265
TARIXIY ATAMA VA TUSHUNCHALARNING
IZOHLI LUG‘ATI
Avorizot
– favqulodda xarajatlar uchun to‘planadigan yig‘im.
Avqof
– masjid va madrasalarning vaqf xo‘jaligi
bilan
shug‘ullanuvchi.
Amid ul-muluk
– davlat hujjatlarining yuritilishiga mas’ul va elchilik
aloqalari vaziri.
Amir ul-umaro
– amirlar amiri, bosh sarkarda.
Amlok
– davlat erlari.
Ark
– ichki qal’a, hukmdorlarning shahar ichidagi saroyi, qarorgohi.
Arkbegi
– podsho qarorgohining boshqaruvchisi.
Barzikor
– qo‘shchi, ziroatkor, qishloqning mehnatkash aholisi.
Bek
– el-yurt, viloyat hokimi.
Begor
– jamoat
ishlariga safarbar etish, hashar.
Biy
– urug‘ va jamoa oqsoqoli.
Boj
– savdogarlardan olinadigan soliq.
Bosqoq
– mo‘g‘ullar hokimlik qilgan XIII-XIV
asrlardagi mahalliy
hokim.
Botmon
– og‘irlik o‘lchovi. XIX-XV asrlarda 20 kg ga teng bo‘lgan.
Vaqf
– diniy muassasalarga tegishli mulklar.
Visoqboshi
– to‘rt nafarli askariy guruh boshlig‘i; chodir boshlig‘i.
Devon
– o‘rta asrlarda vazirlar mahkamasi shu nom bilan yuritilgan.
Devonbegi
– vazirlar mahkamasining bosh ma’muri.
Dehqon
– ilk o‘rta asrlarda qishloq hokimi, erdor.
Do'stlaringiz bilan baham: