10.2.Buxoro Xalq Respublikasi hududida sovet rejimiga
qarshi qurolli harakat (1920-1924)
Bolsheviklar tomonidan o‘rnatilgan kommunistik rejimga
qarshi kurash 1920-1924-yillarda Buxoro va unga qarashli tuman va
bekliklar hududlarini qamrab oldi. Bu harakatga sovet hukumati
davrida “Bosmachilik” degan rasmiy nom berildi. “Bosmachi” so‘zi
aslida turkiy “bosmoq”(hujum qilmoq) so‘zidan yasalgan. Milliy
ozodlik harakatining mohiyatini soxtalashtirish ajdodlarimizning sovet
rejimi va bolsheviklar hukmronligi hamda qizil armiyaning
bosqinchilik siyosatiga qarshi olib borgan qonli kurashlarini niqoblash
uchun buyuk davlat shovinistlari tomonidan o‘ylab chiqarilgan hamda
225
“banditlik”, “qaroqchilik” degan so‘zlar bilan asossiz suratda
tenglashtirilgan
1
.
Buxoro respublikasidagi mustaqillik uchun kurashayotgan
kuchlar 1920 yilning kuzida tashkil topgan va ikki guruhdan iborat
bo‘lib, ularning har biri o‘zining kurash usuli va yo‘lidan borgan.
Birinchi guruhdagilar amirlik tuzumini qayta tiklash, yangi hukumatni
(“kofirlarga sotilgan jadidlar” hukumatini) ham yo‘qotish tarafdorlari
edilar. Bu guruhga Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor va boshqa
qo‘rboshilar rahbarlik qilishdi. Bu guruhni sobiq Buxoro amiri Said
Olimxon ham qo‘llab-quvvatlab turdi. 1920-yilning avgust oyi
oxirlarida u toj-taxtni tashlab Sharqiy Buxoroga ketdi hamda
Shahrisabz, Boysun, Hisor va Ko‘lob viloyatlarida xalqning qizil
askarlar bosqiniga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlariga rahbarlik
qilishga urindi. 1921-yilning 4-martida Said Olimxon Afg‘oniston
hududiga o‘tib ketdi va o‘sha erdan turib Buxorodagi muxolifat
kuchlariga rahnamolik qildi.
Harakatning ikkinchi guruhi qatnashchilari milliy istiqlol
g‘oyalariga sodiq bo‘lgan buxorolik vatanparvarlardan iborat bo‘lib,
ular Buxoroning muqaddas tuprog‘idan qizil armiyaning olib ketilishi,
Buxoro Xalq Respublikasining rasman, so‘zda emas, balki amalda,
haqiqiy suratda mustaqil bo‘lishi uchun harakat qildilar. Mazkur
guruh tarafdorlarining ko‘lami keng bo‘lib, dastlab Davlatmandbek,
Jabborbek, Doniyorbek, Anvar Posho va boshqalar bo‘lib, ularning
safiga keyinchalik Buxoro Respublikasining juda ko‘pchilik rahbarlari
– Buxoro Respublikasi MIQning birinchi raisi Usmonxo‘ja
Po‘latxo‘jaev, Favqulodda Qo‘mita raisi Muhitdin Maxsum Xo‘jaev,
Respublika Militsiyasining boshlig‘i Ali Rizo Afandi, Sherobod
viloyati noziri Hasan Afandi, Termiz militsiyasining boshlig‘i Usmon
Afandi, Respublika Harbiy ishlari noziri Abdulhamid Oripov,
shuningdek Surayyo Afandi, M.Qulmuhamedovlar ham qo‘shildilar.
Shuni ham ta’kidlash joizkim, qayd etilganlarning ko‘pchiligi jadidlar
va yosh buxoroliklar bo‘lgan. To‘g‘ri, ular ochiqdan-ochiq qurolli
kurash olib bormagan bo‘lsalarda, qurolli muxolifat bilan yashirin
aloqada bo‘lishib, imkonlari boricha ularga yordam ko‘rsatishgan.
Manbalarning guvohlik berishicha, 1920- yildayoq F.Xo‘jaev
boshchiligidagi “Milliy Ittihod” tashkiloti tuzilib, tashkilot a’zolari
1
ЎМЭ, 2-том. –Б.163.
226
yashirin kurash olib borishgan
1
. Ammo kurash har doim ham yagona
dastur va yagona qo‘mondon qo‘li ostida olib borilmagan.
Buxoroda ham Turkistondagi kabi bolshevikcha andoza asosida
sovet tuzumining tashkil qilinishidan, yangi hukumatning ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatidan norozi bo‘lgan, mol-mulkidan ajralgan boylar,
dehqonlar va hunarmandlar qurolli muxolifatning asosini tashkil etadi.
Kurashga boshchilik qilayotgan qo‘rboshilar ham faqat katta boy va
yirik diniy arbob bo‘lmasdan, ular orasida ziyolilar, jadid
vatanparvarlari, turli kasb egalari ham mavjud edi.
Buxoro ozodlik kurashchilarining bosh qo‘mondoni G‘ozi,
Buxoro inqilobchisi Qori Abdulla, Norqul Botir, Doniyolbek
ellikboshilar imzo chekkan maktub Buxoro Respublikasi hukumatiga
yuborilib, unda kommunistlarning, favqulodda komissiyaning,
umuman bolsheviklarning hatti-harakatlaridan norozilik, Buxoroni
haqiqatda mustaqil emasligi qayd etilgan hamda bu Buxorodagi
mustaqillik uchun kurashning o‘ziga xosligi bo‘lib, bu erda harakat
qisqa fursatda ommaviy tus olgan.
Buxoro Xalq Respublikasi hududida qurolli muxolifatning
harakati ikki davrni o‘z ichiga qamrab oladi. Birinchi davr 1920-1924-
yillarni, ikkinchi davr esa 1925-1935-yillarni qamrab oladi.
Harakatning birinchi davrida kurash Sharqiy Buxoroda va G‘arbiy
Buxoroda olib borilib, Sharqiy Buxorodagi harakatga Ibrohimbek,
G‘arbiy Buxorodagi harakatga esa Mulla Abdulqahhor boshchilik
qilgan.
1921-yil oktyabrida Buxoro shahriga etib kelgan Anvar Posho
oradan ko‘p o‘tmay Sharqiy Buxorodagi vatanparvarlar safiga
qo‘shildi. Anvar Posho (1881-1922) – yosh turklar inqilobini amalga
oshirgan, “Ittihod va taraqqiy” partiyasi rahbarlaridan biri, general
(Posho)unvonini olgan, Turkiyaning harbiy vaziri lavozimida
ishlagan. U 1921-yil dekabrdan boshlab Sharqiy Buxorodagi
qo‘rboshilarga rahbarlik qila boshladi. Anvar Posho ko‘rsatmasi bilan
Buxoro , Farg‘ona va Xorazm qo‘rboshilarining uchrashuvlari
muntazam o‘tkazib turildi hamda ularga kerakli yo‘l-yo‘riqlar berildi.
Buxoro amiri Said Olimxon ham Anvar Posho orqali Turkistondagi
istiqlolchilar guruhlari bilan muntazam aloqani yo‘lga qo‘yib turdi.
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.- Т.: Шарқ, 2000. –Б.251.
227
Mulla Abdulqahhor (1884-1924) – G‘arbiy Buxoroda qizil
armiya qismlariga qarshi kurashgan istiqlolchi kuchlarning bosh
qo‘mondoni, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan.
Mulla Abdulqahhor Buxorodagi mashhur Mir Arab madrasasida tahsil
olib, buxoroliklar orasida katta obro‘ga ega bo‘lib yirik ulamo sifatida
nom chiqargan. Uning qo‘l ostida 20 ta qo‘rboshi dastalari birlashgan
edi: O‘rmon Polvon, Metan Polvon, Naim Polvon, Shukur Xo‘ja,
Jo‘ra Amin, Hayit Amin, Oston Qorovulbegi (Ostoncha), Said
Mansur, Murod Meshkob, Azimxo‘ja, Hamro Polvon, Murod Polvon,
Tosh Murdasho‘y, Xushvaqt va Sirojxo‘ja kabi sardorlar. Bulardan
Metan Polvon va Naim Polvon Mulla Abdulqahhorning ukalari bo‘lib,
dushmanga nisbatan shafqatsizliklari bilan nom chiqargan edilar. Ular
asosan G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitan tumanlari va
Nurotada harakat qilgan edilar
1
.
“Buxoro shahri atrofidagi fuqarolar, G‘ijduvon, Pirmast,
Vobkent, Xo‘ja Orif, Xutfar, Vang‘oze, Qorako‘l tumanliklari aholisi
va fuqarolari, taxminan 15 ming nafar odam uning(mulla
Abdulqahhorning) atrofiga jamlangan edi”
2
.
G‘arbiy Buxoroda 1921-yilda tuman markazlari va yirik
qishloqlarda qizil askarlarning harbiy garnizonlari tuzildi. Bunday
garnizonlar Shofirkon, Talisafed, Vardonze, Vobkent, Romitan,
Zandana, G‘ishti, G‘ijduvon va boshqa joylarda tashkil etildi. Ular
ko‘pincha qishloqlarni talon-toroj qilish bilan shug‘ullandi. Arxiv
ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro istiqlolchilari saflarida ko‘plab
o‘zbek va tojik ayollari ham kurashgan
3
.
Bu paytda M.Abdulqahhor qo‘rboshi Afg‘onistonda turgan sobiq
amir S.Olimxon, Ibrohimbek va Anvar Posho bilan doimiy aloqalarni
yo‘lga qo‘ydi. Mulla Abdulqahhorning qo‘shiniga qisqa vaqt ichida
minglab buxoroliklar kelib qo‘shildi. S.Olimxonning yozishicha,
M.Abdulqahhor qo‘shiniga Buxoro atrofidan taxminan 6 ming nafar,
Vobkent tarafidan 2 ming nafar, Shofirkondan 2 ming nafar, Pirmast
tumanidan 2 ming nafar, Xutfar va Laqlaqa (Romitan va Peshko‘)dan
2,5 ming nafar, Vag‘onza (Qiziltepa)dan 3 ming nafar va Bahouddin
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб. –Б. 258-259.
2
Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. -Т.:1991. –Б.20.
3
Қ.Ражабов. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш:тарих ҳақиқати
(1920-1924). –Т.: Маънавият, 2002. –Б.81.
228
(Kogon) tumanidan 2 ming nafar – jami 25 ming nafardan ortiq jamoa
yig‘ilgan
1
.
G‘ijduvon jangi natijasida qizil askarlarga qattiq zarba berildi,
bir oy ichida ikki ming dona beshotar miltiq, yuz ming dona beshotar
miltiq o‘qi, o‘nta pulemyot,uchta zirhli mashina (bronevik) o‘lja qilib
olindi. G‘ijduvondan so‘ng Shofirkon, Vobkent va Romitan ham
istiqlolchilar qo‘liga o‘tib, Nurotaga hujum uyushtirildi va u
harakatning qarorgohi bo‘lib qoldi
2
.
Buxoro istiqlolchilarining o‘ziga xosligi shunda ediki, ular
Farg‘ona istiqlolchilaridan farqli ravishda yangi hukumatning
rahbarlariga maktub yo‘llab o‘z maqsad va talablarini bayon etishgan.
Masalan, yuqorida qayd etilgan harakatlardan keyin istiqlolchilar
qarorgohidan Mulla Jalol va Hazratqulbek vakilligida BXSR
hukumati raisi F.Xo‘jaevga ultimatum (talabnoma) yuborilib, unda
shunday deyilgan edi: “Zarafshon daryosining yuqori qismini berasan,
aks holda Buxoroga hujum qilaman”
3
. Istiqlolchilarning talabi rad
etilgach, 1922- yilning martida Buxoroga hujum uyushtirildi.
