Toshkent-Buxoro “Afrosiyob” tezyurar poezdi
Tez kunlarda elektropoezdning ikkinchisi ham olib kelinadi.
Poezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish barobarida qo‘shimcha ish o‘rinlari
yaratilib, 15 mashinist va 50 ga yaqin vagon kuzatuvchisini ish bilan
ta’minlash ko‘zda tutilgan. “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar
korxonasi hududida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarga
xizmat ko‘rsatish sexi qurilmoqda. Bu ham yangi ish o‘rinlarini
ko‘paytirish imkonini beradi.
2010-yilda tashkil etilgan, zamonaviy texnologik uskunalar
bilan jihozlangan “Buxoro brilliant silk” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma
korxonasida pilla qayta ishlanib, turli o‘lcham, ko‘rinish va rangdagi
matolar tayyorlanmoqda. Bunda buyurtmachi taklifi va bozor talabi
asosida ish tutilmoqda. Hozir bu erda “Bahor”, “Yomg‘ir”,
“Yulduzlar” kabi o‘nlab ko‘rinishdagi matolar ishlab chiqarilmoqda.
255
Matoga bosilgan gullarning o‘ziga xosligi shundaki, ularning rangi
o‘chmaydi, suv va quyosh nuriga chidamli.
“Buxoro brilliant silk” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma
korxonasi ma’muriy binosi
Ipak matolar ekologik toza, har qanday iqlimga mos. Mahsulot
buyurtma asosida Farg‘ona, Samarqand, Xorazm viloyatlari va
Toshkent shahridagi xaridorlarga etkazib berilmoqda. Tayyor
mahsulotni eksport qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan
muzokaralar olib borilayotir.
Ayni paytda “Buxoro brilliant silk” qo‘shma korxonasining
ipak tolalari xorijda xaridorgir. O‘tgan yili Eron, Vetnam, Turkiya,
Hindistonga qariyb 2,5 million dollarga teng mahsulot eksport qilindi.
Bunday korxonalarni ko‘paytirishimiz kerak, dedi davlatimiz
rahbari. Bu korxonalar uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini
yanada takomillashtirish, hududdagi kasb-hunar kollejlari bilan
hamkorlik qilish lozimligini qayd etdi.
Buxoro viloyatida etishtirilgan paxta tolasini qayta ishlashga
ixtisoslashtirilgan
“O‘zbekengilsanoat”
aksiyadorlik
jamiyati
tomonidan sobiq “Buxoroteks” AJ negizida tashkil etiladigan
“Indorama Indast LTD” O‘zbekiston - Singapur qo‘shma korxonasi
256
ishga tushgach, 400 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Korxonaga
Shveysariyaning “Riter” kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy
va energiyatejamkor texnologiyalarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida paxtani qayta
ishlaydigan zamonaviy korxonalar tashkil etilmoqda. Bu hududda
etishtirilgan paxta tolasini shu erning o‘zida qayta ishlash, tayyor
mahsulot ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatini
kengaytirmoqda.
Bugun Buxoroda etishtirilayotgan paxta tolasining 20,6 foizi
viloyat hududida sanoat usulida qayta ishlanmoqda. Yangi loyiha
bo‘yicha viloyatning 7 shahar va tumanida 13 yirik sanoat korxonasini
foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu viloyatda etishtirilgan
paxta tolasining 65 foizini qayta ishlash, 5 mingga yaqin ish o‘rni
tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
“O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2017-
2018-yillarda Buxoro viloyatida paxta tolasini qayta ishlash dasturini
bajarish uchun mamlakatimiz tijorat banklari mablag‘lari va chet el
investitsiyasini jalb qilish rejalashtirilgan.
Erdan unumli foydalanish, tutzorlar barpo etish bo‘yicha yangi
loyiha taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda etishtirilgan ipak
tolasiga dunyo bozorida talab yuqori.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buxoro
viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi asosida 39
loyiha hayotga tatbiq etiladi.
Mamlakatimizda turizmning ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy,
etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq,
sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini rivojlantirish
bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Dastur doirasida BMTning Butun jahon turizm tashkiloti
(YUNVTO) hamda turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy
tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, sayyohlik industriyasi
ob’ektlarini jadal rivojlantirish, yo‘l-transport va muhandislik-
kommunikatsiya infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish
chora-tadbirlariga 18,5 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda
tutilgan.
Mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar orasida mashhur muzeylar
va moddiy madaniy meros ob’ektlarida tashrif buyuruvchilar uchun
qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida bugungi kunga qadar Buxoro
257
viloyati bo‘yicha 17 ta ob’ektlarda jumladan, Buxoro shahridagi 9 ta
(Buxoro xalqaro aeroporti, Poyi kalon majmuasi, Toqi Zargaron, Labi
Havuz, Toqi telpakfurushon, Toqi Sarrofon, favvoralar maydoni, Ark
qo‘rg‘oni, Moxi-Xossa yozgi saroyi), Kogon tumanida 1 ta (temir yo‘l
vokzali) hamda “Etti pir” ziyoratgohlarida bepul Wi-Fi hududlar
tashkil qilingan.
2019-yilning oxiriga qadar qo‘shimcha 27 ta ob’ektlarda Wi-Fi
hududlarni tashkil etib, ular sonini 44 etkazish rejalashtirildi.
O‘tgan ikki yil davomida juda ko‘plab xorijiy davlatlarda
Buxoro viloyatining turistik salohiyati, turizm sohasiga, jumladan,
sayyohlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha taqdimotlar
o‘tkazildi.
Xususan,
2018
yilda
viloyat
turizmni
rivojlantirish
departamenti tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi, Turkmaniston,
Turkiya, Indoneziya kabi davlatlarda viloyatning turistik potensiali
bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilgan bo‘lsa, 2019-yilda bunday
taqdimotlar Belorussiya, Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Fransiya,
Chexiya,Xitoy, Hindiston, Indoneziya, kabi mamlakatlarda o‘tkazildi.
Ichki turizm va ziyorat turizmini keng yo‘lga qo‘yish
maqsadida Etti pir ziyoratgohlarining tubdan ta’mirlanishi va ular
oldida zamonaviy infrastrukturaga ega inshootlarning barpo etilishi
viloyatning va umuman mamlakatimizning turistik salohiyatini
oshirish uchun katta ahamiyat kasb etadi.
“O‘zmilliybank” huzuridagi Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
va Property Industry MCHJ ta’sischiligida Buxoro tumanida 38
gektarda agrologistika markazi barpo etildi. 21,8 million dollarlik
mazkur loyiha doirasida bu erda Xitoy, Germaniya, Daniya
texnologiyalari asosida meva-sabzavotlarni quritish, muzlatish,
murabbo, jem va tuzlamalar ishlab chiqarish quvvatlari, muzlatkich va
sublimatsiya tashkil etiladi. Bu yiliga 10 ming tonna meva-sabzavotni
qayta ishlash, dastlabki yillarda 6,5 million dollarlik mahsulot eksport
qilish imkonini beradi.
Yangi chorvachilik kompleksi 1000 bosh qoramol va 1 ming
500 bosh qo‘y boqishga mo‘ljallangan. Umumiy qiymati 10 milliard
so‘mdan ortiq bo‘lgan mazkur loyiha natijasida 2 ming 650 tonna sut,
200 tonna go‘sht, 2,5 tonna jun ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 800
gektar maydonda ozuqa etishtiriladi.
258
Umumiy qiymati 406 million dollardan ortiq bo‘lgan Amu-
Buxoro irrigatsiya tarmoqlari loyihasi doirasida Amu-Buxoro-1 yangi
nasos stansiyasi quriladi, Amu-Buxoro-2, Quyi mozor, Qiziltepa va
Qiziltepa-1 nasos stansiyalari rekonstruksiya qilindi. Buning
samarasida Buxoro viloyatida 275 ming, Navoiy viloyatida 40 ming
gektar er suv bilan barqaror ta’minlanadi. Yiliga 134,2 million kilovatt
elektr energiyasi, 25,6 milliard so‘mdan ziyod byudjet mablag‘i
tejaladi
1
.
Buxoro shahri Respublika hukumatining ijtimoiy yo‘sindagi
bozor
iqtisodiyotining
bosqichma
-
bosqich
shakllanishini,
tashabbuskorlik va ishchanlikni har tomonlama kuchaytirish,
iqtisodiyotni markazlashuvdan va monopoliyadan chiqarish, korxona
va tashkilotlar mustaqilligini kengaytirishdan iborat siyosatini
og‘ishmay amalga oshirmoqda.
Buxoro ip-gazlama ishlab chiqarish birlashmasi to‘qimachilik
kombinati va to‘rtta tuman filiali singari bazaviy korxonalarni o‘z
ichiga oladi. 1994-yil ushbu birlashmada 18 mingdan ziyod kishi
ishlagan. Birlashma mutaxassislarining sa’y-harakatlari tufayli ishlab
chiqarish birmuncha oshdi. Natijada 1994-yilning birinchi yarmida
1991-yilning o‘sha davriga nisbatan kalava chiqarish 2 foizga, tayyor
gazlama esa 12 foizga o‘sdi
2
.
Birlashma tashabbusi bilan birqancha savdo uylari ochilib, ular
yaqin xorijda Buxoro to‘qimachilari manfaatini ifodalab, mol
ayirboshlashni amalga oshirishadi. Masalan, sochiq va dag‘al gazlama
evaziga Sankt-Peterburg birlashma korxonalariga zaxiraviy qismlar
yuborilgan. Korxona Rossiyaning Ivanovo viloyatiga 250 million
so‘mlik mahsulot yuborib, 170 million so‘mlik mahsulot oldi. 1994-
yilda birlashmaning 28 ta xorijiy sheriklari bo‘lib, ular savdo yo‘llari
orqali mol ayirboshlashni amalga oshirishdi.
Viloyati iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlari
majmuidan iborat bo‘lib, qishloq xo‘jaligida paxta, don, qorako‘lteri
va pilla etishtirish asosiy o‘rinni egallasa, sanoatda paxta tozalash va
to‘qimachilik korxonalari ustun, sanoatda ham jiddiy tarkibiy
o‘zgarishlar yuz berdi. Agar viloyatda 90-yillarning boshida atigi bir
necha respublika ahamiyatiga ega sanoat korxonalari faoliyat yuritgan
1
http://uza.uz/oz/programs/sog-lom-bola-yili/prezidentimiz-ishlo-kh-zhaligi-so-asidagi-isti-
bolli-loyi-al-10-03-2017/
2
Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.164.
259
bo‘lsa, hozirda ularning soni 100dan oshdi. O‘tgan yillar davomida
umuman sanoat tarmog‘ida 27 ta yangi turdagi sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasiga keng imkoniyatlar yaratilib, uning yalpi hududiy
mahsulotdagi ulishi 2000-yildagi 33.0 foizdan 2010-yilda 64.1
foizgacha oshdi. Hozirda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik
biznesning ulushi 17.9 foiz, qishloq xo‘jaligida 98.2 foiz, qurilishda
53.4 foiz, investitsiyalar hajmida 14.4 foiz, chakana savdoda 48.2
foizni tashkil etmoqda. Mustaqillik yillarida olib borilgan izlanishlar
natijasida Qandim, Oqqum va Porsonqul hududlariga neft va tabiiy
gazning kata zaxiralari ochildi. Ana shu konlardagi energetika
xomashyosini qayta ishlash uchun 1997-yilning avgust oyida
Qorovulbozor shaxrida yirik neftni qayta ishlash zavodi ishga
tushurildi. Mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu
korxona Buxoro - Xiva neft - gazli hudud xom-ashyosini qayta ishlash
bilan birga viloyat aholisini ish bilan ta’minlash borasida asosiy
manbalardan biri vazifasini ham o‘tamoqda. Buxoro viloyati misolida
oladigan bo‘lsak, bu erda keyingi etti yilning o‘zida 9.8 milliard dollar
hajmida investitsiya kiritildi. Kelgusi besh yilda 7.8 milliard dollordan
ortiq invistetsiya jalb etish hisobidan bir qancha loyihalarni amalga
oshirish rejalashtirilmoqda.
Xorijiy firmalar bilan hamkorlik hamda qo‘shma korxonalar
faoliyati mustaqillik sharoitida shahar iqtisodiyotining rivojlanish
darajasi va sifatiga yangitdan yondashishni taqazo qilmoqda.
“Omega” grek firmasi Buxoro qorako‘l zavodi asosida jahon
bozorida mutlaqo raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqara boshladi.
Buxoroning “Sitora” korxonasi bolgarlar bilan hamkorlikda
telefon apparatlari, Janubiy Koreyaning “Goldstar” firmasi bilan
hamkorlikda Buxoro uysozlik kombinati negizida televizorlar ishlab
chiqarmoqda. Isroil Firmasi bilan hamkorlikda chigitni qayta ishlovchi
yirik korxona qurilishi nihoyasiga etkazilmoqda, chigit yuz foiz shu
erning o‘zida qayta ishlanadigan bo‘ldi.
“Gufik” hind firmasi bilan hamkorlikda Buxoro zaminida
o‘sayotgan o‘tlardan dori-darmon tayyorlovchi farmasevtika fabrikasi
ishga tushirildi. 1994-1996- yillarda Buxoroda yana 25ta qo‘shma
korxona tuzildi
1
.
1
Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.166.
260
Xorijiy sheriklar bilan o‘rnatilgan yaqin aloqa bo‘yash
pardozlash fabrikasida Gollandiyaning “Shtork” firmasi hamda
Hindistonning “Stovek” kompaniyasining ishlab chiqarish liniyalarini
o‘rnatish imkonini berdi. Ushbu uskunalarni Germaniyaning “Romesh
Klyaynevefers” firmasi o‘rnatdi, natijada fabrikada eni 2 metr 40
santimetr bo‘lgan yangi namunadagi gazlama ishlan chiqarish yo‘lga
qo‘yildi. Bo‘yovchi moddalar muammosi to‘la hal etildi.
Shveytsariyaning “Siba-Gaygi” firmasi fabrikaga 18 tonna kalava
bo‘yog‘i va 38 tonna to‘qimachilik yordamchi bo‘yoqlarni etkazib
berdi.
Buxoro to‘qimachilari Mudofaa vazirligidan harbiy kiyim tikish
uchun kerakli miqdorda material tayyorlab berishga buyurtma oldi.
Harbiy gazlama ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatini e’tiborga
olib, birlashma jahonga mashhur “BASF” firmasi bilan bitim tuzdi.
Shuningdek,
Germaniyaning “Baer” va “SXT Tyubingen”
kompaniyalari bilan ham o‘zaro bitim imzolandi
1
.
Birlashmaning 25 ming nafarlik jamoasi yaqin xorijning 200
iste’molchisiga va uzoq xorijning 40 dan ziyod iste’molchisiga
raqobatbardosh mahsulot yubormoqda.
Buxoro G‘arb mamlakatlari orasida-Germaniya, AQSh, Buyuk
Britaniya, Italiya bilan nihoyatda mustahkam aloqalar o‘rnatgan.
G‘oyat istiqbolli sheriklari-Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy
Koreya, Malayziya firmalari bilan aloqa o‘rnatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning
2018-2019-yil Buxoroga tashrifi davomida viloyatni ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy rivojlantirish bo‘yicha qimmatli taklif va
tavsiyalar, aniq ko‘rsatmalar ilgari surildi. Jumladan, Buxoroda
tasavvuf maktabini, Mir Arab oliy madrasasini, Buxoro tarixi, Islom
tarixi va manbashunosligi ta’lim yo‘nalishlarini ochish to‘g‘risidagi
ko‘rsatmalar bugungi kunda to‘la amaliyotga joriy qilindi. Turizmni
rivojlantirish, etti pir ziyoratgohini obodonlashtirish, Buxoroning eski
shahar qismini YUNESKO talablari doirasida saqlab qolish, aholi
uchun yangi turar-joylar qurish, Buxorositi markazini tashkil etish,
chorvachilik sohasida mashhur Buxoro qorako‘lini qayta tiklash,
qishloq xo‘jaligida klaster tizimini yo‘lga qo‘yish borasida amalga
oshirilgan va oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovor.
1
Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.165.
261
O‘zbekiston Respublikasi Prezidantining 2019-yil 18-martdagi
“Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab quvatlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4243-sonli qaroriga asosan chorva
hayvonlari ozuqa bazasini yaratishga mo‘ljallangan ozuqabop
ekinlarni etishtiruvchilarga sug‘orish tiq quduqlari burg‘ulashga
subsidiya, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini
joriy qilishlari uchun esa kredit mablag‘lari ajratildi.
Chorvachilik sohasi aholining oziq-ovqat mahsulotlariga
bo‘lgan talabini ta’minlovchi asosiy tarmoq bo‘lib, bu soha aholi
ehtiyojlarini ta’minlashda qimmatli chorvachilik mahsulotlari (go‘sht,
sut, tuxum va boshqalar) va engil sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo
(teri, jun va boshqalar) etkazib beradi. Mazkur sohani tubdan
rivojlantirishda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari
sharoitida mustahkam ozuqa bazasini yaratish, chorva mollari va
parrandalarni oqsilga boy, servitamin, ozuqalar bilan yil davomida
uzluksiz ta’minlab borish, seleksiya-naslchilik ishlarini zamonaviy
usullarda takomillashtirib borish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng
joriy qilish dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi.
2016-2019-yillarda
chorvachilikni
rivojlantirishga
mo‘ljallangan Dasturlarning qabul qilinishi chorvachilik soxasini
rivojlanishini ta’minladi.
Prezidentimiz tomonidan sohani rivoji uchun qabul qilingan
qarorlar bilan chorvachilik sohasiga berilgan imtiyozlar evaziga,
tejalgan
mablag‘lar
naslchilik ishlarini yaxshilashga, yangi
texnologiyalarni olib kirishga zamin yaratib, chorva mol bosh sonlari
va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘payishiga olib
keldi.
Buxoro
viloyatida
naslchilik
ishlarini
mustahkamlash,
chorvachilik fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli
qoramollar podasini ko‘paytirish, naslchilik yadrosini shakllantirish va
kengaytirish, qoramollar mahsuldorligini oshirish maqsadida 2016-
2019-yillar mobaynida chetdan 6000 bosh naslli urg‘ochi tanalar
Ukraina va Germaniya davlatlaridan olib kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |