Buxoroda Ipak va ziravorlar xalqaro festivali kunlari
Madaniy markaz turli burchaklaridan boshlangan yo‘laklar
balandligi 18 metrli “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumentiga kelib
tutashadi. Monumentni taniqli haykaltarosh, O‘zbekiston san’at arbobi
Ilhom Jabborov ishlagan.
Obida
zinapoyalari
orqali
ko‘tarilganda,
monument
tevaragidagi zarhal koshinlar diqqatni tortadi. Unda Buxoroning
tuprog‘i oltinga teng, degan ma’no mujassam. Chunki Buxoro azaldan
oltin makoni bo‘lgan. Asl va toza oltin konlari, yombilar shu erdan
topilgan. Ayni chog‘da monumentda nafaqat Buxoroning oltin zamini
oldida, balki Buxoroni sharif shaharga aylantirgan uning fidoyi,
mehnatkash odamlari oldida bosh egish kerak, degan g‘oya ifoda
etilgan. Bu zamin kishilari ezgu ishlari bilan tilga tushganlar. Buyuk
olim Abu Ali ibn Sino, tarixchi olim Narshaxiy, islom dini ravnaqi va
madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan Imom Buxoriy, tariqat
allomalari Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Orif
Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy kabilar, shuningdek,
millatimiz adabiyoti, madaniyati taraqqiyotida munosib iz qoldirgan
247
Ahmad Donish, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jaev,
xalqimizning boshqa asl farzandlari shu zamindan etishib chiqqan.
Ularning nomlari obidada zarhal harflarda naqshlangan. Bu bitiklar
yuqorisida “Ilm o‘rganmoq har bir musulmon erkak va ayol uchun
farzdir”, degan hadis o‘zbek, arab va ingliz tillarida yozilgan.
Ajdodlarimiz va ularning bugungi vorislari bu da’vatni hayot
mazmuniga aylantirishgan. Buxoroning dunyoda ilm-ma’rifat maskani
sifatida shuhrat qozongani bejiz emas.
Xuddi shu erda Buxoroning ko‘hnaligidan darak beruvchi
me’moriy yodgorliklar - Mag‘oki Attor, Ismoil Somoniy, Chorbakr,
Minorai Kalon, Ark qal’asi, Labihovuz, Chorminor, Bahouddin
Naqshband maqbarasi va boshqa qator obidalar tasviri toshda
muhrlangan. “Dil ba yor-u, dast ba kor”-ulug‘ pir Bahouddin
Naqshbandning monumentga bitilgan bu hikmati donishmand
ajdodlarimizning qoldirgan ulkan ma’naviy merosining o‘ziga xos
namunasi sifatida ko‘zga tashlanish barobarida bugungi avlodni
mazkur da’vatga amal qilishga chaqiradi.
Monument markazida uch avlod - baxtiyor yosh oila-ota, ona
va bola, nihol o‘tqazayotgan bobo va nabira hamda uy qurayotgan ota
va o‘g‘ilning barelefli haykallari aks ettirilgan. Bunda chuqur falsafa
bor: hayot adabiy, umr o‘tkinchi, insonning ezgu amallari mangu
qoladi, bu dunyoda inson ezgu ishlar qilmog‘i, farzandlari kelajagini,
el-yurtining ertasini o‘ylamog‘i kerak.
Obida tepasiga o‘rnatilgan balandligi 5 metr, vazni 32 tonnadan
iborat, aylanib turuvchi ulkan Er shari uzoq-uzoqlardan ko‘zga
tashlanadi. Unda O‘zbekistonimiz xaritasi tasvirlangan. Mamlakatimiz
mustaqillikka erishgach, dunyo bilan yuzlashdi, jahon hamjamiyatida
o‘z o‘rnini egalladi, degan teran ma’no ifodalangan. Ushbu obida
milliy ma’naviyatimizning monumental ifodasidir.
Istiqlolning dastlabki yillarida respublikamizda qator teatrlar
rekonstruksiya qilinib, ijodiy jamoalar ixtiyoriga topshirilgan edi.
Buxoro davlat musiqali drama teatrining madaniy markazdagi
muhtasham binosi so‘nggi chorak asrda mamlakatimizda poydevordan
qurilgan yagona teatrdir. San’atkorlar va tomoshabinlarning bir necha
avlodi armonlari ro‘yobga chiqib, barpo etilgan bu teatr o‘zining
ko‘rkamligi, zamonaviy sahna imkoniyatlari va yoritkichlari bilan
jihozlangani, unda yaratilgan qulay shart-sharoitlari bilan Markaziy
Osiyodagi eng go‘zal san’at maskanidir.
248
“Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti, viloyat teatrining
yangi binosi hamda zamonaviy loyiha asosida barpo qilingan
amfiteatrni o‘z ichiga olgan gulzor va xiyobonlardan iborat madaniy
markaz sharif shaharni yanada go‘zal qilib, uni chinakam Sharq
gavhariga aylantirdi.
“
Ko‘hna va boqiy Buxoro” panoramasida aks ettirilgan tarixiy
obidalar
- Poykent (era.avv. Vasr)
- Varaxsha (I-VI asrlar)
- Mag‘oki Attor masjidi (IX asr)
- Buxoro arki (V asr)
- Ismoil Samoniy maqbarasi (X asr)
- Minorai Kalon (1127 yil)
- Sayfiddin Boharziy maqbarasi (XIV-XV asr)
- Xoja Abduxolliq G‘ijduvoniy me’moriy majmuasi (XV asr)
- Mir Arab madrasasi (XIV asr)
- Bahouddin Naqshband majmuasi (XIV asr)
- Chorbakr (XIV asr)
- Labi Hovuz majmuasi (XVII asr)
- Chorminor (XIX asr)
“Ko‘hna va boqiy Buxoro” panoramasida aks ettirilgan tarixiy
shaxslar
- Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar)
- Imom Buxoriy (810-870 yillar)
- Muhammad Narshaxiy (899-959 yillar)
- Mahmud Torobiy (1238 yilda mo‘g‘ullarga qarshi ozodlik
harakati rahbari)
- Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy (1103-1179 yillar)
- Xoja Orif Revgariy (XIII asr)
- Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy (XIII asr)
- Xoja Ali Romitaniy (XIII asr)
- Boboi Samosiy (XIV asr)
- Amir Kulol (XIV asr)
- Bahouddin Naqshband (1318-1389 yillar)
- Ahmad Donish (1827-1897 yillar)
- Sadriddin Ayniy (1878-1954 yillar)
- Abdurauf Fitrat (1886-1938 yillar)
249
- Fayzulla Xo‘jaev (1886-1938 yillar)
- Olim Xo‘jaev (1910-1977 yillar)
- Mutal Burhonov (1916-2002 yillar)
1
O‘zbekiston istiqlolga erishganidan so‘ng o‘tgan 28 yil ichida
mamlakatimiz, jumladan, viloyatimiz iqtisodiy-ijtimoiy hayotining
barcha jabhalarida, jumladan, ajdodlarimizdan meros qolgan tarixiy
yodgorliklarni ko‘z qorachig‘idek asrash, ularni qayta ta’mirlab,
kelajak avlodlarga etkazish borasida asrlarga tatigulik ulkan ishlar
amalga oshirildi. Jumladan, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov qarori
asosida Buxoroning 2500 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni
o‘tkazish bo‘yicha belgilangan tadbirlar doirasida Kalon me’moriy
majmui, Mir-Arab, Ulug‘bek madrasalari, Ark qal’asi, Somoniylar
maqbarasi, Labi Hovuz majmui va boshqa ko‘plab yodgorliklar asl
holiga keltirildi. Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband,
Sayyid Mir Kulol va boshqa tasavvuf allomalarining qadamjolari
yangidan qurildi, asrlar silsilasi va qarovsizlik oqibatida nuray deb
qolgan Chorbakr me’moriy majmui qayta qad rostladi.
Buxoroi sharifni o‘rab olgan qadimiy qal’a va undagi
darvozalar asrlar davomida bu ko‘hna zamin shaharsozligi va
me’morchiligining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Ammo 1920-yilning
kuzida qizil qo‘shinlarning Buxoroga bosqini chog‘ida shahar qal’asi
va darvozalarining to‘plardan o‘qqa tutilgani, bombardimon,
sosialistik shaharsozlikda milliy qadriyatlar va an’analarga umuman
e’tibor berilmagani, yurtimiz obidalarini ta’mirlashga davlat
byudjetidan etarli miqdorda mablag‘ning ajratilmagani sababli 12
kilometr uzunlikdagi qal’aning bir necha o‘n metri, qadimiy
darvozalardan atigi ikkitasining qolgani bu ko‘hna zaminning o‘ziga
xos me’moriy qiyofasi yo‘qolib borishiga olib kelishi mumkin edi.
O‘sha vaqtdagi Viloyat hokimi S.Husenov ana shuni hisobga olib, bir
necha yil muqaddam bir guruh oliyhimmat homiylar, iste’dodli
me’morlar va ta’mirlovchi ustalar ko‘magida qadimiy qal’aning bir
qismini, shahar darvozalarini qayta qurishdek xayrli ish tashabbuskori
bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati Olim
Abdiev boshchiligidagi ta’mirlovchi ustalar guruhi XVI asrda Buxoro
hukmdori Abdulazizxon tomonidan Buyuk Ipak yo‘li yoqasida
1
http://buxoro.uz/post/ko’hna-va-boqiy-buxoro-11291
250
qurdirilgan Samarqand darvozasining poydevori o‘rnida 2009-yilda
me’mor Mahmud Ahmedov loyihasi asosida bu muhtasham obidani
yangidan bunyod etdi.
Buxoroning eski shahar qismiga borgan kishi Labi Hovuz
me’moriy majmuidagi obidalarni ta’mirlandi, yo‘laklarga bezakli
plitalar yotqizildi, ko‘chalarni obodonlashtirish bo‘yicha keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Viloyatdagi barcha ta’mirlovchi
ustalar, qurilish tashkilotlari mutaxassislari, tumanlardan jalb etilgan
hasharchilar ikki smenada ishladilar. Sovetlar davrida yodgorliklarni
buzilishdan saqlashga davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘ nihoyatda
kam bo‘lgani sabab 1000dan ziyod tarixiy obidaga ega viloyatimizda
yiliga atigi bitta yoki ikkita masjid-madrasa engil-elpi darajada
ta’mirlangan, xolos. Ochil Bobomurodov, Aminjon Salomov, Ahror
Asrorov singari o‘nlab qo‘li gul ustalar 1960-1970-yillarda
yodgorliklarni ta’mirladilar. So‘nggi yillarda viloyatimizda obidalarni
ta’mirlash ishlari ko‘lamining keskin kengaygani tufayli nafaqat
buxorolik naqqosh va o‘ymakorlar, ganchkorlar o‘z sohalari bo‘yicha
ish bilan ta’minlandilar, balki sharif shahardagi qadimiy qal’aning bir
qismini qayta tiklash, ziyoratgohlarni obodonlashtirishdek xayrli
yumushlarga
Xorazm,
Qoraqalpog‘iston,
Qashqadaryo,
Samarqanddan va Farg‘ona vodiysidan ustalar ham jalb qilindilar.
Ismat Muhsinov me’morchilik borasida uzoq yillar olib borgan
tadqiqotlari, arxiv materiallari va eski fotosuratlarga tayanib, rus
olimlari tayyorlagan sxemalarga aniqlik kiritib, Buxoro darvozalari
ko‘pgina adabiyotlarda qayd etilganidek 11 ta darvozani, hamkasbi
Komil Ikromov bilan birgalikda XVIII-XIX asrlarda Buxoro shahri
darvozalari joylashgan hududlar xaritasini yaratdi. Ismat Muhsinov
har bir darvozaning tarixini yozib, ularni fotosurati bilan matbuotda
e’lon qildi. Bu materiallar alohida kitob holida chop etildi.
Shayx Jalol, Samarqand, Hazrati Imom va Sallohxona
darvozalari qurilishini loyihalashtirishda bu obidalarning azaliy
joyida, qadimiy ko‘rinishida qad ko‘tarishini ta’minlash barobarida
ma’lum hudud chiroyiga uyg‘unlashib ketishi hamda ularning
shunchaki dekorativ inshoot bo‘lmay buxoroliklarga xizmat qilishi
maqsadlarini ko‘zlangan. Ushbu loyihalar muallifi, qator xalqaro va
respublika tanlovlarining sovrindori, taniqli me’mor Mahmud
Ahmedov hisoblanadi. Shayx Jalol darvozasining yangidan tiklangan
shahar qal’a devoriga va Xo‘ja Ismat Buxoriy ziyoratgohiga, yoxud
251
Hazrati Imom darvozasining Abu Hafs Kabir me’moriy majmuiga
uyg‘unlashib ketgani bu boradagi ijodiy izlanishlarning samarasidir.
Samarqand darvozasi yonida hunarmandchilik markazining bunyod
qilinishi, qurilishi poyoniga etgan Sallohxona darvozasiga tutash
hududda yaqinda barpo etilgan ulug‘ avliyo Boboyi Porado‘z
qadamjosi ham Buxoroi sharifning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi
1
.
Buxoro asrlar davomida jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga
ulkan hissa qo‘shib kelgan, haqli ravishda shariflik maqomiga sazovor
bo‘lgan muqaddas shaharlardan.
Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
rahnamoligida Buxoroda beqiyos bunyodkorlik ishlari amalga
oshirildi. "Buxoro madaniy markazi", uning tarkibidagi "Ko‘hna va
boqiy Buxoro" monumenti buxoroliklar va viloyatga keluvchi
sayyohlarning sevimli maskaniga aylangan.
So‘nggi yillarda bu boradagi ishlar viloyatda yanada keng
ko‘lamda amalga oshirilmoqda. 2016-yilda viloyat iqtisodiyotida
barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib, yalpi hududiy mahsulot hajmi
7,9 foizga oshdi. Viloyat yalpi hududiy mahsuloti tarkibida kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 67,9 foizni tashkil etdi.
Qandim gazni qayta ishlash majmuasining qurilishi oxiriga
etkazildi. Majmua tarkibiga yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni
qayta ishlash quvvatiga ega zavod, 114 qazish qudug‘i, 11 maxsus
maydon va 4 yig‘uv punktini o‘z ichiga olgan tabiiy gazni to‘plash
tizimi kiradi. 370 kilometr gaz quvuri, 160 kilometr avtomobil yo‘li
qurish rejalashtirilgan bu loyiha O‘zbekiston gaz konlarini
o‘zlashtirishni yangi bosqichga ko‘taradi. Markaziy Osiyodagi yirik
ishlab chiqarish majmualaridan biri bo‘lgan ushbu zavodda 2 mingdan
ziyod doimiy ish o‘rni yaratiladi.
2016-yili eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida Toshkent -
Buxoro yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob”
elektr poezdining ilk qatnovi amalga oshirildi. Bundan viloyat
ahlining ko‘ngli ko‘tarilib, ertangi kunga ishonchi yanada
mustahkamlandi.
1
http://www.buxoro.uz/post/tarixiy-obidalar-49813
252
Do'stlaringiz bilan baham: |