Zarafshon daryosining Mehtar Qosim (Vobkent hududida) ko‘prigi
atrofida BXSRning qizil askarlari mag‘lubiyatga uchradi. Bu erda bir-
ikki kun davomida qattiq janglar bo‘lib o‘tdi.
Shundan keyin M.Abdulqahhor Eski Buxoroga hujum qilib,
qisqa fursatda shaharning 6 ta darvozasini egalladi. Erishilgan
ustunlikni mustahkamlash maqsadida o‘z qo‘shinini ikkiga bo‘lib,
birinchi qismini Kogonga yo‘naltirdi, ikkinchi qismi bilan o‘zi Eski
Buxorodagi vaziyatni to‘rt soat davomida ushlab turdi va keyin Qasri
Orifon (Kogon)ga harakat qildi.
Biroq bu muddat ichida qizil qo‘shin o‘zining katta kuchlarini bu
erga to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va istiqlolchilarni mag‘lub etdi. Shu
vaqtgacha Anvar Poshoning qo‘shini Shahrisabz va Qarshi orqali
Buxoro viloyatiga etib kelishi kerak edi. Afsuski bunday bo‘lmadi va
qo‘shimcha kuchlar etib kelolmadi. Aynan shu fursatda Eski Buxoro
atrofida vaziyat murakkablashdi. Buxoro shahrini Jabbor qo‘rboshi
hamma tomondan qurshab olgan edi (1922-yil 5-mart). BXSR
hukumati Turkiston ASSRdan yordam so‘radi va Samarqanddan,
Toshkentdan qo‘shimcha kuchlar, Zakaspiydan esa otliqlar polki
1
Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. -Т.:1991. –Б. 23.
2
Қ.Ражабов. Кўрсатилган асар. –Б.82.
3
А.Набиев.Жанговар йиллардан лавҳалар. -Т.: 1968. –Б.13.
229
yordamga etib keldi. Oqibatda Jabbor qo‘rboshining qo‘shini ham
mahv etildi. Bir necha kunlik shiddatli janglardan so‘ng Vobkent,
G‘ijduvon, Shofirkon va boshqa shaharlar birin-ketin qizillar
tomonidan bosib olindi. Shunday bo‘lsada, harakat davom etgan.
Masalan, 1922-yilning aprel oyi boshlarida Buxorodan 15 chaqirimlik
masofadagi Jondorda qizil qo‘shin bilan ayovsiz to‘qnashuvlar bo‘lib
o‘tgan.
1922-yilning
bahorida
Buxoro
Respublikasidagi
qurolli
harakatda vaziyat yanada keskinlashdi. 1922-yilning 19-mayida Anvar
Posho Sovet davlatining poytaxti –Moskvaga ultimatum yuborib rus
qo‘shinlarini Turkiston tuprog‘idan olib chiqib ketishni talab qildi.
Talabnomaga
javob
berilmadi
va
aksincha
qarshi
harakat
kuchaytirildi. 1922-yilning 1-iyunidan boshlab BXSR hududida ikki
front: Sharqiy va G‘arbiy front tashkil etildi. Natijada qizil armiya
qo‘shini qat’iy hujumga o‘tib, shu yilning 4-avgustida Sharqiy
Buxoroda (Baljuvon atroflarida) Anvar Posho qo‘shiniga qarshi katta
kuchni tashladi. Jang paytida besh joyidan yaralangan Anvar Posho
o‘ldirildi. Shu jangda og‘ir yaralangan Davlatmandbek ham jangdan
keyin o‘ldi. Anvar Poshoning dafn marosimida 250 ming
turkistonliklar ishtirok etishgan.
Istiqlolchilik harakati 1922- yilning kuzi va 1923- yilning
boshlarida ham faol davom etgan. Buxoro qo‘rboshilari orasida
o‘zining jasurligi bilan nom chiqargan Hamro Polvon (1892-1941)
asosan Romitan tumanida faoliyatini kuchaytirdi. Qo‘rboshi Murod
Meshkob asosan Peshko‘ va Romitan tumanlarida harakat qildi. 1922-
yilning dekabrida Oston qo‘rboshi SHofirkonda harakatini
kuchaytirdi. Jo‘ra Amin qo‘rboshining dastasi esa shu vaqtda
Jondorda qizillarga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Qo‘shimcha kuchlar etib
kelgachgina, qizillar Jondorni egallab olishga muvaffaq bo‘ldilar.
Qizillarning ustunlikni qo‘lga kiritishlaridan so‘ng shu yilning
dekabrida Buxoro atroflarida istiqlolchilardan 511 kishi halok bo‘lib,
127 kishi asirga olindi.
1923-yilning boshi va bahorida Buxoro viloyati hududida,
umuman G‘arbiy Buxoroda qurolli harakat yana jonlandi. Jo‘ra Amin
(Jondor-Yakkatutda), Oston Qorovulbegi (Zandananing g‘arbida),
Murod Meshkob (Xo‘ja Za’faronda), Mulla Abdulqahhor, Metan
Povon va O‘rmon Polvon (Nurotada), Naim Polvon (G‘ishtida),
Hamro Polvon (Buxoro shahridan shimoliy g‘arbda), Tosh
230
Murdasho‘y (Kumushkentda) harakat qildilar. Amudaryo bo‘yi
rayonida Ochil Sardor (Qorako‘l atrofida), Qilich Sardor (Denovda),
Rustam (Burdaliqda), Qilich Mergan (Karkida) kurashdilar.
1923- yilning bahori-yozida qurolli harakat markazi Nurotada
bo‘lib, Mulla Abdulqahhorning qarorgohi shu erda edi. Bu paytga
kelib unga Metan Polvon, Latif Devonbegi, Abdurasul Afandi,
Xushvaqt, Og‘a Gulbek, Yodgor Xo‘ja, Siroj Xo‘ja, Musaboy, Azim
Yuzboshi, Mulla Qarshi, Nazir Yuzboshi, Asadulla Qorovulbegi, Oqil
Qorovulbegi, Mustafo Qorovulbegi, Mulla Mansur kabi qo‘rboshilar
bo‘ysunardi. Qorako‘l tumanida harakat qilayotgan Murod Polvon
safdoshlari Jo‘ra Amin va Hayit Polvonlar bilan birgalikda aprel
oyining oxirida Jondordagi qizil askarlar garnizoniga muvaffaqiyatli
hujum uyushtirib, dushmanning ikkita aeroplani (samolyoti)ni urib
tushirishdi. 10 iyunda Tosh Murdasho‘y va A’zam Xo‘janing 300
otliq otryadi Xargo‘sh atroflariga hujum qilib, bu erdagi qizillar
garnizonini qirib tashladi (Q.Rajabov. Ko‘rsatilgan asar,115-bet).
Jo‘ra Amin (1889-1926)ning yigitlari Jondor va Qorako‘l tumanlarida
Pavlov qo‘mondonligidagi 13-o‘qchi korpusiga qarshi shafqatsiz
janglar olib borishdi.
1924-yilning boshlarida G‘arbiy Buxoroda Zandanada (Mulla
Abdulqahhor), Qorako‘lda (Jo‘ra Amin), Jondorda (A’zamxo‘ja),
Buxoro shahrining shimoliy g‘arbida (Tosh Murdasho‘y), Vobkentda
(Ko‘r Ota), G‘ijduvonda (Islom Qorovulbegi), Shofirkonda (O‘rmon
Polvon, Metan Polvon va Naim Polvon) kurashni davom ettirdilar.
Ammo 1924-yilning 5-iyulida boshlangan “Bosmachilikni tugatish
oyligi” natijasida 17 qo‘rboshi va 250 yigit qo‘lga olindi. Mulla
Abdulqahhor 1924- yilning noyabrida Qizilqumda o‘ldirildi. Shunday
qilib, 1924-yilning oxirlariga kelib Buxoro va Karmana (G‘arbiy
Buxoro) viloyatlaridagi istiqlolchilik harakati asosan mag‘lubiyatga
uchradi. Lekin bu istiqlolchilik harakatining batamom mag‘lubiyatga
uchraganini bildirmasdi. Keyingi davrda bu harakat yangi bosqichga
ko‘chdi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |