31
1-MODUL. QADIMGI VA O‘RTA ASRLARDA
BUXORO
1-MAVZU: BUXORO VOHASINING O‘RGANILISH TARIXI
1.1.Buxoro vohasida amalga oshirilgan dastlabki ilmiy-
tarixiy, arxeologik tadqiqotlar
1.2.Vohadagi Poykent, Varaxsha yodgorliklari arxeolog
L.A.Zimin va V.A.Shishkin tadqiqotlarida
1.3.Zamonbobo yodgorligini S.P.Tolstov, Yahyo G‘ulomov,
A.Asqarov tomonidan o‘rganilishi
1.4.Shahar
yoshini aniqlash bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlar
1.1.Buxoro vohasida amalga oshirilgan dastlabki ilmiy-
tarixiy, arxeologik tadqiqotlar
O‘rta Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biri Buxoroning
tarixiy o‘tmishi va hozirgi davri ko‘plab tarixiy manba va
adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Buxoro vohasida amalga oshirilgan
dastlabki ilmiy-tarixiy tadqiqotlarda Rossiya olimlari sermahsul
faoliyat olib bordi. Ular orasida mashhur sharqshunoslar ham ko‘p
edi. Buxoroning o‘tmishi va bugunini o‘rganish borasida
N.I.Veselovskiy ko‘p mehnat qildi. “Endilikda Buxoroda hukmronlik
qilayotgan Mang‘itlar sulolasi” (1878), “Buxoroda Qurbon bayrami”
(1888), “I.D.Xoxlov XVIII asrda Rusiyaning Eron va Buxorodagi
elchisi” (1891) va hokazo asarlar uning qalamiga mansubdir
1
.
Buxoroning o‘tmishiga oid qo‘lyozmalarni yig‘ish, ularni
o‘rganish borasida ko‘p mehnat kilgan sharqshunos akademiklardan
biri K.G.Zaleman (1849-1916) bo‘lib, bu olim Buxoroga ikki marta
tashrif buyurdi.
Sharq tarixining chuqur bilimdoni akademik V.V.Bartold
Buxoro o‘tmishini o‘rganish borasida ko‘p ish qildi. Uning qalamiga
mansub bir qancha mashhur asarlarda, xususan “Turkiston mo‘g‘yllar
istilosi davrida”, “Orol dengizi va Amudaryoning quyi oqimlari
haqida ma’lumotlar. Qadimgi davrdan to XVII asrga qadar”,
“Turkistonni sug‘orish tarixiga doir”, “Turkiston tarixi”, “Evropa va
1
Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.90-93.
32
Rossiyada SHarqni o‘rganish tarixi”, “Turkistonning madaniy hayoti
tarixi” va boshqalarda Buxoroga oid xilma-xil ma’lumotlar mavjud.
V.V.Bartold Buxoroga bag‘ishlab maxsus asarlar ham yaratgan.
Masalan, “Buxoro” (Islom ensiklopediyasida, 1-j., 1913), “Buxoro va
Xiva xonliklari haqida” (1917), “Buxoro. Uning yodgorliklari va
ularning taqdiri”(1925), “Buxoro va uning chekkalarida islomdan
oldingi dinning o‘rni” (1927)
1
va h. k.
XX asr boshlarida akademik A.N.Samoylovich Buxoroda bir
muddat faoliyat ko‘rsatdi. Uning Buxoroga oid asarlari orasida yosh
buxoroliklarning birinchi harakati haqidagi maqola ayniqsa qimmatli.
Buxoro tarixini o‘rganishga sharqshunos A.A.Semyonov
(1873-1958) katta hissa qo‘shdi. U Moskvadagi Lazarevskiy Sharq
tillari institutida o‘qib yurgan kezlaridayoq Markaziy Osiyoga tashrif
buyurdi va o‘shandan buyon o‘z asarlarini shu hududning tarixiy
o‘tmishini o‘rganishga, shu jumladan, “O‘rta Osiyo musulmonlari
uchun muqaddas” bo‘lgan Buxoroning o‘tmishi va bugunini tadqiq
etishga bag‘ishladi. Ko‘p o‘tmay, matbuotda uning safar xotiralari
paydo bo‘ldi: “Muqaddas Buxoroda” (1897), “Buxoro sarhadlari
bo‘ylab” (1902). Keyin uning: “Muqaddas Buxoroning vujudga
kelishi” (1903), “Buxoroning ikkita qadimiy mis idishi” (1910),
“Buxoro shayxi Baxouddin” (1914), “Buxoro mang‘itlari tarixiga
oid”(1924), “Buxoro xonligi er solig‘i va soliq tizimi ocherklari”
(1929), “Aleksandr I bilan amir Haydar Buxorosi o‘rtasidagi
diplomatik munosabatlar tarixiga doir” (1945), “Martaba va unvonlar
va o‘rta asr Buxorosida ularga ega bo‘lganlarning majburiyatlari
haqida risola” (1948), “XIX asr boshlarida Rossiya bilan Buxoro
o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixiga doir” (1951), “Keyingi
davrda Buxoro xonligida markaziy ma’muriy-boshqaruv tuzilishi
ocherklari” (1954) va boshqa asarlari chop etildi.
Sharqshunos V.L.Vyatkin Buxoroning shahar kitob bozori
haqida maxsus asar yozgan. Peterburg universitetining sharq
fakultetida tahsil qo‘rgan I.I.Umnyakov ham Buxoroda bo‘lib, bu erda
tadqiqot ishlari olib borgan. Uning “O‘rta asr Buxorosining tarixiy
topografiyasiga doir” asari 1923- yilda, oradan to‘rt yil o‘tgach
“Buxoroda yangi usul maktabi tarixiga oid” asari nashr etildi. 1895-
1
Лунин Б.В. В.В.Бартольд (Ўрта Осиё халқлари тарихининг билимдони, академик
В.В.Бартольднинг ҳаёти ва илмий фаолияти). –Тошкент: Фан, 1970. 76 б.
33
yili Toshkentda tashkil etilgan havaskor arxeologlarning Turkiston
to‘garagi Buxoroning tarixiy o‘tmishini o‘rganishga o‘z hissasini
qo‘shdi.
Shu to‘garakning faol arbobi N.F.Sitnyakovskiy 1896- yilda
Buxoro tarixi uchun bag‘oyat muhim bo‘lgan Buxoro vohasining
ulkan qadimiy mudofaa inshooti - Kampirdevor qoldiqlarini
o‘rgandiki, bu devorning mavjudligi haqida o‘rta asr arab geograflari
xabar bergan edilar. U mudofaa inshootlari xarobalari bo‘lgan joylarni
ham belgiladi. N.F.Sitnyakovskiyning Buxoro shahri aholisining
sonini aniqlashga oid maqolalari ham mashxur.
To‘garak a’zosi L.A.Zimin Buxoroga safar qilib, o‘z hisobotida
qadimiy obidalarga alohida e’tibor bergan. To‘garak a’zolarining faol
ishtirokida Buxorodagi qadimiy obidalar hisobga olinib, muayyan
darajada me’morchilik tarixi o‘rganilgan
1
.
Turkiston statistika qo‘mitasi, Rossiya geografiya jamiyatining
Turkiston bo‘limi (Toshkent), O‘rta va Markaziy Osiyoni tarixiy,
arxeologik, lingvistik va geografik jihatdan o‘rganuvchi Rus qo‘mitasi
ham Buxoroning o‘tmishi va hozirini tadqiq etishga katta hissa
qo‘shdi.
Ilmiy-tibbiy
jamiyatlar,
xususan
Turkiston
shifokorlari
jamiyati, Turkiston o‘lkasi tibbiyotshunoslari va shifokorlari jamiyati
va boshqalarning faoliyati Buxoro uchun yuqori darajada foydali
bo‘ldi. Zamonaviy sog‘likni saqlash ishlari xarob ahvolda bo‘lgan bir
sharoitda Turkistonning oz sonli shifokorlari aholi o‘rtasida bilimlarni
yoyish, shifokorlik amaliyotini ilmiy izlanish bilan birga olib borish,
Buxoro amirligi hududida avj olgan o‘lat, terlama, bezgakning
mahalliy turlari, teri kasalliklari singari ofatlarga qarshi kurash
choralarini izlash borasida barcha tadbirlarni ko‘rdilar.
Buxoroning “O‘rta Osiyo madaniyati va O‘rta Osiyo karvon
savdosi to‘plangan” maskan sifatida jahonga mashhurligi Rossiya va
boshqa mamlakatlarning sayyohlari, ijtimoiy-siyosiy arboblari,
ishbilarmonlarining e’tiborini ko‘proq jalb qila bordi. Bu erga kelgan
sayyohlar, sharqshunoslar va boshqa shaxslarning Buxoro bilan
bog‘liq ocherklari fan uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shulardan
biri I.T.Poslavskiy Buxoro shahrining mukammal tavsifini yaratdi.
1
Кличев О.А. Л.А.Зиминнинг Бухородаги изланишлари //Ўзбекистон Миллий
университети хабарлари илмий журнали. – Тошкент: 2016. – №1-2. – Б.13-15.
34
Bibliograf V.I.Mejov 416 jildli noyob “O‘rta Osiyo va ayniqsa,
Turkiston o‘lkasiga taalluqli asarlar va maqolalarning Turkiston
to‘plami”ni tuzib, fan uchun bebaho hissa qo‘shdi. Unga 1867- yildan
to 1888-yilgacha nashr etilgan asarlar kiritilgan. Mazkur to‘plam
jildlarida Buxoroga oid talaygina materiallar bor. Buxoroning ko‘p
asrli va serqirra o‘tmishini o‘rganishda qimmatli manbalar
xisoblangan sharq qo‘lyozmalarini yig‘ish va saqlash ishlariga
sharqshunoslar, tarixchilar, o‘lkashunoslar o‘zlarining bebaho
hissalarini qo‘shdilar
1
.
Buxoroda ilm-fanning rivojlanishi XIX asr oxiri-XX asrda
ancha ildamladi. Fanning taraqqiy etishida mahalliy aholi orasidan
etishib chiqqan olimlarning hissasi orta bordi. 1925-1935-yillarda
faoliyat olib borgan qadimiy va san’at obidalarini saqlash hamda
o‘rganish Buxoro qo‘mitasi (Buxkomstaris)ning sermahsul, hali o‘z
tadqiqini kutib turgan faoliyati fikrimizga yaqqol misol bo‘ladi.
Uning tarkibida turli millat vakillari bo‘lib, asosiy qismini
o‘zbeklar tashkil etgan. Ushbu qo‘mita faoliyati Buxoro shahri va
viloyatidagi tarixiy-me’morchilik va boshqa obidalarni muhofaza
qilish, ta’mirlash, tiklash hamda o‘rganish ishida yangi sahifa ochdi. U
faoliyat olib borgan davrda bu sohadagi ishlar ilk bor rejali va izchillik
xususiyatini kasb etdi. Uning ishiga mutaxassislar, qurilish ishlari
asriy an’analarining sohiblari, xalq ustalari jalb etildi, aholi o‘rtasida
tarixiy bilimlar targ‘ib qilindi. Bu qo‘mitani ma’lum vaqt buxorolik
jamoat va siyosat arbobi, olim, shoir, dramaturg, o‘zbek xalqining
o‘tmishi va hozirgi kunining, moddiy va ma’naviy madaniyatining
ajoyib bilimdoni Abdurauf Fitrat boshqardi. Uning adabiy va ilmiy
faoliyati XX asrning dastlabki o‘n yilliklaridayoq boshlangan edi.
Fitrat
Buxoroda
va
boshqa
shaharlarda
qadimiy
sharq
qo‘lyozmalarining 150 nomdagi ajoyib majmuasini to‘plab, 1934-
yilda Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat xalq kutubxonasiga topshiradi.
Qo‘mita ilmiy kotibi vazifasida arxeolog, tarixchi, san’atshunos
Muso Saidjonov ishlab, Fitratdan keyin qo‘mitaga raislik kiladi. Muso
Saidjonov Buxoro tarixi va uning tarixiy topografiyasiga oid bir
qancha maqolalar yozdi. Jumladan, Ismoil Somoniy me’moriy
yodgorligi bunyod etilgan sanani aniqladi. U tavsiya etgan sana, ya’ni
X asr fanda qabul qilinib, xozirga qadar mustahkam saqlanib
1
Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.91.
35
kelmoqda. U Buxoro tarixiy va me’morchilik obidalarining umumiy
obzorini ham yaratdi. 1927-yil Buxoroda ochilgan va arxeologiya,
etnografiya hamda zoologiya bo‘limlaridan tashkil topgan
o‘lkashunoslik muzeyining tashkilotchilaridan biri bo‘ldi.
Arxeolog V.A.Shishkinning ilmiy faoliyati ushbu qo‘mita
ishida qatnashishdan boshlanadi. U Buxoroning qadimiy va ko‘hna
obidalarini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi va shu qo‘mitani ma’lum
vaqt boshqardi. “Buxoroning me’moriy yodgorliklari”(1936),
“Buxoro vohasida arxeologik ishlar”(1940), “Buxoroning yangi
qurilishlaridagi
kuzatuvlardan” (1940), “Buxoro vohasining
arxeologik o‘rganilishi” (1947), “Buxorodagi katta jome masjidi
peshtoqidagi yozuvlar. XVI asr” (1947), “Mag‘oki Attoriy masjidi.
XII asr” (1948) va boshqa asarlar uning qalamiga mansub.
Buxorxudotlarning Buxoro yaqinidagi qarorgohi - Varaxshadagi
qazishmalar xam bevosita V.A.Shishkin nomi bilan bog‘liq.
Buxoroning eng qadimgi davrlardagi tarixini yoritishda
arxeologik kuzatish va tadqiqotlar, yozma manbalar birinchi o‘rinda
turadi. Arxeologik kuzatish va tadqiqotlar o‘tkazish orqali Buxoroning
eng qadimgi davrlardagi tarixini o‘rganishda mashhur arxeolog
olimlarimizning xizmatlari katta bo‘ldi. 1969-1970-yillarda Buxoro
shahrida Yаhyo G‘ulomov rahbarligida o‘tkazilgan arxeologik
kuzatuv ishlari shahar tarixiga oid ko‘plab yangi-yangi ma’lumotlar
bergan bo‘lsa, uning iste’dodli shogirdi, Buxoro tarixining
bilimdonlaridan biri, taniqli arxeolog, O‘zbekiston FA ning akademigi
Abdulahad Muhammadjonov rahbarligida 70-yillarning ikkinchi
yarmi va 80-yillarda olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari va
tadqiqotlar Buxoro tarixiga oid ko‘plab ma’lumotlar berdi va
Buxoroning yoshi masalasiga ayrim aniqliklar kiritdi.
Shunday qilib, Buxoroda ilm-fanning turli sohalarida, ayniqsa
shahar tarixi xususida olib borilgan izlanishlar qimmatli natijalar
berdiki, ular jahon fani xazinasini boyitishga munosib hissa bo‘lib
qo‘shildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |