266
Zakot
–
chorvadan olinadigan soliq; to‘plangan
mol-mulkdan
to‘lanadigan daromad solig‘i.
Zarbxona
– chaqa va tangalar so‘qiladigan, ya’ni
zarb qilinadigan
ustaxona.
Iqto’, iqta’
– yirik mansabdorlarga hadya qilingan er va mulk.
Kadivar
– yirik savdogarlarga mute qishloq aholisi.
Kalon
– XIII asrdagi er solig‘i.
Koriz
– er osti suv inshooti.
Kofiya
– arab tili morfologiyasi.
Koshin
– usti sirlangan pishiq g‘isht.
Ko‘kaldosh
– xonning eng ishonchli kishisi.
Ko‘shk
– istehkomli baland qo‘rg‘on.
Lavh
–
yozuv taxtasi, yozuv kursichasi yoki kursi.
Buxoroda kitob
qo‘yib o‘qiydigan yog‘och taxtacha ham lavh deb atalgan.
Lag‘m
– er osti yo‘li.
Mirob
– suv xujaligi boshqaruvchisi.
Miroxo‘r
– xon otxonasining boshlig‘i.
Mirshab
– tungi qorovul boshlig‘i.
Muzahhib
– zarhal beruvchi mo‘yqalam sohibi, rassom.
Muzoriy
– qo‘shchi, ziroatkor, ekin ekuvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: