57
Vardonze
Setalak-tepa
Oqsoch-tepa
Oqsoch-tepa
Lavandak-tepa
Narchoq-tepa
Nur-tepa
Kumuchqator-tepa
Oyim-tepa
O‘rta-tepa
Qipchoq-
tepa
Kumuchqator-tepa
Kallon-tepa
Abu Muslim
tepa
Qo‘shtepa
Shahri vayron
Sekuloh-tepa
(XII-asr)
Uchkuloh
(XII-asr)
Xo‘ja Porso
(XII-XIII
asr)
Qal’ai
Mir Arab
(XVIII asr)
Talli kuluh
Talli-safed
Talli-murda partov
2.2. “Buxoro” atamasi va uning mazmuni
Buxoroning qadimgi nomlari to‘g‘risida asosan xitoy
manbalarida ma’lumotlar uchraydi. “Buxoro” atamasi, jumladan, An,
Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer, Buxuaer, Buxala, Buxuala,
Fuxo, Puxuala kabi shakllarda qayd etiladi. Dastlabki uch atama
shaharning xitoycha nomlari bo‘lib, qolgani «Buxoro» so‘zining xitoy
tilidagi talaffuzidir. O‘rta asr arab manbalarida esa Buxoro Numijkat,
Navmichkat, Bumichkat (Yangi qo‘rg‘on),
Al-Madina as-sufriyya
(Mis shahar), Madinat at-tujjor (Savdogarlar shahri), Foxira (Faxrli
shahar) kabi nomlar bilan tilga olinadi
1
.
Buxoro atamasi sanskritcha «vixara» so‘zining turk-mo‘g‘ulcha
shakli - «buxor» («ibodatxona») dan kelib chiqqan degan taxminlar
mavjud. Bu taxmin ko‘pincha V.V.Bartold tomonidan ilgari suriladi.
Keyingi tadqiqotlarda bu atama sug‘diycha «bug‘» yoki «bag»
(«tangri») hamda «oro» («jamol») so‘zlaridan tashkil topgan va
«tangri jamoli» degan ma’noni anglatadi,
degan fikrlar ilgari
surilmoqda.
Buxoroning "Madinat as-sufriya”, "Madinat at-tujjor" va
“Foxira'' nomlari arablar tomonidan berilgan bo‘lib. birinchisi - "Mis
shahri”, ikkinchisi – “Savdogarlar shahri" va uchinchisi "Faxrli
shahar" ma’nosini anglatadi.
Shaharning
qal’a
devorlari
anchagina
kuchli
mustahkamlanganligidan, shahar “Madinat as-sufriya" nomini olgan.
U mazmunan "Mis shahar" yoki "Mis qo‘rg‘on" degan ma’noni be-
1
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т.1.–Тошкент: Ўзбекистон миллий
энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2001. –Б 456.
58
radi. Buxoro Yaqin va O‘rta Sharq, Hindiston, Xitoy davlatlarini
bog‘lovchi Buyuk Ipak yo‘lida joylashgani bois, aholining katta qismi
savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Shaxar, shuningdek, xalkaro savdoda
xam faol ishtiroketgan. Shu tufayli "Madinat at-tujjor", ya’ni
"Savdogarlar shahri" nomi bilan mashhur bo‘lgan
1
.
“Numijkat”, “Bumiskat” va “Buxoro” atamalari shaharning
maxalliy nomlaridir. Bulardan birinchisi
haqiqatda Navmichkat
tarzida eshitilib, uchta so‘z birikmasidan tarkib topgan: "nav" tojik-
fors so‘zi - yangi, so‘g‘diy “mich” – kal’a, istehkom va "kat” qishloq
ma’nolarini anglatadi. Xullas, Navmichkat, "YAngi kal’a", "Yangi
shahar", "Yangi mustahkamlangan qishloq" deganidir. Xitoy
manbalarida keltirilgan "Nyumi" nomi esa “Navmich"
toponimining
buzilgan shaklidir.
Buxoro urbanizmlaridan anglashilishicha, shahar kal’alaridan
biri "farovis" deb atalgan. Bu nom bizning kunlargacha "Farovis us-
Suflo" tarzida etib keldi. Bu - Shoxrud kanali tarmoqlaridan biriniig
nomi, Buxoro to‘qimachilarining homiysi Boboyi Porado‘z nomidir.
Haqiqatan, kadimiy kal’aning nomi aslida "Farobdiz" bo‘lgan.
So‘g‘dcha "farob" sohilbo‘yi va "diz" - kal’adir. Atama ana shu ikki
so‘zning qo‘shilishidan hosil bo‘lib, uning ma’nosi: «Suv yoqasidagi
kal’a» yoki «Soxilbo‘yi shahri», «Soxilbo‘yi qo‘rg‘oni»demakdir
2
.
Shu
bilan birga, “Buxoroyi sharif” (sharofatli Buxoro) -
qadimgi Buxoroning keng tarqalgan nomlaridan biri. O‘rta asrlarda
jahondagi etti shahar: Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Bag‘dod,
Damashq,
Mozori
Sharifga
diniy
markaz
sifatida
shuhrat
qozonganliklari uchun «Sharif» unvoni berilgan edi. Buxoro
qadimdan turli nomlar bilan atalib kelgan. Ayniqsa, arab xalifaligi va
somoniylar davrida shahar yuksalgan. Buxoroning nomlaridan
«Foxira» («Faxrli shahar») atamasi Narshaxiynint ta’rifi bo‘yicha,
islom dinining barqarorligi yo‘lida qon to‘kkan shahidlar sharafiga
nisbat
qilib berilgan
3
.
Shahar islomni targ‘ib qilish va qaror toptirish yo‘lida ham
muhim rol o‘ynagan. Buxorodan islomiyat va hadis ilmlarining yirik
targ‘ibotchilari va tasnifchilari etishib chiqdi. Islom huquqshu-
1
Бухоро шарқ дурдонаси / Муаллифлар жамоаси.– Тошкент: Шарқ, 1997. – Б.29.
2
Муҳаммаджонов А.Р. Қадимги Бухоро. –Тошкент: Фан, 1991. –Б.50.
3
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ
машаълига илова, 1993. –Б.27-28.
59
nosligining Buxoro maktabi tashkil topdi. Buxoroning islom dini,
musulmon axloqi, madaniyati va hukuqshunosligining Sharqdagi
kuchli markazlaridan biriga aylanishi tufayli
unga IX boshlaridayoq
«Qubbat ul-islom» - «Islom dinining gumbazi» degan sifat ham
beriladi. Narshaxiyning guvohlik berishicha, mashhur fiqhshunos
(huquqshunos) olim Hoja imom Abu Xafsi Kabir Buxoriy tufayli
Buxoro «Qubbat ul-islom» deb atalgan.
Shayx Sayfiddin Boharziy faoliyati tufayli Buxoroning shuhrati
islom olamida yana ham ko‘proq tarqaldi.
Shu sababli XIII asrdan
boshlab unga yana bir sifat-«sharif» so‘zi qo‘yilib, u “Buxoroyi
sharif”, ya’ni “Sharif Buxoro” nomi bilann yuritiladigan bo‘ldi.
Buxoro hukmdorlari tomonidan «Zarbi Buxoroyi sharif», ya’ni
“Buxoroyi sharifda zarb etilgan», deb bitilgan tamg‘alar bilan oltin,
kumush tangalar hamda mis chaqalar zarb qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: