va 
salmog‘i ortib bordi. Xususan, Buxoro viloyat xududida katta 
miqdordagi gaz va neft xamda oltin va uran konlarining topilishi sovet 
xokimiyati 
yillarida 
shaharda 
yangi 
sanoat 
korxonalarini 
rivojlantirishga asos bo‘ldi. Uysozlik, madaniy-maishiy hizmat 
tarmoqlarini 
barpo 
etish 
jadallashdi. 
Obodonlashtirish 
va 
1
Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.81.


234 
ko‘kalamzorlashtirish ishlari tubdan yaxshilandi. Xalqaro va mahalliy 
turizm yo‘lga ko‘yildi. 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish