“U [ALLOH] AZIZDIR!
Oliyjoh… hidoyat martabat…irshodpanoh… zubdat ul-ashob…
Hazrat Xoja Kalon Xoja Sizning avlod-ajdodlaringizga ixlosimiz [yuqori]
edi. Zamona zayli bilan onhazrat mulozamatlaridan [bir oz] uzoqlashdik,
ixlos-aqidamiz boqiy bo‘laversin. Sizdan iltimos shulki, bizni o‘zingizning
qadimiy duogo‘yingiz deb hisoblab, xotiringiz hoshiyasidan o‘chirmang.
292
Zamona fasodligi bilan bu [Shayboniy] birodarlar jamoati o‘rtasida nifoq
voqe bo‘ldi. Sizdan iltimos, o‘rtaga tushib, gina-kuduratlarga barham
bersangiz….. to do‘stlar shodmon, dushmanlar ko‘r bo‘lsin… [Oldingizga]
sadr as-sudur Xoja Muhammad Tohirni yubordik. Qolgan gaplarni u
aytadi”.
Bobo sulton va uning birodarlari tarafidan qilinayotgan talonchilik
harakatlarini tizginlashni so‘rab Nurmuhammadxon tomonidan Xoja
Sa’dga yuborilgan maktub ham e’tiborga loyiq:
«Aqidaga sodiq Nurmuhammadxonning ikkinchi maktubi… Maxfiy
qolmasinki, necha yildirki Bobo sulton o‘zining birodarlari bilan har yil
kelib, fuqarolarning mol-mulkini talaydi va ularga zarar etkazadi. [Yaxshi]
bilasizki, bu bandazodaning ul oliy ostona mulozimlari va hazratdan
boshqa umid qiladigan [kishisi] yo‘q…Niyozmandlik va kifoyatlarni
Javonmardali mulozimlar arziga etkazadi».
(Badriddin Kashmiriy. Ravzat ar-rizvon. O‘zR FA Sharqshunoslik instituti
qo‘lyozmasi, inv. №2094, 331-346 ab sahifalar )
Muhammadyor ibn Arab Qatag‘anning “Musaxxir al-bilod
(Mamlakatlarning egallanishi)”
asaridan
Baroqxon laqabli Navro‘z Ahmadxon ibn Sevinchxoja
sultonning zikri
Olovdek gurillovchi o‘t yurak podshox edi. Akasi Keldi Muhammad
sulton vafot etgach, Toshkent viloyatida mustaqil ravishda hukumat
bayrog‘ini hilpiratdi. Abdullatifxon Samarqand shahrida bu jahondan
mangulik olamiga ko‘chgach, Barokxon 957 yili xonlik taxtiga chiqib,
xutba va tangani o‘z nomi va alqobi bilan bezatdi. Samarqandni Sulton
Sa’id sulton va Javonmardalixon qo‘lidan tortib olib, jannatmisol ul
o‘lkada ham hukumat bayrog‘ini yuksak ko‘tardi. Ko‘pincha Miyonqol
ustiga lashkar tortib, Buxoroni ham bosqin-chopqinga duch qilib yurdi.
Hatto, bir marta Buxoroni bosib ham oldi. Biroq, hech qancha vaqt
bo‘lmay, u erni tashlab chiqdi va asl egalariga qaytarib berdi.
Tahmosbshoh qo‘shini bilan 1528 yil bo‘lgan Jomi urushida boshqa
shayboniy sultonlar bilan birga qatnashdi.
Xonlik ayyomidan olti yil mustaqil shaklda o‘tgach, Samarqandga
qarashli va Ko‘hak daryosi boshlanishi bo‘lgan Xoja rabot mavzeida 963
yili oxiratga ketdi.
Undan sakkiz o‘g‘il farzand qoldi. Birinchisi Darveshxon, ikkinchisi
Bobo sulton, uchinchisi Do‘st Muhammad sulton, to‘rtinchisi Amin sulton,
293
beshinchisi Jalol sulton, oltinchisi Xorazmshoh sulton, ettinchisi Qosim
sulton, sakkizinchisi Tohir sulton.
Do'stlaringiz bilan baham: |