ناتسیکرت هراوهگ اراخب یمیلاع روصصنم دیس
Саййид Мансур Олимий. Бухоро-Туркистон
бешиги. Анқара – 1996.
27
harakati, bu harakatning ko‘zga ko‘ringan vakili Mullo Ibrohimbek
tarjimasi holi, Amir Olimxonning Afg‘onistondagi iztiroblarga to‘la
hayoti kitobdagi voqealar negizini tashkil etadi. Kitobning bir
e’tiborga molik jihati, Amir Olim nafaqat hukmdor, balki shaxs
sifatida ham talqin qilingan. Kitob Buxoroda o‘rnatilgan sovet
rejimiga qarshi ruhda yozilgan va unda ba’zi munozarali masalalar
ko‘zga tashlanadi. Muallif mang‘itlar xonadoniga mansub bo‘lganligi
sabab, ayrim masalalalarga sub’ektiv yondashgan. Muallifda mang‘it
hukmdorlari va ular hukmronlik davrini faqat ijobiy bo‘yoqlarda
ko‘rsatish tendensiyasi ustuvor.
Xorijlik tadqiqotchilar ilmiy merosi so‘nggi yigirma yilda
Buxoro tarixining turli tomonlarini qamrab olish bilan yanada boyidi.
Yurgen Paul
1
, Devin Devis
2
, Florian Shvars
3
, Anke fon Kyugelgen
4
,
Mariya Shuppe
5
, Oleg Akimushkin
6
, Aleksey Xismatulin
7
va boshqa
xorijlik hamda rossiyalik tadqiqotchilar ilmiy yo‘nalishida Buxoro
alohida ahamiyat kasb etib, maxsus tadqiqot ob’ektiga aylandi. Bu
tadqiqotchilarning aksariyati Buxoroda shakllangan Naqshbandiya
tariqatining ijtimoiy hayotdagi o‘rni masalasini chuqur tahlil qilishni
asosiy vazifa sifatida tanlab, shu yo‘nalishda qator tadqiqotlarni
amalga oshirdilar. Aynan shunday holat birinchidan, bu mualliflar
ishlaridan faqat tor mavzular doirasida foydalanish mumkinligini
taqozo etsa, ikkinchidan bu asarlar orqali Buxoro tarixining barcha
masalalari yuzasidan ma’lumot olish imkonini cheklaydi. SHunga
1
Jürgen Paul. Doctrine and Organization the Khwajagan-Naqsbandiya in the Fist Generation
After Baha’uddin: Das Arabische Buch, 1998 (ANOR 1).
2
Devin De Weese. Kojagani Origins and the Critique of Sufism …, Ed. by Frederick De Jong
and Bernd Radtke. Leiden-Boston-Köln, 1999. – Р. 492-519.
3
Florian Schwarz. Unser Weg schließt tausend wege ein. Derwische und Gesellschaft im
islamischen… Berlin, 2000.
4
Anke von Kugelgen. Die Legitimierund der mittelasiatishcen Mangitendynastie. –
Stambul, 2002.
Шу муаллиф, Легимитация среднеазиатских династии мангитов в произведениях их
историков (XVIII-XIX вв). – Алматы: Институт Востока Германского Восточного
общества, 2004.
5
Bakhtiyar Babajanov et Mariya Szuppe. Les inscription persanes de Char Bakr, necropole
familiale des Khwaja Juybary pres de Boukhara // Corpus Inscriptionum Iranicarum. London,
2002.
6
Акимушкин О. Накшбанд // Ислам на территории бывшей Российской империи.
Энциклопедический словарь. Том 1. – М.: Восточная литература, 2006. – Б.299-301.
7
Хисматулин А. Ходжаган // Ислам на территории бывшей Российской империи.
Энциклопедический словарь. Том 1. – М.: Восточная литература, 2006. – Б. 417-425.
28
qaramasdan, tilga olingan mualliflar tarafidan e’lon qilingan ishlardan
xorijiy mamlakatlardagi Oliy ta’lim muassasalarida professor
o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar foydalanib, o‘z bilimlarini
oshirib kelmoqdalar. Bular ichida Anke fon Kyugelgenning “Mang‘it
tarixchilari asarlarida O‘rta Osiyo mang‘itlar sulolasi legimitatsiyasi
(XVIII – XIX asrlar)” nomli kitob g‘arb tarixshunosligi zamonaviy
metodologiyasining
prinsipial jihatlarini o‘zida aks ettirgan
fundamental tadqiqot sifatida jahon sharqshunoslari tomonidan iliq
kutib olindi va unga ko‘plab taqrizlar yozildi. Kitobda mang‘it
amirlaridan Muhammad Rahimxon, Amir Shohmurod va Amir
Haydar ijtimoiy-siyosiy faoliyati, ularning toj-taxtga nisbatan
qonuniylik va vorisiylik huquqi tahlil qilinadi. Kitobda Naqshbandiya-
mujadiddiya ta’limotining amaliy ko‘rinishi va amirlik ijtimoiy-
siyosiy va ma’naviy hayotidagi o‘rni nemis olimi Florian Shvars ilgari
surgan “Shayxsiz imperiya yo‘q” tezisi doirasida ochib beriladi. Shu
munosabat bilan Amir Shohmurodga ma’naviy ta’sir ko‘rsatib, uning
piri maqomida turgan Shayx Safar ma’naviy merosiga maxsus e’tibor
qaratilgan. Shayxlar merosiga munosabat masalasida g‘arb
metodologiyasining barcha jihatlarini qabul qilish va ulardan ayniqsa
darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda foydalanish ehtiyotkorlikni
talab qiladi. Chunki xorij tarixshunosligida bu masalaga o‘zgacha
yondashiladi va ayrim hollarda shayxlar merosi hatto tanqid ostiga
olinadi. Shayxlar va ularning ma’naviy merosi biz uchun o‘tmishda
ham, hozir ham ibrat namunasi bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Umuman
Anke fon Kyugelgen kitobi talabalarga Buxoroning ijtimoiy-siysiy
tarixiga doir yangi yoki kam ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim
etishi bilan e’tiborga sazovor.
Venada Buxoro mavzusiga e’tiborning mavjudligi keyingi
yillarda e’lon qilinayotgan ilmiy, ilmiy-ma’rifiy nashrlar orqali o‘z
tasdig‘ini topmoqda. Avstriyalik olim Paolo Sartori va o‘zbekistonlik
yosh tadqiqotchi Ulfat Abdurasulov o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik
o‘zining ijobiy samarasini namoyon etmoqda. Ular hamkorligining
go‘zal namunasi bo‘lmish Mamed Yusupovning “Buxoroda sud
ishlari”
1
asarining 2016-yil Venada nashr etilishi buxoroshunoslikda
haqiqiy ilmiy voqelik bo‘ldi. Mamed Yusupovning bu ishi 1941 yil
1
Юсупов М.С. Суд в Бухаре. Судоустройство и судопроизводство в Бухарском
эмирате в конце XIX – начале XX в. / Текст и вводная статья: Ульфат Абдурасулов и
Паоло Сартори. – Ташкент – Вена 2016.
29
nashrga tayyorlanib, qo‘lyozma holda qolib ketib unut bo‘lgan edi.
Ushbu asar Buxoro tarixining o‘rganilmagan sahifalarini ochishga
ko‘mak beradi. Unda Buxorodagi sud tizimi, jazo turlari, guvohlik
berish tartibi, qatl, minoradan tashlash kabi jazo turlari xususida
muhim va mukammal ma’lumotlar beriladi. Buxoro tarixi bilan
qiziquvchilar, shuningdek, Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi talabalariga
ushbu kitobdan foydalanishni tavsiya etamiz.
Ma’lumki, Buxoro tarixi O‘zbekiston tarixining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi
talabalariga mo‘ljallangan ushbu qo‘llanmada aynan shu holat
inobatga olindi va undagi mavzular shu aspektda yoritib berildi.
Buxoro tarixi O‘zbekiston arxeologiyasi, etnografiyasi, madaniyati,
san’ati tarixi bilan uzviy bog‘liq. Shu bilan birga jahon tarix fanida
amalda bo‘lgan “mikro tarix”, ya’ni kichik tarix, aniqrog‘i tarix
masalalarini muayyan mintaqa doirasida o‘rganish va o‘rgatish
an’anasi mazkur o‘quv qo‘llanmaga nisbatan ham tadbiq etildi.
Keyingi uch yilda Oliy ta’lim tizimida yuz berayotgan tub
burilishlar, 2020 yilni Prezidentimiz tomonidan “Ilm-ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb elon qilinishi nafaqat aniq
fanlar, balki ijtimoiy-gumanitar va uning bir sohasi bo‘lgan tarix
fanini
ham
jahon
standartlariga
muvofiqlashuvi
va
integratsiyalashuvini taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan olib
qaraganda, zamonaviy talablarga javob beradigan, bir-birini
takrorlamaydigan o‘quv adabiyotlarini yaratish, jumladan, Buxoro
tarixi ta’lim yo‘nalishi talabalarini shunday o‘quv adabiyotlari bilan
ta’minlash Oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan
biridir. Shu talab va mas’uliyatdan kelib chiqib tayyorlangan ushbu
o‘quv qo‘llanma yuqorida tilga olingan o‘quv adabiyotlaridan ayrim
jihatlari bilan farq qiladi. Buxoro tarixi o‘quv qo‘llanmasida mavzu va
ma’lumotlarning ixchamligi, talabalar bilimi va ilmiy dunyoqarashi,
tafakkuriga mosligiga e’tibor qaratildi. Mavzular xronologik va
sulolalar kesimida berildi. Buxoroning ilmiy, ayniqsa arxeologik
jihatdan o‘rganilish masalasiga e’tibor qaratilishining boisi, shu
arxeologik tadqiqotlar natijasi o‘laroq, Buxoroning yoshi aniqlanib, u
qadimiy shahar sifatida YUNESKO tarafidan e’tirof etildi va
shaharning 2500 yilligi Mustaqillik yillarida umumjahon miqyosida
nishonlandi. Vohada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar va ularning
natijalari, shuningdek, bevosita shahar ichida o‘tkazilgan arxeologik
30
izlanishlar, Buxoro shahrining tarixiy topografiyasi, vohaning tarixiy
geografiyasi masalalari yondosh o‘quv adabiyotlardan farqli ravishda,
ushbu o‘quv qo‘llanmada maxsus yoritildi. Har bir bob madaniyat
tarixi masalalari bilan nihoya topishi keyingi davr ilmiy nashrlari va
o‘quv adabiyotlarida negadir e’tibordan chetda qolmoqda. Mazkur
o‘quv qo‘llanmada shu kemtikni to‘ldirishga harakat qilindi. Yana bir
o‘ziga xoslik, ushbu o‘quv qo‘llanmada ilova va illyustratsiyalar
salmoqli miqdorni tashkil qiladi va ular alohida-alohida berilgan.
“Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” an’anaviy uch qismdan emas,
balki to‘rt qismdan iborat qilib belgilandi va unga “Mustaqil o‘qish
uchun tavsiya etilayotgan manba va adabiyotlar” ro‘yxati alohida
tarzda qo‘shildi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Buxoro tarixi bo‘yicha kichik
xrestomatiya jihati bilan ham boshqa o‘quv adabiyotlari va yuqorida
tilga olingan kitob va qo‘llanmalardan farq qiladi. “Ilova”da Buxor
tarixiga doir asosiy qo‘lyozma manbalar, toshbosma asarlar, nashr
etilgan manbalar hamda e’lon qilinmagan tarixiy hujjatlar tarjimasi,
ayrimlarining fotonusxalari aynan berildi. Amir Muzaffarning Rum
(Turkiya) sultoniga yozgan maktubining biz tomondan o‘zbek tiliga
qilingan tarjimasi o‘quv adabiyotida ilk bor berilmoqda. Oldindan
shuni ta’kidlashni istardikki, mazkur o‘quv qo‘llanma Buxoro tarixi
fani bo‘yicha istiqbolda yaratilajak alohida xrestomatiya uchun asos
bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan 2019-yil 17.08 № 5121000-2.02 bilan ro‘yxatga olingan
va 2019-yil 6.10 sana bilan tasdiqlangan Buxoro tarixi fan dasturi
asosida yaratilgan ushbu o‘quv qo‘llanma Buxoro davlat universiteti
Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mazkur fanni
o‘zlashtirishga baholi qudrat ko‘mak beradi, degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |