296
Uning (bu) jasorati ovozasi (hamma yoqqa) tarqalgach, bu
andishaning shu’lasi ul hazratning xotirlarida toblangach, (ilgari bo‘lgan)
iliq hamiyati (endi) o‘ch olish qasdiga
aylandi va buyurdiki, nusratpanoh
sipoh urushga hozirlanib (Abdullaxonning) qutli o‘zangisiga to‘plansinlar.
O‘zi yo‘lga tushib butun qarindoshlari va huzuridagi birodarlari bilan
zafarnishon bayrog‘ini ko‘tardi va oliy ne’matlik himmat yuzini davlatning
dushmanlari tarafiga qaratdi.
Burhon sulton Sulaymon martabali xonning kelayotganidan xabar
topgach, (u bilan) urushmoqqa ojiz bo‘lganidan otining jilovini Buxoro
viloyatining tumanlaridan bo‘lgan Romiton qal’asiga burdi va qo‘rqib-
pisib o‘sha vayron bo‘lib ketgan qal’aga yashirindi. Qo‘rqqanidan
qal’aning burj va devorlarini mustahkamladi.
Nusrat nishonli askar
(Abdullaxonning) farmoniga ko‘ra, qal’ani o‘rab oldi va qamalni
to‘xtovsiz boshlab, urush olovini yoqib yubordi. Paymonasi to‘lgan,
xoksor dushmanlardan ko‘pini o‘ldirdi.
O‘sha kuni kun bo‘yi urushda tajribakor pahlavonlar, qal’a olib
dushmanni enguvchi kahramonlar jur’at etagini belga qistirib (qal’a)
devoriga tashlandilar va qal’aga qarab juda ko‘p tosh va sanoqsiz o‘qni
bahor yomg‘iridek yog‘dirdilar. Lekin ba’zi kishilarning tabiati va balki
barcha insonning xulqi bevafolikka moyil, «albatta, inson zolim va nodon
bo‘lgandir» (oyatida ko‘rsatilgan)day, shishadek tiniq osmonning podshohi
(ya’ni quyosh) g‘arbga tomon chopib, kechaning qora (libos kiygan) sipohi
Rum lashkari (quyosh) qalbi ustidan g‘alaba qilganda, ya’ni namozshom
vaqtida (Abdullaxon) mulozimlaridan bir guruhi bevafolik yo‘lini
tutdilar
va Buxoro sipohi birin-ketin a’lo hazrat ostonasidan yuz o‘girib, dushman
tomoniga o‘tdilar. Iskandar martabali hazrat (Abdullaxon) bu voqea sodir
bo‘lgandan so‘ng, Romiton qal’asi atrofidan, vaqtning talabiga qarab,
(otining) jilovini burdi va (Buxoro) shahri tomon shoshildi. Komil aql va
ziyraklik bilan angladi va «(har qanday) ish o‘z vaqtiga garovdir»
(maqolining) hukmiga ko‘ra, nochor bir necha kun hashamat va
ulug‘vorlik vositalari hamda shon-sharaf va yuqorilik odobi yig‘ilib,
shavkat va davlatning asoslari dushmanlarni engilish vodiysiga va tor-mor
bo‘lish yo‘liga yuz qo‘yishga majbur qilganga qadar taqdirga tan berishga
majbur bo‘ldi, (lekin) shunday bir vaqt (qam)
keladiki, davlat yulduzi
hashamat avjidan (yana) ko‘rinib, qasos oluvchi bahrom qilichi bilan
mamlakat dushmanining oyog‘ini qirqib, tegishli jazosini berur, (chunki)
«bu (ish) Tangriga mushkul emas» (deb jang maydonidan chekindi).
Binobarin, (Abdullaxon) Buxoro shahrida ham to‘xtamay,
qo‘zg‘olon
bayrog‘ini ko‘tarib (yana) Balxga qarab jo‘nadi. Ilgari g‘aybi
suratlar oynasi va shubhasiz nurlari shohidi bo‘lgan (achchiq) tajriba
297
ko‘rsatganki,
qachonki Tangri, qudrati ulug‘ bo‘lsin, bir davlatmandning
baxtu taxt poyalarini Farqadonning yuqorisiga chiqarmoqchi bo‘lsa va
saltanatli taxtini davom, sabot, hashamat va yuqorilik (dan iborat) to‘rtta
poyasi bilan ko‘tarishni, ulug‘lashni istasa, dastlab uning davlati ajoyib
fitnalar va g‘aroyib o‘zgarishlarga ilojsiz duchor bo‘ladi.
(Hофиз Таниш Бухорий. Абдулланома /Биринчи китоб; Форс
тилидан Содиq Мирзаев таржимаси;
Илмий муhаррир, нашрга
тайёрловчи, сўзбоши ва изоhлар муаллифи: академик Бўрибой
Аhмедов. –Т.: Шарq, 1999. –Б.127-128).
Do'stlaringiz bilan baham: