OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Denov tadbitkorlik va pedogogika institute
Tarix fakulteti.
6-t-s-20 guruh talabasining
Mutaxasialikka kirish fanidan tayyorlagan
Mavzu : O'zbekiston Milliy Universiteti tarixi
Bajardi : Tursunova Toyiba
Tekshirdi _______________
Mavzu : O'zbekiston Milliy Universiteti tarixi
Reja :
Universitetning tashkil topishi
O`rta Osiyo davlat universiteti
O`zbekiston Milliy universiteti - 100 yil
Universitetning tashkil topishi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi bolgan bu oliy talim muassasasi hisoblanadi. Universitet bir asrlik faoliyati davomida yuz mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, xalq xojaligining barcha sohalarini etuk kadrlar bilan taminlashda yuksak xizmat qildi va ilm-fanning turli sohalarida jahon etirof etgan muvaffaqiyatlarga erishdi.
Fan olamida ilmiy maktab yaratish ota noyob va sharafli ishdir. Bu borada Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugbek kabi daholar asos solgan ananalari OzMU olimlari tomonidan munosib davom ettirildi. Mazkur ilm maskanida faoliyat korsatayotgan 50 ga yaqin ana shunday ilmiy maktablar jahon ilm ahlining yuksak etirofiga sazovor boldi. Akademiklar Habib Abdullaev, Obid Sodiqov, Sadi Sirojiddinov, Toshmuxammad Sarimsoqov, Jora Musaev, Maxmud Saloxiddinov, Chavkat Alimov, Azimboy Sadullaevlar asos solgan ilmiy maktablar shular jumlasidandir.
Universitet atoqli olimlaridan 23 nafari Ozbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti va vitse-prezidenti etib saylanganlar, jami 107 nafar olimlar akademik darajasiga erishgan. Olima ayollardan 150 ga yaqini fan doktori ilmiy darajasi va professor unvonini olganlar. Bu maskanda talim olgan koplab bitiruvchilar xorijiy oliy talim muassasalarida muvaffaqitli faoliyat korsatib kelmoqda. Bunga yorqin misol Isroildagi Xolon texnologiya instituti prezidenti Eduard Yakubov, AQCh Sogliqni saqlash vazirligi masul xodimi doktor Amir Maxmudov, Kaliforniya davlat universiteti professsori Zoir Ibragimovlardir.
Ushbu dorulfununda tahsil olgan ziyolilardan Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Said Axmad, Ozod Charafiddinov, Turgun Azlarov, Suyuma Ganieva Ozbekiston Qahramoni oliy unvoniga, yuzlab professor-oqituvchilar Ozbekiston Respublikasi Fan arbobi unvoniga, Buyuk xizmatlari uchun ordeni va boshqa mukofotlarga sazovor bolganlar. Chu kunga qadar OzMU talabalaridan 30 nafardan ortigi Prezident stipendianti, 25 nafari Mirzo Ulugbek nomidagi va 30 nafardan ziyodi Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari sohibi bolgan. Onlab iqtidorli talabalar xalqaro fan olimpiadalari, sport musobaqalari goliblari sifatida dunyoga dong taratdi.
Bugungi kunda Milliy universitetda 29 nafar akademik, 150 dan ortiq fan doktori va professorlar, 400 dan ziyod fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar faoliyat korsatmoqda, 200 dan ortiq yosh olimlar va 500 dan ziyod iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Ulkan ilmiy salohiyatga ega bolgan OzMU respublikada tayanch oliy talim muassasasi hisoblanadi. Unda barcha universitetlar uchun Davlat talim standartlari, oquv rejalari va dasturlari tayyorlanib, talim jarayoniga tatbiq etilmoqda.
Nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas boglash uchun OzMUning 3 ta dala-amaliyot maydoni, 32 ta oquv-ilmiy laboratoriya, 3 ta oquv-ilmiy-tajriba markazi, 1 ta OTMlararo ilmiy laboratoriya va 2 ta noyob obektning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Chu bilan bir qatorda talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, grant tanlovlari va loyihalarida ishtirok etish, boshqa oliy talim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun maqsadli ilmiy kadrlar tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda.
OzMU 32 ta rivojlangan davlatlarning 100 dan ortiq oliy talim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda. M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Seul Milliy universiteti, Kaliforniya davlat universiteti shular jumsidandir.
Axborot-resurs markazi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan va internet tizimiga ulangan bolib, kutubxona fondi 4 millionga yaqin adabiyotga ega. 2017 yil oktyabrь oyida Ozbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan Chingiz Aytmatov va Ozbekiston doimiy ekspozitsiyasi talabalarning marifiy maskaniga aylangan.
Turli hududlardan kelgan talabalar Yoshlik talabalar shaharchasidagi zamonaviy turar joylarda yashaydi, intellektual saviya va jismoniy madaniyatini oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega boladi.
Bir asrlik tarixga, boy ananalarga va innovatsion goyalarga ega bolgan Ozbekiston Milliy universiteti jamoasi ilmu marifat va talim-tarbiya sohasidagi yutuqlarni yanada kopaytirish, Vatan ravnaqiga bundan ham munosib hissa qoshish uchun qatiyat va shijoat bilan mehnat qilmoqda.
O‘rta Osiyo davlat universiteti
Biror xalq hayotida ulkan ahamiyat kasb etadigan har qanday hodisa kabi sovet mamlakatining Osiyo qismidagi birinchi universitetning taraqqiyot yo‘li ham silliq kechmadi, uning olg‘a siljishi tinimsiz chigal sinovlar bilan yonma-yon bo‘ldi. Turkiston xalq universiteti sifatida tashkil topgan oliy maskan yil o‘tib-o‘tmay, davlat universitetiga aylandi. Tug‘ilganining beshinchi yilida dorilfunun maqomi yana bir bor o‘zgarishga yuz tutdi. G‘oyat ulkan hududdagi aholini malakali kadrlar bilan ta’minlash va bu o‘lkalar turmush yo‘sinini o‘zgartiradigan darajada ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishga yo‘naltirilgan bu maskan 1923 yilning iyulь oyidan e’tiboran birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti (O‘ODU) tarzida atala boshladi. Sirasini aytganda, bu nom universitetning asl maqomini to‘laroq ifoda etardi. Negaki, bu davrga kelib, ushbu o‘quv yurtida nafaqat Turkiston respublikasi, balki Xorazm xalq respublikasi, Buxoro xalq respublikasi, Qirg‘iz avtonom viloyati fuqarolari ham o‘qiyottan va ularniig soni yildan yilga ortib borayottan edi. Chunonchi, shu yili yuz nafar qirg‘iz yoshlari talabalikka qabul qilingandi. Eron hukumati ellik nafar talaba o‘kitib berilishi so‘rab murojaat qilgandi. Bu hol universitetning faoliyat doirasini bir mamlakatdan tashqariga chiqarib, xalqaro maqomga ega qildi.
Aytish kerakki, TurDUning O‘ODUga aylanish sanasi manbalarda turlicha ko‘rsatiladi. Jumladan, «XX let Sredne-Aziatskogo gosudarstvennogo universiteta» kitobining 13-betida bu hodisa 1923 yilning 19 iyulida ro‘y bergan deyilsa, «ToshDU ilm va ma’rifat maskani» asarida o‘sha yilning 17 iyulida ekani qayd etiladi.
1924 yilda o‘tkazilgan milliy chegaralanish va tashkil qilingan har bir yangi respublikaning bilimli zamonaviy mutaxassislarga o‘ta muhtojligi O‘rta Osiyo davlat universitetining ahamiyatini yanada oshirdi. O‘sha davr hukumati tomonidan ulkan hudud va ko‘p sonli aholiga ega bo‘lgan mintaqadagi yagona universitetning ravnaqiga imkoniyat darajasida e’tibor qaratildi. Lekin, birinchidan, bu imkoniyatning o‘zi g‘oyat cheklangan edi, ikkinchidan, markscha-lenincha mafkura birinchi universitetning emin-erkin taraqqiy etipshga yo‘l qo‘ymasdi. Shu sababli O‘ODUning o‘sish yo‘li ancha chigal va murakkab bo‘ldi.
Sho‘ro davrida tayyorlangan hamda ular asosida keyingi yillarda yozilgan ayrim adabiyotlarda O‘rta Osiyo davlat universiteti yildan yilga miqdor jihatidan ham, sifat jihatidan ham tinimsiz o‘sib, yuksalib borganligi qayd etiladi va buni isbotlashga xizmat qiladigan raqamlar keltiriladi. Holbuki, bir odamning umri faqat o‘sish quvonchlaridan iborat bo‘lmaganidek, birinchi universitetning taraqqiyoti ham silliq hamda ko‘zni quvontirar darajada yarqiroq kechmagan. Bunday bo‘lishi mumkin ham emasdi. Buning ustiga raqamlar hamisha ham haqiqiy ahvolni aks ettiravermaydi. Chin vaziyatni bilmoq uchun raqamlar zamiridagi mohiyatga etib borish talab etiladi.
1924 yilda Turkiston davlat Botanika bog‘i birinchi universitetga qo‘shib berildi. U qishloq xo‘jatigi fakulьteti talabalari uchun amaliyot o‘tash, botanika va tuprokshunoslik institutlari xodimlari uchun ilmiy tajribalar o‘tkazish manbasiga aylandiki, bu hol o‘qitish sifatining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
1924 yilda universitet kutubxonasi fondidagi kitoblar soni 75000 nusxaga etdi. Ular orasida nodir qo‘lyozma asarlar ham talaygina edi. 1940 yilda esa kugubxona 376 ming kitob fondiga ega bo‘ldi. 1923 yilning noyabridan «O‘rta Osiyo davlat dorilfununi axbori» (Byulletenь Sredneaziatskogo gosudarstvennogo universiteta) chop etila bog‘landi. Asosan, Rossiyadan kelgan olimlarning rus tilida bitilgan turli mavzudagi ilmiy izlanishlari chop etiladigan ushbu nashr tez orada dunyo olimlarining nazariga tushdi. Buni «Axborot»ning 1925 yilda chet ellardagi 278, 1929 yilda 438 oliy maktab va ilmiy markazga jo‘natilgani ham isbotlaydi.
Milliy chegaralanish o‘tkazilib, O‘zbekiston alohida respublikaga aylangandan so‘ng ham O‘ODU rasmiy ravishda sobiq ittifoq Markaziy Ijroiya qo‘mitasi ixtiyorida qoldirilib, federal byudjetdan ta’minlanadigan va u sobiq ittifoq Markaziy Ijroiya qo‘mitasining ilmiy-o‘quv va adabiy-matbuot ishlari qo‘mitasi rahbarligida ishlaydigan bo‘lib qolaverdi. Bu O‘rta Osiyoda yagona oliy maktabga alohida e’tibor tarzida talqin etilsa-da, aslida universitetning erli hukumat ta’siriga tushib, erli millatlar manfaatiga bo‘ysundirilishidan xavotir natijasi edi.
1926 yilda universitetning fakulьtetlari soni ko‘payib, ettitaga etdi. O‘ODU qoshida tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, fizika-matematika, melioratsiya muhandisligi, erli xo‘jalik va huquq, sharq va ishchi fakulьtetlari faoliyat yuritar edi. 1929 yilda talabalar soni 2750 nafarni tashkil etdi. Universitet fakulьtetlarining yiriklashib borishi ularning tashkiliy faoliyatida bir qator qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Fakulьtetlarning ichki ixtisoslashuvi kuchayib, bo‘limlar soni ortishi natijasida boshqa fakulьtetlar bilan aloqa susayib bordi. Ayrim fakulьtetlarning ilmiy salohiyati o‘sha davr o‘lchovlari bilan yondashilganda, alohida oliy o‘quv yurti darajasida edi. Natijada, oliy ta’limni bir universitet miqyosidagina ushlab turish tashkiliy pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq emasligi oydinlashib, O‘rta Osiyo davlat universitetining ayrim fakulьtetlari asosida yangi oliy maktablarni ochish zaruriyati paydo bo‘ldi. 30-yillar boshida markazdan qochish qonuniga muvofiquniversitet tarkibidagi bir qator fakulьtetlar mustaqil oliy o‘quv yurtlari bo‘lib ajralib chiqdi. 1929-1932 yillarda Toshkentning o‘zida O‘ODU bazasida industrial, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi irrigatsiyasi va mexanizatsiyasi, moliya-iqtisod, pedagogika institutlari, Samarqand shahrida xalq xo‘jaligi instituti, Ashxobodda zooveterinariya instituti, hozirgi Xo‘jandda qishloq xo‘jaligi instituti tapgkil etildi. Bulardan tashqari, universitetdan bir qator ilmiy-tadqiqot instituglari ham ajralib chiqib, mustaqil ilmiy tashkilotlarga aylandi Ikkinchi jahon urushi arafasida O‘rta Osiyo davlat universiteti asosida tashkil etilgan oliy o‘quv yurtlari soni 14 taga etdi.
Turkiston sho‘rolar MIQiing 1919 yshg 31 yanvardagi 195-buyrug‘i bilan tashkil etilib, 1920 yilning 11 fevralida ochilgan va to‘liq o‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan ishchi va dehqonlarni universitet «kursini o‘tashga tayyorlashdan iborat» ishchi fakulьteti bu davrga kelib, ancha oyoqqa turdi. Fakulьtetga o‘zbeklar va bopgqa erli millat vakillarini qabul qilish bir qadar ko‘paydi. Ilk bor 153 tinglovchi bilan ish boshlagan bu fakulьtet 1923 yilda 784, 1924 yilda 773, 1925 yilda 889,1928 yilda 900 nafar tinglovchi qabul qildi. Lekin fakulьtetning ta’limiy tarkibi erli aholi uchun o‘ta noqulay tuzilgandi. Chunonchi, fakulьtet aeoeiy va tayyorlov bo‘limvdan iborat bo‘lib, asosiy bo‘limda uch yil, tayyorlov bo‘limda ikki yil o‘qish kerak bo‘lardi. Demak, o‘rta maktabni bitirmagan yurt egasi besh yil ishchi fakulьtetida, yana besh yil o‘zi kirgan fakulьtetda o‘qishi lozim bo‘lardiki, bu erli yoshlarning ilm olish imkoniyatini pasaytirardi. Faqat 1930 yilga kelib, fakulьtetda o‘qish muddati uch yilga keltirildi. Shu holatda bu yordamchi fakulьtetning faoliyati 1938 yilga qadar davom etdi.
Universitetda mahalliy xalq vakillari soni haddan tashqari kam edi. Jumladan, 1925-1926 o‘kuv yilida 157 nafar erli aholi o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, 1928- 1929 yilda bu ko‘rsatkich 256 nafarga etdi. Ularning yarmi o‘zbek millatiga mansub kishilar edi. Lekin ularning juda katta qismi o‘qishni oxiriga qadar etkaza olmasdilar, albatga. Fikrimizni O‘ODUga qabul qilinuvchilar miqdori bilan uni bitiruvchilar soni o‘rtasida juda katta ayirma borligi ham isbotlaydi. Chunonchi, agar 1924 yilda universitetga 2278 nafar talaba qabul qilingan bo‘lsa, besh yildan so‘ng, ya’ni 1928 yilda O‘ODUni bitirgan yosh mutaxassislar soni bor- yo‘g‘i 250 kishini tashkil qildi. Boshqacha aytganda, o‘qishga kirgan har besh kishining birigina universitetni bitirib chiqa oldi, xolos. Bulariing orasida o‘zbeklar qancha bo‘lganligini faqat tasavvur etish mumkin. Shunga qaramay, baribir, sekinlik bilan bo‘lsa-da, universitet o‘quv-ilmiy faoliyatida olg‘a siljish davom etardi.
1922 yilda universitetning bitiruvchilari orasida barmoq bilan sanarli bo‘lsa-da, mahalliy xalq vakillari, xususan, keyinchalik sobiq ittifoq tibbiyot akademiyasining akademigi darajasiga erishgan Zulfiya Umidova kabilar borligi ko‘z yumib bo‘lmaydigan fakt edi. Yillar o‘tishi bilan ota-bobolari ilmga chanqoq o‘zbek millati vakillari universitetga tobora ko‘proq kela boshladi. 1928-1929 o‘quv yilida abiturientlarniig 19 foizi erli aholi bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi o‘zbeklar edi. To‘g‘ri, abiturientlarning aksariyati kirish imtihonlaridan o‘tolmasdi, kirganlarning ham talaygina qismi o‘qishni tashlab ketishga majbur bo‘lishardi. Lekin universitetda o‘qishga intilish jarayoni boshlangan va u tobora ommaviy tus olmoqda ediki, bu holning o‘zi kishini umidlantirardi.
1928-1929 o‘quv yilidan e’tiboran barcha fakulьtetlar qoshida tayyorlov kurslari ochilib, ularga erli aholi vakillari qabul qilinib, universitetga kirishga tayyorlanadigan bo‘ldi. 1930 yilda bu kurslar o‘qish kunduzgi va kechki tarzda olib boriladigan tayyorlov bo‘limlariga aylantirildi. Shuningdek, 1929 yildan boshlab, ikkinchi bosqichli maktabni, texnikum yoki qisqa muddatli o‘qituvchilar institushni bitirgan erli aholi universitetga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadigai bo‘ldi.
Sobiq ittifoq MIQning 1932 yil 19 sentyabrdagi «Oliy maktab va texnikum-lardagi o‘quv dasturlari va tartibi to‘g‘risidagi» qaroriga muvofiq qabul imti-honlari yana tiklandi. Universitetda imtihon sessiyalari va diplom ishlari himoyasi joriy etildi. Bu davrda ma’ruza oliy ta’limning asosiy usuli darajasiga ko‘tarildi.
1930 yilning martida O‘rta Osiyo xalqlari tillari fakulьtetlararo kafedrasi tashkil etildi. Shu yillardan boshlab erli millatlar tilini o‘qitishga bir qadar e’tibor qaratildi. Bu tillardan biri bo‘yicha kirish imtihonlari topshirish majburiy qilib qo‘yildi. 30-yillar o‘rtalariga kelib, birinchi marta universitetdagi ayrim fanlarii o‘z tillarida o‘qishlari zarur bo‘lgan «milliy guruh»lar paydo bo‘ldi. Lekin ta’limni milliy tilga o‘tkazish tezgina ro‘y berib qolmadi. Dastlab ayrim fanlargina milliy tilda o‘qildi. So‘ng matematika, fizika, botanika, zoologiyaga doir ba’zi kitoblar universitet domlalari tomonidan o‘zbekchalashtirildi. Bu harakat keyinchalik ham turli sur’atlarda davom ettirildi. 1941 yilga kelib O‘ODU professor-o‘qituvchilari tarkibida 21 nafar o‘zbek bor edi.
O‘ODU tarkibidan bir qator oliy o‘quv yurtlari ajralib ketishi sababli 1931 yilga kelib, uning tarkibida birgina fizika-matematika fakulьteti qoldi. Bu yagona fakulьtet asosida tez orada biologiya, ximiya va fizika-matematika kabi uch fakulьtet tanjil qilindi. Tabiiyki, talabalar soni keekin qisqarib ketgandi. Ko‘rinadiki, O‘ODU garchi universitet deb gyumlanishda davom etsa ham, amalda tabiiy-aniq fanlar oliy o‘quv yurtiga aylangan edi. Chin ma’nodagi universitet bo‘lishi uchun unda filologiya, tarix, geografiya, huquqshunoslik, iqtisod singari an’anaviy fakulьtetlar ochilishi lozim edi. 1935 yilda tarix va geografiya fakulьtetlari ochilib, fakulьtetlar soni beshtaga etdi. 30-yillar adog‘ida chet tillar, pedagogika (1937), rus va o‘zbek tillari (1939), jismoniy tarbiya va harbiy ish (1939) kabi bir qator fakulьtetlararo kafedralar tashkil etildi.
Sobiq ittifoq MIQning 1938 yil 16 apreldagi qarori bilan O‘rta Osiyo davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Xalq komissariati kengashi tasarrufiga o‘tkazildi. U esa O‘ODUni Xalq maorifi komissarligi qaramog‘iga o‘tkazdi. Endilikda universitetni mablag‘ bilan ta’minlash respublika hukumati zimmasiga tushardi. Shuniig uchun ham dastlabki yillarda universitet ta’minotida moliyaviy taqchillik va uning oqibati o‘laroq, tashkiliy uzilishlar ro‘y berdi.
1939 yilda O‘ODUda ximiya-texnologiya fakulьteti ham tashkil qilindi. Lekin universitet tabiatiga u qadar mos kelmaydigan ushbu fakulьtet 1940 yilning 1 sentyabridan talabalari bilan birga, O‘rta Osiyo industrial instituti tarkibiga kiritildi. Fakulьtetlar sonining kamayishi o‘z-o‘zidan talabalar miqdorining ham ozayishiga olib keldi. Shuning uchun ham oliy maktablar ishlari Butunittifoq qo‘mitasining 1939 yil 29 iyuldagi buyrug‘i bilan O‘ODUning talabalari soni 4500 kishidan iborat bo‘lishi kerakligi qatьiy belgilab qo‘yildi. Ushbu buyruqqa muvofiq universitetning tashkiliy tuzilmalarini kengaytirish maqsadida tarix fakulьteti tarix-filologiya fakulьtetiga aylantirildi.
O‘rta Osiyo davlat universiteti rahbariyati kafedralar faoliyatiii jonlantirishga bir muncha e’tibor qaratdi. Shuning uchun ham garchi fakulьtetlar soni kamayib-ko‘payib tursa-da, kafedralar tizimini sakdab qolish va uning miqdorini muntazam ravishda o‘stirib borishga erishildi. Ham o‘quv, ham ilmiy-tadqiqotlar olib boritshga uyushtirish borasida eig qulay tuzilma bo‘lmish kafedralar soni 1937 yilda 17 ta, 1938 yilda 36 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1939 yilda 46 taga etdi. 1940 yiliing boshiga kelib, professor-o‘qituvchilar orasida 15 iafar fan doktori bor edi. Bu ko‘rsatkich 1938 yilda 6 nafarni tashkil etgaidi. Fan iomzodlari miqtsori 85 kishiga etdi (1938 yilda 52 nafar), professorlar esa 39 kishini tashkil qildi (1938 yilda 32 kishi), dotseitlar 60 nafarga etdi (ikki yil oldin ular 32 kishi edi) va h.k.3
1939-1940 o‘quv yilida universitet xalq xo‘jaligining matematika, mexanika, fizika, geofizika, botanika, zoologiya, antropologiya, tuprokshunoslik, geografiya, tarix, organik kimyo, noorganik kimyo, fizik va kolloid kimyo, analitik kimyo, silikatlar texnologiyasi, yog‘lar texnologiyasi, vinochilik, spirtchilik kabi o‘n sakkiz sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlardi. Shu o‘quv yilida universitetga hujjat topshirgan abiturientlarning 40 foizi, talabalikka qabul qilinganlarning 25 foizi erli millatlar vakillari edi.
1938 yilda tarix, mexanika-matematika va geografiya fakulьtetlarida sirtqi ta’lim tashkil etildi va 1939 yildayoq O‘ODUning sirtqi bo‘limini 18 kishi bitirib chiqdi. Bu holat erli aholini oliy ta’lim bilan qamrab olishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1939 yilning 1 sentyabrida O‘rta Osiyo davlat universitetiga 2116 talaba qabul qilingan bo‘lsa, shulardan 1560 nafari kunduzgi, 556 kishi sirtqi bo‘limda bilim olardi. Ularning 683 nafari erli millatlar vakillari bo‘lib, bu 32,5 foizni tashkil etardi. Shularning yarmidan ko‘prog‘i o‘zbeklar edi. Ko‘rinadiki, O‘ODUda oliy maktablar ishlari Butunitgifoq qo‘mitasiiing 1939 yil 29 iyulda chiqarilgan va talabalar soni 4500 kishi bo‘lishi kerakligi borasidagi buyrug‘i yarmiga ham bajarilmadi. Yanayam achinarlisi shundaki, 1939-1940 o‘quv yilida universitetni bitirgan kishilar soni bor-yo‘g‘i 273 nafarni tashkil qildi.
Birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tarkibi ham huddi talabalar tarkibi kabi bo‘lib, unda erli ziyolilariing mikdori g‘oyat oz edi. 1930 yilda universitet domlalari orasida atigi 28 nafar erli aholi vakili bo‘lib, bu o‘qituvchilarning bor-yo‘g‘i 6 foizini tashkil qilar edi. Oradan ikki yil o‘tgach, bu ko‘rsatkich 10 foizga etdi. Bular orasida professor unvoni berilgan Abdulla Avloniy, Sulton Segizboev, shu universitetni bitirgan yosh matematik olim Qori-Niyoziy, erli xo‘jalik va huquq fakulьtetining sobiq talabasi shoir Oybek kabilar bor edi.
1940 yilda O‘ODU aspiranturasida 103 yosh mutaxassis tahsil ko‘rgan. Bu borada sezilarli o‘sish bo‘lganligini qayd etish lozim. Zero, 1937 yilda aspirantlar miqdori bor-yo‘g‘i 30 kishini tashkil etgandi. Aspirantlarning 40 foiziga yaqini erli aholi vakillaridan iborat edi3.
Barcha ishni o‘z tabiiy yo‘sini bilan emas, balki zug‘um va zo‘rlik bilan amalga opshrishga tobora o‘rganib borayotgan sho‘ro hukumati talaba yoshlarga ham xo‘jalik yuritipshing ayni usulini singdirishga harakat qildi. Shu bois talabalar 20-yillarning o‘rtalaridan ilm olishga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etiladigan bo‘ldi. Universitet talaba yoshlaridan oldin respublikada er-suv islohotini o‘tkazishda foydalanilgan bo‘lsa, so‘ngroq majburiy kollektivlashtirish tadbiriga ham jalb etildilar. Hech qancha o‘tmay, kompartiya talabalarni o‘zlari tashkil etishda qatnashgan kolxozdagi paxtalarni yig‘ib-terib olishga safarbar eta boshladi. Shu tariqa 1929 yilning 17-19 oktyabrь kunlari O‘rta Osiyo davlat universiteti talabalari dunyo universitetlari orasida birinchi bo‘lib, paxta terimiga chiqishdi. Bu yaroqsiz an’ana yurtimiz ozodlikka chiqqunga qadar, qariyb 66 yil davom etdi.
Birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti ham bepoyon sho‘ro mamlakati bo‘ylab izg‘ib yurgan qatag‘ondan chetda qolmadi. Bu qatag‘onning mualliflari uchun o‘z fikri, e’tiqodi va dunyoqarashi bor har qanday ziyoli dahshatli dushman hisoblanar edi. Tabiiy, aynan O‘ODUday tafakkur maskanida bunday kishilar ko‘proq bo‘lardi. Shuning uchun ham universitet jamoasi 30-yillarning ikkinchi yarmida qatag‘on mashinasining bugun qudratini yaqqol his qildi. 1936 yilning kuzida universitet rektori V.Ya.Yarotskiy, N.Yaroshevich, T.Jurgenov, A.Shmidt, K.Lapkin singari professor-o‘qituvchilar qamoqqa olindi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘rta Osiyo davlat universiteti O‘zbekiston qaramog‘iga o‘tgandan so‘ng erli aholi vakillarini o‘qingga qabul qilish sekinlik bilan bo‘lsa-da, muntazam ravishda ko‘tarilib bordi. Garchi, hamon rus va rus tilli aholi qatlamiiiig o‘qishiga adolatsizlik bilan katta imtiyozlar berib kelinayotgan bo‘lsa-da, o‘ggan yillar davomida erli kadrlarni oliy ta’limga jalb etmay turib, yurtni taraqqiy ettirish mumkin emasligi tobora yakqolroq anglab etilmokda edi.
Urushdan oldingi yillarda erli millat vakillari nafaqat talaba yoki domla, balki universitet rahbari darajasida ham ishlay olishlari mumkinligi ko‘rindi. 1931 yilning noyabrida sovet xo‘jaligi va huquqi fakulьtetini 1928 yilda bitirib, siyosiy iqgisoddan talabalarga saboq bergan va tez orada pedagogika fakulьteti etakchisi darajasiga ko‘tarilgan N.Murodov universitetga rektor kilib tayinlandi. Universitetning o‘zbeklardan chiqqan birinchi rahbari bo‘lmish bu kishi 1932 yilning iyulь oyiga, ya’ni Moskvaga qizil professura institutiga o‘qishga ketgunsha qadar O‘ODUni boshqardi. Uning o‘rniga ikkinchi bir yosh o‘zbek, keyinchalik olamga maggghur yirik matematik olimga aylangan Toshmuhammad Qori-Niyoziy tayinlandi. Bularning rahbarlik davri, garchi uzoq davom etmagan bo‘lsa-da, erli millat vakillarining o‘qish va jamoat ishlariga ko‘proq jalb etilgan davri bo‘ldi.
O‘tgan asrniig 20-yillari yarmiga qadar ham hali biripchi O‘ODUni dunyo universitetlari qatori ta’lim-tarbiyaviy va ilmiy-tashkiliy jihatdan bir qadar avtonomiyaga ega bo‘lgan o‘quv maskaniga aylantirishni umid qiladigan eski professura vakillari bor edi. Ular ilmiy va o‘qitish jarayoii siyosat va mafkuradan xoli bo‘lishini, ilmiy-tadqiqotlar olib boringda universitet tashkiliy-huquqiy mustaqilligiii saqlab qolipshni istashardi. Lekii, asosan, shnchi fakulьtetidagi kelib chikishi «toza», g‘oyaviy chiniqqan, ammo chalasavod ishchi-dehqonlardan iborat universitet partiya tashkiloti bunga yo‘l qo‘ymadi. Ular oldingi ilmni ham, uning namoyandalarini ham tarix chiqindixonasiga uloqtirishga tayyor edilar.
Shunday bo‘lsa-da, universitet tashkil etilib, tiklanish davriga kirishi bilanoq, unda keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borish yo‘lga qo‘yildi. Garchi yuqori malakali va chuqur ilmiy tayyorg‘arlikka ega mutaxassislar etishmasligi muntazam ravishda sezilib tursa-da, universitet faoliyatiiiig ilk yillaridanoq, nafaqat O‘zbekiston, balki bugun O‘rta Osiyo tabiatini ilmiy maqsadlarda tekshirishga kirishildi. Olis 20-yillarda universitet geolog olimlari tomonidan Chimkent va Avliyoota uezdlaridagi tabiiy qatlamlar tekshirildi. Zarafshon daryosi o‘zani, Mirzacho‘l, Qizilqum o‘simliklar dunyosi va bu erlarda chorvachilikii rivojlantirish istiqbollari ilmiy jihatdan tadqiq etildi. Sirdaryo havzasi faunasi atroflicha o‘rganildi. 1923 yildan boshlab, baland Pomir tog‘lariii o‘rganishga kirishildi.
Universitet faoliyatining dastlabki bosqichlarida gumanitar fanlar yo‘nalishida ham jiddiy tadqiqotlar qilindi. Qozoqva qoraqalpoq etaografiyasini o‘rganish bo‘yicha prof. A.Divaev, Tojikistongsh etnografik nuqtai nazardan tekshirishda M.Andreev, Qashgarni etnografik jihatdan tadqiq etishda A.Semyonov kabi olimlar keig qamrovli ishlarni amalga oshirdilar. Aholiiiig udumlari, o‘yinlari, og‘zaki ijodi, kuy-qo‘shiqlari, ertagu dostonlari, topishmoq va maqollari yozib olindi, tasnif qilindi. Lekin, negadir, o‘zbeklarni etnografik nuqtai iazardan tekshirishga etarli e’tibor qaratilmadi. Faqat 1928 yilga kelibgina o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini yozib olishga bir qadar kirishildi.
20-yillarning ikkinchi yarmida universitet qoshida fakulьtetlararo o‘kuv-yordamchi muassasalar faoliyat ko‘rsatib, u universitet o‘qitish jarayonini yo‘lga qo‘yishga yordam berishdan tashqari, fundamental ilmiy-tadqiqotlar olib borishni uyupggirish bilan ham shug‘ullanar edi. Bu tuzilma 1928 yilda fakulьtetlararo Ilmiy-o‘quv tuzilmalari assotsiatsiyasiga aylantirildi. Uning tarkibida sof va amaliy matematika, ximiya, fizika, geologiya, pedagogika va psixologiya, tuproqshunoslik va geobotanika, botanika kabi ettita ilmiy-tadqiqot instituti bor edi. Albatga, u davrdagi ilmiy-tadqiqot instituglari ilmiy salohiyati va tashkiliy imkoniyatlari jihatidan hozirgi tadqiqot iistitutlari darajasidan juda olis edi. 1929 yilda bu assotsiatsiya tarkibidagi ilmiy-o‘quv tuzilmalari soni yigirma beshgaga etdi. 17 kabinet va botanika bog‘ida aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Urupggacha bo‘lgan davrda O‘ODUda olib borilgai ilmiy ishlarning asosiy qismi ilmiy-o‘quv tuzilmalari assopiatsiyasi zimmasiga tushardi.
Assotsiatsiya tarkibidagi ilmiy muassasalar sanoat va xo‘jalik korxonalari bilan aloqada bo‘lib, o‘z faoliyatlarini ularning buyurtmalariga muvofiq tashkil etishga urinardi. Respublika Paxtachilik qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi boshqarmasi, «Turkinak» aktsionerlik birlashmasi, sog‘liqni saqlash komissarligi, geologiya tashkilotlari bilan hamkorlikda universitet olimlari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston-ning deyarli barcha hududlarida tadqiqot ishlari olib bordilar.
Universitet fizika-matematika fakulьteti xodimlari B.P.Grabovskiy va I. F. Belyanskiylar o‘zining ahamiyati jihatidan tengsiz bo‘lgan kashfiyot qildilar. 1928 yilning 26 sholida O‘rta Osiyo harbiy okrugining tajriba stantsiyasida ular yaratgan telefon apparati sinab ko‘rildi. Ular radio orqali elekgronur quvurchalaridan foydalaiib, sof elektron yo‘l bilan dunyoda birinchi bo‘lib harakatdagi tasvirni uzatish va qabul qilishga erishdilar. Misli ko‘rilmagai bu kashfiyot gurli sabablar bilan o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlanmadi. Faqat 1971 yilning 16 aprelida YuNESKOning maxsus farmoyishi bilan bu kashfiyotniig qimmati va ahamiyati ko‘rsatildi. Uning elektron televidenieni yaratish va rivojlantirishdagi o‘rni jahon miqyosida rasman tan olindi.
Ayniqsa, O‘ODU qishloq xo‘jaligi fakulьteti olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari katga qimmatga ega bo‘ldi. Bu fakulьtet qoshidagi mashiiasozlik instshuti nafaqat O‘zbekiston, balki butun O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash harakatining poydevorini qo‘ydi. 1926 yilda ushbu instigug tarkibida tashkil etilgan O‘rta Osiyo mashina sinash stantsiyasi mintaqa uchun zarur bo‘ladigan mexanizm va uskutgalarni tayyorlab, hayotga tatbiq etadigan asosiy tuzilmaga aylandi. 20-yillar oxirida universitetda paxtachilik kafedrasi tangkil qilinib, paxtga urug‘chiligi bilan shug‘ullana boshladi. Qishloq xo‘jaligi fakulьteti olimlari tomonidan mintaqada o‘simchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari borasidagi ishlar ham ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Janubiy Qozog‘iston va Qirg‘izistonning ko‘chmanchi aholi yashaydigan hududlarida paxta etishtirishning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish borasida ular katta ishlarni amalga oshirdilar.
O‘ODUda talabalarning o‘zini ilmiy ishlarga jalb etish borasida ham bir talay ishlar qilindi. 1940 yilda talabalarning birinchi umumuniversitet ilmiy konferentsiyasi o‘tkazildi. Keyinchalik bu an’anaviy tus oldi va hanuzga qadar davom etib kelmoqda. Bu davrda O‘rta Osiyo davlat universiteti mintaqa ilmini rivojlantirishda tengsiz ahamiyatga ega bo‘ldi. Bizda mavjud mutlaqo to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 1923-1940 yillar orasida O‘rta Osiyo davlat universitetida o‘qib chiqqan talabalarning 41 nafari akademik ilmiy unvoniga sazovor bo‘lishgan. Shuni ta’kidlash kerakki, shovinistik ulug‘ og‘achilik kayfiyati nafaqat o‘qish jarayonini tashkil etish, balki ilmiy ishlarni yo‘lga qo‘yishda ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Universitet tashkil bo‘lgandan buyon faoliyat ko‘rsatib turgan tarix-filologiya fakulьteti 1921 yil oxirida pedagogika fakulьtetiga aylantirildi, 1922 yil ko‘klamida esa tamomila tugatildi, uning adabiy-badiiy bo‘lim tarzida saqlanib qolgan qismi 1923 yil aprelda butunlay yo‘q qilinishi ayrim adabiyotlarda izohlangani kabi moddiy etishmovchilik yoki kadrlar tangligi tufayli emasdi. Hukumat tepasida o‘girgan sovet kadrlari erli millatlarning o‘zini tanishiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan fanlarni o‘qitishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslikka urinishardi.
Universitetda aniq fanlarga e’tiborning tobora kuchayib, ta’lim tabiiy va aniq fanlar fakulьtetlari doirasida tashkil etilishi bejiz emasdi. Agar e’tibor qilshgsa, universitet hayotining bu davrida millatning o‘zini tanishiga bir darajada xizmat qilishi mumkin bo‘lgan fakulьtetgina emas, kafedra ham ochilmaganligi ma’lum bo‘ladi. 1918 yilda mustaqil ish boshlagan sharqshunoslik institutining universitetga bir fakulьtet sifatida qo‘shib yuborilishi, keyinchalik bu fakulьtetning tugatilishi o‘zbeklarning o‘z tarixiy-ma’naviy ildizlaridan uzilishi yo‘lida atay tashlangan qadamlar edi. O‘zbekning eridagi universitetda o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitilmas, bu sohalar bo‘yicha mutaxassis tayyorlanmasdi. Filologiya fakulьteti ikkinchi jahon urushining eng qaltis, Ittifoqdagi millatlarning birdamligisiz dushmanni engib bo‘lmasligi ma’lum bo‘lgan 1942 yilga kelib tashkil qilinishi, o‘zbek tilshunosligi, o‘zbek adabiyoti kafedralari shundagina ochilganligi ham erli millatning o‘zini tanishiga hamisha to‘siq qo‘yib kelinganligi va bu to‘siqlar ilojsizlikdangina olinganligini ko‘rsatadigan dalildir. Shunisi qiziqki, O‘ODUda o‘zbek tili, adabiyoti, tarixi bo‘yicha biror kafedra bo‘lmagani holda 20-yillarning avvalidaeq birorta mutaxassis bo‘lmaganiga qaramay, antropologiya kafedrasi tashkil etilgandi. Kafedra mutaxassislari bu davrda bir qator «olamshumul kashfiyot»lar qilishga ham erishdilar. Chunonchi, ushbu kafedraning tashkilotchisi prof. V.Oshanin O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi bo‘yicha uzoq yillik tadqiqotlar olib borishi natijasida bu erlarda braxitsefal evropoid irqning avtoxtonligini asoslab berishga erishadi. Bu qimmatli «ilmiy» xulosa omma tushunadigan tilga ag‘darilsa, bizning erlarimizda yashagan eng qadimgi odamlar, ya’ni yurtning asl egalari kalla suyagining eni uzunligining 80 foizini tashkil etadigan evropoid irqiga mansub kishilar bo‘lganligi anglashiladi. Hozir bir tilda gaplashadigan turkiy xalqlarning bir qismi mo‘g‘ulsimon, boshqa bir qismi evropasimon irqqa mansub ekanligi borasidagi nazariyalar ham shu kafedra mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgandi. Aniqki, bu kafedraning faoliyati rasmiy hukumat va hukmron mafkura tomoiidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanardi.
Gap borayotgan yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetida ilmiy jarayon ancha qizg‘in kechdi, qator kitoblar yozildi, o‘nlab kashfiyotlar qilindi. Lekin olib borilayottan tadqiqotlarga erli millatlar manfaati nuqtai nazaridan qaraladigan bo‘lsa, ko‘ngil xotirjam bo‘ladigan ipglar g‘oyat oz ekanligi ma’lum bo‘ladi. Chunonchi, tanikdi tarixchi olim V.Kun Rusga mo‘g‘ullar bosqini muammosini tekshirgan bo‘lsa, I.Dodonov Buyuk Pyotrning shahar islohotlari, L.Bajenov Bolgariya, D. Gramenitskiy esa Germaniya tarixi bilan shug‘ullandi. Albatta, bu tadqiqotlarning ham fan uchun muayyan ahamiyati borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Lekin begonalar tomonidan qilingan ilmiy izlanishlar bizning yurtimiz va xalqimizga hech qanday aloqasi va nafi yo‘qligini ham ta’kidlamaslik imkonsizdir. Bu davrda universitet olimlari tomonidan o‘lka tarixiga doir hech qanday tadqiqot olib borilmagan deyish mumkin emas, ammo bunday izlanishlarning, avvalo, kamligini, ikkshtchidan, borlarining ham sho‘ro mafkurasiga moslashtirilganligi ayon haqiqatdir.
1940 yilga kelib O‘rta Osiyo davlat universiteti nafaqat O‘zbekiston yoki O‘rta Osiyo, balki Ittifoqdagi yirik oliy maktablardan biriga aylandi. Uiing ilmiy salohiyati haqida pguni aytish mumkinki, 40-yillar boshida O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtidagi fan doktorlarining 80 foizi, professorlarning 56 foizi shu universitetda faoliyat ko‘rsatardi.
Tashkil etilishi vaqtidayoq O‘rta Osiyo davlat universiteti shu mintaqa respublikalari va Qozog‘istonda zamonaviy fanlarni rivojlantirish markazi bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. Shuning uchun ham universitet bag‘rida bir qator ilmiy-tadqiqot o‘choqlari tashkil etilib, mintaqa ehtiyoji uchun zarur hisoblangan fan sohalarini rivojlantiripgga e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash kerakki, sovet hukumatining universitetda fanlar taraqqiyotiga e’tibor qaratishdan maqsadi o‘lkada fanni rivojlantirishdan ko‘ra, bu erdagi tabiiy boyliklardan to‘laroq foydalanish, tezroq va ko‘proq tashib ketipshing ilmiy yo‘llarini topishdan iborat edi. Bu hol O‘ODU faoliyati yuzasidan SSSR Glavprofobr kollegiyasi qabul qilgan qarorning 2-bandi sinchiklab o‘rganilsa, oydinlashadi. Qarorning ushbu bandida qayd etilgan: «O‘ODUning hamma ishlari ham o‘lkashunoslik xarakteriga ega ekanligi alohida diqqatga sazovordir», tarzidagi ta’kidda mustamlakachilarning manfaatlari aslida iima ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Nima bo‘lganda ham, O‘rta Osiyo davlat universiteti mintaqa ilmu fani va ta’lim tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash markazi missiyasiii bajarganligi bor hakiqatdir. 1922 yidda universitetning birinchi bitiruvchilari orasida qozoq millatiga mansub Oqqog‘oz Do‘sjonova bo‘lganligining o‘zi diqqatga sazovor dalildir. 1931-1932 o‘quv yilida Qozog‘iston respublikasida tapgkil etilgan oliy o‘quv yurtida ishlash uchun O‘ODUdan 38 o‘qituvchi va 9 aspirant yuborilishi fakti ham buni ko‘rsatadi. Ular orasida Bobakenov, Umbetov, Bekov, Baychaskin, Bajanov, Boysenboev, Boymaqonov, Sedamenova, Sulaymonova, Insonboev, Maqulova singari universitetning birinchi bitiruvchilari bor edi. Ularning ko‘pchiligi keyinchalik qozoq ilmu fanining taniqli namoyandalariga aylanishdi. Ayni shu xildagi amaliy yordam Tojikiston qishloq xo‘jaligi instituti va Turkmaniston zooveterinariya instituti tashkil etilishida ham ro‘y berdi.
Urushdan oldingi yillarda O‘ODU iste’dodli o‘zbek olimlari, bo‘lg‘usi akademik-larning butun bir avlodini kamolga etkazib berdi. Toshmuhammad Qori-Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsoqov, Obid Sodiqov, Sodiq Umarov, Hamdam Usmonov kabi o‘zbek akademiklari O‘ODUda ayni shu yillarda tahsil ko‘rishib, keyinchalik O‘rta Osiyo hamda Qozog‘istonning turli oliy maktablari va ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yurgizdilar. Ular zamonaviy ilmni olg‘a siljitgan dunyo miqyosidagi olimlar silsilasini tashkil etdilar.
Bu yillarda O‘rta Osiyo davlat universiteti dunyoga Oybek, Abdulla Qahhor, Muxtor Avezov, Xidir Deryaev singari so‘z san’atkorlarini etkazib berdi. Mahalliy xo‘jalik va huquq fakulьtetida olingan bilimlar Oybekda inson tengligi va iqgisodiy munosabatlarning odam tabiatiga ta’sirini aniq va ishonarli badiiy tasvirlaishga sabab bo‘lgandir. Muxtor Avezovnshn insoniy munosabatlardagi chigal holatlarni butun ko‘lami bilan aks ettirish mahorati shakllanishida, shubhasiz, uning O‘ODU aspiranturasida olgan sabog‘i qo‘l kelganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Uning oldin fan nomzodi, so‘ng filologiya fanlari doktori, Moskva davlat universiteti professori, akademik bo‘lishida birinchi O‘rta Osiyo universitetida ko‘rgan tahsil beqiyos ahamiyat kasb etgani, shubhasiz.
Birinchi «Turkman tili» darsligi muallifi, turkman mumtoz adabiyotining ilk tadqiqotchisi, Turkmaniston xalq yozuvchisi, Turkmaniston FA muxbir a’zosi, «Qismat» romani bilan millionlab kitobxonlar mehrini qozongan Xidir Deryaevning samarali ilmiy-ijodiy faoliyatida O‘ODU bergan bilim hal qiluvchi ahamiyat kasb etganligini ta’kidlash joiz.
Xullas, O‘rta Osiyo davlat universiteti O‘rta Osiyo va Qozog‘iston mintaqasida ilm-fanni rivojlantirish, erli millatlardan ziyolilar qatlamini etishtirish, oliy ta’lim tizimini shakllantirishda tengsiz bir o‘rin tutganligini inkor etib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |