Buxoro tarixi


Amir Muzaffarning Rum sultoniga maktubi



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

Amir Muzaffarning Rum sultoniga maktubi 
Ma’lumki, 1865 yil iyunida Toshkent Rossiya imperiyasi 
tomonidan bosib olindi. So‘ngra Xo‘jand Rossiya imperiyasi tasarrufiga 
o‘tdi. Rossiya imperiyasining bunday istilochilik harakatlari Buxoro 
hukmdori Amir Muzaffarni tashvishga sola boshladi. Natijada u o‘sha 
davr musulmon mamlakatlari etakchisi Rum (Turkiya) davlati va uning 
hukmdori Abd ul-Lazizga (1861-1876) yordan so‘rab murojaat qilishga 
qaror qildi. 1866 yil Xo‘jand Rossiya imperiyasi qo‘shinlari tomonidan 
zabt etilgach, amir tezda mashvarat chaqirib Rum sultoniga yordam so‘rab 
maktub yozish kerakligi to‘g‘risida topshiriq beradi. Uning farmoniga 
binoan kotiblar tomonidan maktublar tayyorlanib, ular ichida Mulla Abd 
ul-Vohid sudur tomonidan nasta’liq xatida bitilgan maktub amir nomidan 
Rum sultoniga yozilgan maktublar ichida eng sarasi va mukammali deb 
topiladi. Maktubni elchi Porso Xo‘ja sudur olib borgan. 
Ushbu maktub Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasini, 
jumladan, Buxoro amirligi hududlarini tasarruf etish tarixi to‘g‘risidagi 
ayrim ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi manba hisoblanadi. Shuni 
hisobga olib, quyida maktubning mazkur satrlar muallifi tomonidan o‘zbek 
tiliga qilingan tarjimasini keltiramiz.
 
 


302 
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan! 
...Shahrizabz shahri va uning atroflarida yashovchi fitnachi 
kenagaslar jamoasi qaysarlik tug‘ini ko‘tarib, fisq-fasod boshladilar. Bu 
jamoa fitnasi hamon o‘chmagan... 
Yigirma yil muqaddam (Rusiya) g‘ayridinlari makr va firib yo‘lidan 
kelib, hiyla va aldov eshigidan kirib, ular hiylasiga aldangan qozoqlar 
firqasiga tajovuz qildilar. Va (bu firqaga) tegishli bo‘lgan Dashti Qipchoq 
yaylovlarini egalladilar. Farg‘ona (mulkiga) qarashli Oqmachit mavzesida 
metindek qal’a barpo qilib, uning burjlarini istehkomga aylantirdilar va (u 
erni) sarbozu lashkarlar bilan to‘ldirdilar. 
Bu mutasaddilar shundan so‘ng Farg‘ona mulkining muhim erlarini 
qo‘lga kiritib, (farg‘onaliklar mudofaasiga) qadam qo‘yishga tayyorgarlik 
boshladilar. U erdan shijoat qadamini tashlab, bir necha shahar va 
qal’alarni o‘z tasarruflariga kiritdilar... (So‘ngra esa) hujum boshlab, 
Toshkand ustiga yurdilar. Bu shahar aholisi himmat va mardonalik 
kamarini beliga bog‘lab, (shahar) mudofaasi uchun harchandki jang qilsa 
(ham), foydasi bo‘lmadi. Oqibatda (Rossiya imperiyasi lashkarlari) mazkur 
shaharni egallab, haddan ziyod va qiyosdan tashqari (jabr-zulm) sodir 
etdilar. Ushbu shahar aholisi (o‘tmishda) Farg‘ona hokimlari va 
farmondorlaridan neklik ko‘rmaganligi sababli (ulardan) madad ham umid 
qilmadilar. Bu niyozmand (Amir Muzaffar) keyingi (rejalar bo‘yicha) 
maslahatlashib olishni (o‘z amaldorlaridan) iltimos qildi. (Allohdan) xayr 
va yaxshilik so‘ralgandan so‘ng, maslahat shunday bo‘ldiki, avvalo Rusiya 
davlati hokimlariga elchi yuborib, (haqiqiy ahvolni bilish lozim va) jang 
qilmoq uchun qurol-yarog‘larni hozirlash (zarur). Bu muhim ishni bajarish 
uchun kishi tayinlanib, (muxolif tomonga) jo‘natildi, toki u ahvolni bilib 
kelsin. Firib, hiyla va makr ul (g‘anim) jamoasini vatan qilgan ediki, elchi 
murojaatini erta-indin (deb paysalga solib), (muxolif) bu jamoa qish 
ayyomining yomg‘irli (kunlarida) bir bora Sirdaryodan o‘tib, davlatxoh 
(Amir Muzaffar) mulki bo‘lgan Dizaq (Jizzax) qal’asi ustiga yurishni 
ixtiyor etdi hamda zulm va fasod otashini bu (o‘lka) ahli ustiga 
tashlamoqchi bo‘ldi... 
(Bizning lashkarlarimiz) tig‘ va miltiq zarbi bilan ul jamoani to 
Sirdaryo sohiligacha (quvib) bordilar. Mazkur (rus lashkarlari) jamoasi 
(esa) u erda qudrat (topib) fitna, fasod va isyon tadorigini (boshladilar). 
(So‘ngra) jabr va zulm qo‘llarini har tarafga cho‘zib, shu atrofda yashovchi 
aholi tinka-madorini quritdilar (va sabr kosasini to‘ldirdilar)...Shundan 
so‘ng bu niyozmand (Amir Muzaffar) jihodni farzi ayn deb bilib, sovuq va 
izg‘iringa (qaramasdan) mujohidlar hamrohligida (g‘animga qarshi) hujum 


303 
boshladi. 
Dizaq (Jizzax) qal’asidan o‘tib, Sirdaryo sohiliga qo‘ndi va (o‘sha 
erda) chodir tikdi. SHu atrofda bir necha kun turib, so‘ngra (muxolif) bilan 
jangu jadal qilishga qaror qilindi. Mashvarat va kengashdan so‘ng 
mujohidlar (ya’ni Buxoro qo‘shinlari) jang tayyorlarligini boshladilar. 
(Buxoro) lashkari to hozirga qadar bunday g‘anim bilan jang maydonida 
(jiddiy mahoraba) qilmaganligi bois, ularning madadkori bo‘lgan to‘p va 
to‘fanglar to‘g‘risida to‘la tasavvurga ega emas edi. Harchandki jang 
qilsalar ham, g‘alaba shohid bo‘lmadi va zafar ro‘y bermadi. (SHundan 
so‘ng) chekinish nag‘oralari chalindi... Bu g‘addodlar jamoasi shu asnoda 
fursatni g‘animat bilib, (ayni kunlarda) Qo‘qand (tasarrufidan chiqib), 
Buxoro ta’siriga o‘tgan xush ob-havoli Farg‘ona zaminidagi 
firdavsmonand Xo‘jand shahriga yurish qildilar va uni uni qamal etdilar. 
SHahar aholisi birlashib, rus lashkarlariga qarshi kurash va jang 
tayyorgarligini ko‘rdi. Bu shahar Sirdaryo qirg‘og‘ida joylashgan edi. 
(Uning) soddadil aholisi (g‘anim) makr-hiylasidan g‘ofil bo‘lib, daryoni 
(shahar mudofaasi uchun) bir devor deb bildi... (Va o‘sha tomonni) xoli 
qoldirdi. Beandisha (g‘anim) jamoasi...daryo tomondan o‘lim olovini
to‘plar orqali shaharga etkazdi. Shaharning ulamo va arkoni-fozillaridan 
bir nechasi shahidlik darajasiga etdi...Hatto ayollardan ba’zilari bu holatni 
ko‘rib, baliqlar komini istiqomat uchun afzal sanadi va o‘zini daryoga 
tashladi...Xo‘jand shahri (g‘anim) jamoasi dilbandiga aylangani 
bois...(ular) bu erda lashkar va sarbozlarini jam qilishga harakat 
qilmoqdalar. Agar badjilav bu toifa ishlari shu usul va tartibda qolaversa, 
xom xayollar ularning buzuq nafslariga yo‘l topadi hamda qudrat va qaror 
paydo qiladi...(Bu esa) ahli islom ishlariga ziyon keltirib, dini muttayinga 
rahna soladi...va Hazrat sayyid mursalin shariati binosiga futur etkazadi... 
(Shularni hisobga olib), shafqat va mehribonlik qo‘llarini boshimizdan 
tortmay, zarur bo‘lgan yordamlarini... turk-tojikdan darig‘ tutmasinlar. 
Bayt: 
Chi hojatki, go‘yand ba oftob, 
Ki bar farq nazdik, yo dur tob. 
Chu xurshidi tobon dihad fayz nur, 
Zi fayzash na nazdik monad, na dur. 
Mazmuni:
Quyoshga , uzoq yo yaqin nur soch deyishga hojat yo‘q,
Chunki quyosh fayzli nurlar taratadi. 


304 
Va bu nurlardan yaqin ham, uzoq ham, 
Baravar bahramand bo‘ladi. 
Porso Xo‘ja sudurni... (Siz) olampanoh dargohiga jo‘natishga qaror 
qilindi... Bu arznomaga sig‘may (qolgan) ko‘p gaplarni va qalam (qayd 
etmagan) zarur maqsad va iltimoslarni (Porso Xo‘ja sudur og‘zaki) aytadi.
(Fors-tojik tilidan H.To‘raev tarjimasi. Buxoro muzeyi qo‘lyozma hujjati, 
inv.№ 11007/11. Maktubning boshqa nusxasi O‘zR FA Sharqshunoslik 
institutida №282/IV inventar raqami ostida saqlanadi) 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish