Buxoro tarixi


Muhammad Tolibning “Matlab ut-tolibin” asaridan



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

Muhammad Tolibning “Matlab ut-tolibin” asaridan 
Abdulloh Bahodirxonning hazrat eshoni kalonga ta’zimi haqida 
Bir kuni Abdulloh Badodirxondan bir gunoh sodir bo‘ldi. Xazrat 
eshoni kalon (Xoja Islom) tobi yo‘qligi uchun taxti-ravonga o‘tirib 
Zarminoqqa
283
bordi. Oliy nasab xon uzr so‘rash uchun hazratning izidan 
borib, ko‘rinadigan joyga etgach, sallasini qo‘liga olib, o‘tinch so‘rab 
to‘xtadi. Hazrat eshoni kalon unga iltifot qilmay, yuzini teskari o‘girdi. 
Xon boshqa tarafdan kelib to‘xtadi va hazratning muborak peshanasida 
g‘azab alomatlari zohir bo‘lganini ko‘rib, boshini erga shunchalik qattiq 
urdiki, burnidan qon oqa boshladi. Xon dedi: Xojam, qulning ishi xatolik 
va xojaning ishi afvdir! Yig‘lab, ohu zor qila boshladi. Hazrat eshoni 
kalonning g‘azabi pasayib dedi: Yoqangdan tutib Buxoro taxtiga 
o‘tqazganimiz esingdan chiqdimi?! Birovni tomga chiqargan kishi uni 
pastga tushirishni ham eplaydi. Nima qilayki, sendan tuzukroq odam yo‘q 
va suv o‘zi parvarish etganni g‘arq qilmaydi! Sohibqironning ishiga rivoj 
tilab fotiha o‘qidi va xon hazrat eshoni kalonning taxtiravonini elkasiga 
olib, ancha joygacha ko‘tarib bordi. Shundan so‘ng hazrat unga ijozat 
berdi. 
Naql: Abdulloh Bahodirxon hazrat eshoni kalon davrida hazrat hoja 
Sa’d va hazrat Abubakr Ahmad ibn Sa’d mozorlari ustida sag‘ana qurdirdi 
va oliy jome masjidi bino etdi. Masjidning toqu ravoqlari va bo‘lmalari 
a’lo koshinlar bilan qoplangan edi. Yuz tanob erda chahorbog‘ barpo etilib, 
unda turli-tuman mevali daraxtlar va rango-rang gullar ko‘kartirilib, pishiq 
g‘ishtdan sarhovuz va oliy imoratlar bunyod etildi. SHuningdek, shodona 
ko‘rinishxona qurildi. Xon amirlarga ham farmon berdi: Bizning xos 
chahorbog‘imiz atrofida amirlar ham chahorbog‘lar bino etishsin! SHu 
tarzda har bir amir chahorbog‘ bunyod etdi. 


298 
O‘sha paytda hazrat eshoni kalonning manzili va hovlisi Buxoro 
qal’asidan tashqarida edi. Abdulloh Bahodirxon farmoniga ko‘ra, 
Shergaron darvozasining janubiy tarafidan to Shayx Jalol darvozasigacha 
qal’a devori buzilib, hazrat eshoni kalonning manzil, hovli, bog‘u 
chahorbog‘lari shahar ichkarisiga olindi. 
Valimuhammadxon akasi Boqimuhammadxonning o‘limidan so‘ng 
saltanat taxtiga o‘tirdi. Mazkur xon Balx viloyatidan Samarqand viloyatiga 
kelib, podshoh bo‘ldi. Hazrat padari buzurgvorimiz va hazrat 
Abdurahimxoja xonni qutlash uchun Samarqand viloyatiga borishdi. 
Samarqand viloyatiga etishganida Valimuhammadxon Qoqlik qo‘rug‘ida 
saroparda bayrog‘ini oyu quyoshga etkazgan edi. Hazrat padari 
buzurgvorimiz muzaffar askarlarga yuzlandi. Valimuhammadxon hazrat 
eshonning kelganini eshitib, darhol o‘ng qo‘l tarafida oliy joy hozirlatib, 
shoshilinch holda davlatxonadan chiqib, hazratning istiqboliga yugurdi va 
hazrat padari buzurgvorimizning saodatli muloqotiga musharraf bo‘lib, 
shodu xurram holda to‘la ta’zim bilan davlatxonaga olib kirib, uni 
o‘tirg‘izdi va so‘ngra o‘zi o‘tirdi. Barcha ulug‘lar va shariflar o‘z joylarida 
qaror topishdi va zamon rahbari va davron peshvosi bo‘lgan hazrat eshon 
Hoja 
Hoshimiy 
Ahroriy 
padari 
buzurgvorimiz 
va 
hazrat 
Abdurahimxojadan pastroqda - jargada o‘tirdi. Dasturxon, taom, oftoba va 
dastsho‘yni xon va hazrat eshonga barobar keltirib, so‘ngra o‘ngu so‘l 
tarafga dasturxonlar yozishdi. Turganlarida hazrat eshonga ergashib, 
davlatxona tashqarisiga chiqdi va to‘la e’zoz bilan kuzatib qo‘ydi. Bir 
necha kundan keyin Valimuhammadxon hazrat eshonning qarzi borligini 
eshitdi. Eshitgan zahotiyoq hazrat padari buzurgvorimizga qirq ming xoniy 
berib, bir necha qishloqni suyurg‘ol qildi. Hazrat Abdurahimxojaga 
yigirma ming xoniy in’om qildi. Bu in’omlarni keltirgan kishilarning har 
biriga hazrat padari buzurgvorimiz va hazrat Abdurahimxoja egarlangan ot 
va bir necha ming tanga berishdi. Mazkur xon Balx va Badaxshonda bir 
necha yil, ba’zi xabarlarga ko‘ra olti yil podshohlik qilib, akasi 
Boqimuhammadxon o‘limidan so‘ng Movarounnahrda ham olti yil 
podshohlik qildi va xutba va tanga uning nomida edi. Akasining o‘g‘li 
Imomqulixon bir ming yigirma birinchi yilda uni shahid etdi. 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish