Buxoro tarixi



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



MUQADDIMA 
 
Mazkur o‘quv qo‘llanmaning muqaddimasida birinchidan, 
asosiy narrativ manbalarning Buxoro tarixini o‘rganishdagi 
ahamiyatini ochib berish, ikkinchidan Buxoro tarixiga bag‘ishlangan 
tadqiqotlarning ilmiy salohiyati va qiyosiy tahlilini amalga oshirish 
(bunga Mustaqillikkacha va Mustaqillik yillaridagi nashrlar, jumladan, 
xorijiy nashrlar kiradi), uchinchidan Buxoro tarixining muayyan 
tomonlarini qamrab olgan o‘quv adabiyotlarini tahlil qilishga harakat 
qilindi.
Buxoro tarixi O‘zbekiston tarixining tarkibiy qismi sifatida
O‘zbekiston Mustaqilligi yillarida, ayniqsa keyingi uch yilda 
madaniy-ma’rifiy jabhalarda olib borilayotgan keng islohotlar 
natijasida fan darajasiga ko‘tarildi. Buxoro tarixiga qiziqish va uni 
jamiyatning ziyoli tabaqalari o‘rtasida targ‘ib qilish uzoq o‘rta 
asrlardan boshlangan. Bu holatni o‘sha davrning ma’rifiy ehtiyoji deb 
qarash kerak. Bunga misol qilib Muhammad Narshaxiyning “Buxoro 
tarixi” asarini ko‘rsatish mumkin. Undagi ma’lumotlar ayrim hollarda 
rivoyatlar bilan omuxta holda taqdim qilinishini o‘sha davrning uslubi 
va tarix yozish tartibi deb hisoblash o‘rinli. Shunga qaramay, asar 
faktik ma’lumotlarga boyligi bilan ilk mahalliy tarixnavislikning 
diqqatga sazovor namunasidir.
Asar nafaqat Buxoro vohasi, balki qisman Movarounnahrning 
qadimgi va ilk o‘rta asrlar ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotining turli 
jihatlarini aks ettiruvchi qimmatli asar hisoblanadi. 943-944-yillarda 
yozilgan 36 bobdan iborat bu asarda Buxoro shahrining paydo 
bo‘lishi, nomlari, Buxoroda hukmronlik qilgan Buxorxudotlar sulolasi 
va ularning vakillari, Buxoro vohasida joylashgan qadimgi qishloq-
qo‘rg‘onlar, shaharning tarixiy topografiyasi, vohaning arablar 
tomonidan istilo qilinishi va unga qarshi halq harakatlari, Somoniylar 
sulolasi vakillarining siyosiy faoliyati va qator e’tiborga molik tarixiy 
ma’lumotlar o‘z in’ikosini topgan. Asarga qiziqish va uning 
ma’lumotlaridan istifoda qilish keyingi o‘rta asr tarixchilari ijodida 
yorqin kuzatiladi. Bir so‘z bilan aytganda, “Buxoro tarixi” keyingi 
davr tarixiy asarlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ibn Havkal, Abdulkarim 
Sam’oniy, Ahmad ibn Mahmud, Sayyid Nosiriddinto‘ra Buxoro 
tarixining ayrim tomonlarini yoritishda Narshaxiy merosiga murojaat 



qilishgan. XIX asrga kelib asarga qiziqish mahalliy doiradan chiqib, 
dunyo miqyosiga ko‘tarildi.
O‘lkamiz tarixiga bag‘ishlangan asarlar ichida Muhammad 
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” (“Tarixi Narshaxiy”) asarichalik 
ommalashgan, yashovchan, ahamiyatini saqlab qolgan va turli tillarga 
tarjima qilingan hamda qayta-qayta chop etilgan asar kam topiladi. 
Buning sababi uning mahalliy tarixga bag‘ishlangan dastlabki asar 
bo‘lganligi, keng qamrovliligi, tarixiy geografiya va topografiyaga
oid muallif ma’lumotlarining nisbatan aniqligi va ko‘pligi, sof 
shaharsozlik tarixini aks ettirishi va hokazolar hisoblanadi. Bu asar 
tarixiy manba sifatida qadrlanadi va unga bo‘lgan ilmiy-ma’rifiy 
ehtiyoj hamon yuqoriligicha qolmoqda. Atoqli sharqshunos 
akademik V.V.Bartold
1
, shuningdek, I.I.Umnyakov
2
, V.A.Shishkin
3
,
O.A.Suxareva
4
, O.G.Bolshakov
5
, M.Saidjonov
6
, A.R.Muham-
madjonov
7
va boshqalar Buxoro tarixini va tarixiy topografiyasini 
o‘rganishda asardan foydalanganlar.
O‘z davrida Evropa sharqshunoslari va Sharq noshirlari asar 
qimmatini to‘g‘ri baholagan holda uning ruscha, inglizcha tarjimasi 
va forscha matni nashrini amalga oshirdilar. Fransuz olimi Charlz
Shefer
8
1892-yil Parijda asarning forscha matnini, rus o‘lkashunosi 
N.S. Likoshin
9
1897-yil Toshkentda ruscha tarjimasini, ingliz olimi 
Richard Fray
10
1954-yil Kembrijda inglizcha tarjimasini chop 
1
Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Соч. В 9 томах. Т.1. – 
Москва: Наука, 1963.
2
Умняков И.И. К вопросу об исторической топографии Бухары // Сборник 
Туркестанского восточного института в честь А. Э.Шмидта.- Ташкент, 1923.
3
Шишкин В.А. Варахша.- Москва: Наука, 1963.
4
Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства.- Ташкент: Фан, 1958
5
Большаков О.Г. Хронология восстания Муканны // История и культура народов 
Средней Азии.- Москва: Наука, 1976. - Б.90-98.
6
Саиджонов М. Бухоро ва эски бинолари / “Маориф ва ўқутғувчи”. Тошкент, 1927, № 
9-10
7
Мухамеджанов А.Р. История орошения Бухарского оазиса.- Ташкент: Фан, 1978; шу 
муаллиф: Қадимги Бухоро.- Т.: Фан, 1991.
8
Description topographique et historique de Boukhara par Mohammed Necshakhy, texte
person, public par Charles Schefer, Paris, 1982.
9
Мухаммад Наршахи. История Бухары / Перевод с персидского Н.Лыкошин, под 
редакцией В.В Бартольда. Ташкент, 1897.
10
The history of Bukhara. Translated from a Persian Abridgment of the Arabic original
by Nershekhi Richard N. Frye, Cambridge – Massachusetts, 1954.


10 
ettirdilar. Shuningdek, eronlik olim Mudarris Rizaviy
1
1939-yil 
Tehronda asarning forscha qiyosiy matnini e’lon qildi. 1904-yil 
Kogonda “Tarixi Narshaxiy” nomi ostida asarning toshbosma varianti 
nashr qilinganini ham eslab o‘tish joiz. Misrlik olim Mubashshir at-
Tiroziy 1965-yil Qohirada “Buxoro tarixi”ning arabcha tarjimasini 
e’lon etdi
2
. Asarning muqaddima, birinchi va ikkinchi boblarining 
O.I.Smirnova tomonidan rus tiliga qilingan tarjimasi 1965-yil 
Moskvada chop qilindi
3

Narshaxiy asariga qiziqish bugungi kunda ham so‘ngani yo‘q.
O‘zbekistonlik olim Sh.Kamoliddinov “Buxoro tarixi”ni N.Likoshin 
va boshqa ayrim nashrlar asosida rus tiliga qayta izohli tarjima qilib, 
1911-yil Toshkentda nashr etdi. Kitobga D.Yu.Yusupova so‘zboshi,
tarjimadagi arxeologik va topografik ob’ektlarga buxoroshunos
olima E.Nekrasova keng sharh yozgan
4
.
Imom Buxoriy, G‘unjoriy kabi mahalliy mualliflar tomonidan 
ham “Buxoro tarixi” nomli asar yozilganligi to‘g‘risida ilmiy farazlar 
mavjud. Biroq bu asarlar bizgacha etib kelmagani bois, ularning ilmiy 
ahamiyati to‘g‘risida aniq fikrlarni ilgari surish mushkul.
Arab tarixiy-geografik adabiyotida Buxoro vohasining tabiiy 
geografiyasi, iqlimi, etnik tarixi, shaharsozligi, aholisining tili, urf-
odatlari atroflicha tasvirlab berilgan. Ibn Havkalning “Kitob surat al-
ard” kitobi bunga misoldir. Asarda joy nomlari, ariqlar, qishloqlar 
nomi ba’zan g‘alizroq, arablashtirilgan holda talqin qilinishiga 
qaramasdan, Buxoro vohasining X asrdagi tarixiy geografiyasini 
o‘rganish 
uchun 
bu 
asarning 
ahamiyati 
katta. 
Seminar 
mashg‘ulotlarida talabalar ushbu asar ma’lumotlaridan keng 
foydalanishlari mumkin.
Buxoro mozorlari va shaharning XIV-XV asrlar tarixiy 
topografiyasi masalalarini o‘rganishda Ahmad ibn Mahmud 
1
ﺮﺼﻨ ﻦﺒ ﺪﻣﺤﻤ ﻦﺒ ﺪﻣﺤﺍ ﺮﺼﻨ ﻮﺒﺍ ﮥﻤﺠﺮﺘ . ﻰﺨﺸﺮﻨﻠﺍ ﺮﻔﻌﺠ ﻦﺒ ﺪﻤﺤﻤ ﺮﻜﺒ ﻭﺒﺍ ﻑﯿﻠﺎﺗ . ﺍﺮﺎﺨﺒ ﺦﯿﺮﺎﺗ
, ﻦ ﺍﺮﮭﺘ . ﻯﻮﻀﺮ ﺱﱢﺮﺪﻤ ﺡﯿﺤﺼﺘ ﻮ ﺮﻤﻋ ﻦﺒ ﺮﻔﺰ ﻦﺒ ﺪﺴﺤﻤ ﺺﯿﻠﺨﺘ ﻯﻮﺎﺒﻘﻠﺍ
1939
2
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар. Таърих Бухоро// ...дуктур Мубашшир ат-Тирози.- 
ал-Кахира: Дор ул-Маориф би Миср,1385/1965
3
Смирнова О.И. «История Бухары» Наршахи (к истории сложения текста и о задачах 
его издания) // КС ИНА. №69. Исследование рукописей и ксилографов ИНА.- Москва: 
Наука, 1965. – Б.155-179.
4
Мухаммад ан-Наршахи. Тарихи-и Бухара. История Бухары // Вступительная статья 
Д.Ю.Юсуповой. Перевод, комментарии и примечания Ш.С.Камолиддина. Археолого-
топографический комментарий Е.Г.Некрасовой. – Ташкент: SMI – ASIA, 2011, 600 с.


11 
Buxoriyning “Tarixi Mullozoda” asari beqiyos ahamiyatga ega. 
Ayniqsa, unda qayd etilgan Buxoro ulamo va fuzalolarining tarijimai 
holi, ijtimoiy-ma’rifiy faoliyati, dafn qilingan joylari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar o‘sha davr ma’naviy-madaniy muhitini to‘laqonli 
tasavvur va tafakkur qilishda nafaqat ilmiy-ma’rifiy, balki tarbiyaviy 
mazmun ham kasb etadi. 
Buxoro tarixiga bag‘ishlangan XVI asr tarixiy adabiyotlari 
ichida Ibn Ruzbehxonning “Mehmonnomai Buxoro”, Muhammadyor 
ibn Arab Qatag‘anning “Musaxxir al-bilod”, Badriddin Kashmiriyning 
“Ravzat ar-rizvon”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” 
asarlari alohida o‘rin tutadi. Ular bir tarixiy davrda va bir sulola 
tarixiga bag‘ishilangan bo‘lsa-da, qayd etilgan ma’lumotlar mazmuni 
jihatidan bir-birini to‘ldiradi, boyitadi. Masalan “Mehmonnmai 
Buxoro” xronolik qisqa davrni o‘z ichiga olib, asosan Muhammad 
Shayboniyxon siyosiy faoliyatini aks ettirsa, “Musaxxir al-bilod” 
tarixiy tazkira usulida yozilgan bo‘lib, shayboniy sultonlarining
biografiyasi va siyosiy faoliyatini o‘z ichiga oladi. Asarda qariyb 
barcha katta-kichik shayboniy sultonlari xususida ma’lumot beriladi.
“Ravzat ar-rizvon”ni tarixiy-agiografik asarlar sirasiga kiritish 
mumkin. Asar garchi Jo‘ybor xo‘jalari tarixiga bag‘ishlangan bo‘lsa 
ham, unda Abdullaxoning ijtimoiy-siyosiy faoliyati, markaziy 
hokimiyat bilan din peshvolari o‘rtasidagi munosabat, Buxoroda 
kuchli ijtimoiy mavqega ega qatlamlarning davlat boshqaruvi va 
siyosatga ta’siri masalalari atroflicha bayon qilingan. Asarda boshqa 
tarixiy xronikalarda uchramaydigan ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan.
“Abdullanoma” XVI asrning shoh tarixiy asari hisoblanadi. 
Hajm jihatdan ham, mazmun jihatdan ham bu asar yuqorida tilga 
olingan asarlardan farq qiladi va qator afzallik va ustunliklarga ega. 
Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti, etnik tarixi, 
qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlari, Abdullaxonning shaxsiy 
sifatlari, markazlashgan davlat barpo etish uchun olib borgan 
kurashlari xususida asarda qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Masalan 
shayboniylarning davlat boshqaruvi to‘g‘risidagi masalalar Buxoro 
tarixini o‘rganuvchi talabalar uchun ahamiyatli. Markaziy davlat 
boshqaruvidagi 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish