Buxoro tarixi


Ibn Havqalning “Kitob surat al-ard” kitobidan



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

Ibn Havqalning “Kitob surat al-ard” kitobidan 
Buxoro 
Buxoroda butun Xurosonning hokimiyat idorasi joylashgan. U 
Movarounnahr viloyatlariga olib boruvchi katta yo‘l boshida joylashgan, 
undan keyin u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shaharlar keladi. Aslida uning 
nomi Bumijkat bo‘lib, u tekislikda joylashgan shahardir. Uning binolari 
ulama yog‘ochdan qurilgan bo‘lib, bir-biri bilan chatishib ketgan, bu 
chatishgan binolarni esa qasrlar, bog‘lar, mahallalar, tosh yotqizilgan 
ko‘chalar va har tomondan o‘n ikki farsax masofagacha bir-biriga ulanib 
ketgan qishloqlar o‘rab turadi. Ularning hammasini, bu qasrlar, binolar, 
qishloqlar va 
q
asabani o‘z ichiga oluvchi devor o‘rab turadi. Bu 
maydonning barchasida biror bir cho‘l, xaroba yoki tashlandiq er 
ko‘rinmaydi.


281 
Bu devordan boshqa qasabaning o‘z maxsus devori bo‘lib, uning 
ichida qasabaga kiruvchi qasrlar, uy-joylar va mahallalar joylashgan. 
Ularda qasabada qishin-yozin yashovchi odamlar turadilar. 
Bu devordan boshqa yana [bir] devor bo‘lib, uning har tomoni 
taxminan bir farsaxga teng. Bu devor ichida mustahkam devor bilan o‘ralib 
turuvchi madina, tashqarisida unga ulanib ketgan ko‘xandiz bor. Uning 
kattaligi kichik bir shahardek, uning ichida yana bir qal’a bor. Somon 
oilasidan bo‘lgan Xuroson voliylarining turar joylari shu ko‘xandizda 
joylashgan. 
SHahardada keng va uzun rabod bor. Uning jome masjidi madinada, 
Bob al-Ko‘handiz darvozasi yonida joylashgan, uning qamoqxonasi 
ko‘xandizda, bozorlar esa rabodda joylashgan. 
Xuroson va Movarounnahrda Buxorodek binolari qatishib ketgan, 
egallagan maydoniga nisbatan aholisi ko‘p shahar yo‘q. Uning rabodida as-
Sug‘d daryosi oqib o‘tib, rabodni va uning bozorlarini kesib o‘tadi. Bu as-
Sug‘d daryosining oxiri bo‘lib, bu erda u tegirmonlar, qishloqlar va 
ekinzorlardan oqib o‘tadi. Uning qoldig‘i Baykand yonida, Farabr yaqinida 
joylashgan va Som Xosh deb atalgan bir suv havzasiga tushadi. 
Buxoro madinasining ettita temir darvozasi bor. Bular Bob al-
Madina, Bob Nur, Bob Xufra, Bob al-Hadid, Bob al-Ko‘handiz, Bani 
Asad, bu esa Muhr darvozasidir, va nihoyat Bob Bani S’a’d nomli darvoza. 
Ko‘handizning ikki darvozasi bor, ularning biri ar-Registon deb ataladi, 
boshqasi jome masjidiga qaragan bo‘lib, Bob al-Jome deb ataladi. 
Raboddan bir nechta darblar bor. Ulardan Xuroson yo‘liga chiquvchi 
Darb al-Maydon, sharq tomonga chiquvchi Darb Ibrohim, so‘ngra Darb ar-
Riv, keyin al-Murdkashon darbi, keyin Darb Kalobod, bu darvoza va 
Murdkashon darvozasidan Nasaf va Balx tomonga chiqiladi. Darb 
Kaloboddan keyin Darb an-Navbahor va Samarqand darbi keladi, undan 
Samarqandga va Movarounnahrning boshqa shaharlariga boriladi. Darb 
Samarqanddan so‘ng Darb Bag‘oshkur va Darb ar-Romitana, keyin Darb 
Jadsarun bo‘lib, undan Xorazm yo‘liga chiqiladi. Undan keyin Darb 
G‘ashaj keladi. 
Rabodning o‘rtasida uning bozorlarida ham darblar bor. Ulardan Bob 
al-Hadid darvozasi. Undan so‘ng Bob Qantarat Hasson darvozsi, keyin 
Mox masjidi yonidagi ikki darvoza keladi. Ulardan keyin Bob Ruxna 
nomli darvoza va Abu Hishom al-Kinoniy qasri yonidagi darvoza keladi. 
So‘ngra Qantarat as-Suvayqa ko‘prigi yonidagi darvoza, keyin Bob Forjak 
va Bob Darvozacha darvozasi hamda Bob Sikkat Mug‘on daryuzasi va 
Ichki Darb Samarqand darvozasi keladi. 


282 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish